“Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari mavzusini o’qitishning ilmiy metodik asoslari”


Keys-stadi ta’lim texnologiyasi va uning o‘ziga xosliklari



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/26
tarix16.04.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#99024
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Исақов Ғофуржон

1.3.Keys-stadi ta’lim texnologiyasi va uning o‘ziga xosliklari 
Keys-stadi inglizcha case – aniq vaziyat, stadi – ta’lim so‘zlarining 
birikuvidan hosil qilingan bo‘lib, aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil etish va 
ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan ta’lim metodidir. 
Mazkur metod muammoli ta’lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni 
o‘rganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u o‘quv jarayonida 
ma’lum bir maqsadga erishish yo‘li sifatida qo‘llanilsa, metod harakteriga ega 
bo‘ladi, biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma-bosqich, ma’lum bir algoritm 
asosida amalga oshirilsa, texnologik jihatni o‘zida aks ettiradi.
[16] 
Ushbu metod dastlab 1920 yilda Garvard biznes maktabida qo‘llanilgan. 
Garvard biznes maktabining o‘qituvchilari biznes yo‘nalishidagi aspirantura 
bo‘limi uchun to‘g‘ri keladigan darsliklarning mavjud emasligini tez anglaydilar. 
Ushbu masalani yechish uchun biznes maktabining o‘qituvchilari tomonidan 
qo‘yilgan dastlabki qadam etakchi biznes amaliyotchilaridan intervyu olish hamda 
mana shu menejerlarning faoliyati, unga ta’sir etuvchi omillar yuzasidan batafsil 
xisobot yozish bo‘ldi. Ma’ruza tinglovchilarga u yoki bu tashkilot to‘qnash kelgan 
konkret vaziyat, ushbu vaziyatni tahlil etish va mustaqil ravishda yoki jamoa bo‘lib 
munozara tashkil etish asosida uning echimi topish tarzida taqdim etilar edi. 
Keyinchalik keys metodi biznes yo‘nalishidagi ta’lim muassasalarida keng targ‘ib 
etilgan. Hozirgi kunda esa, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish nuqtai nazaridan 
mazkur metod tarafdorlari ko‘payib bormoqda. XX asrning 50 yillaridan boshlab 
biznes-keyslar G‘arbiy Evropa mamlakatlarida ommalashdi. Evropaning etakchi 
biznes maktablari INSEAD, LBS, HEC, LSE, ESADE va boshqalar keys-stadi 
metodi asosida dars beribgina qolmay, keyslarni yaratishda ham faol ishtirok eta 
boshlaydilar. 
1. Keys stadi ishlab chiqishning ikki klassik maktabi:Garvard (Amerika);
Manchester (Evropada)
2. Muammoli vaziyatning yechimini topishni o‘rganish yo‘li:Yagona to‘g‘ri; 
Ko‘p variantli echimlar; O‘nlab sahifali matnni va ko‘plab chizmalarni o‘z 
ichiga oladi. 


27 
2000 yillarning birinchi yarmidan boshlab chet el oliy o‘quv yurtlarida tabiiy 
fanlar va texnik fanlarni o‘qitishda keys-stadi texnologiyasidan foydalanish 
tendensiyasi kuzatilib, hozirgi kunda keys-stadi ta’lim texnologiyasi muammoli 
ta’limning etakchi usullaridan bo‘lib qoldi. Eng umumiy tarzda keys-stadi 
texnologiyasining mohiyati quyidagicha izohlanishi mumkin: ushbu texnologiya 
vositasida o‘quvchiga real hayotiy vaziyatni anglash taklif etiladi, ayni paytda bu 
vaziyatning tavsifida nafaqat u yoki bu amaliy muammo, balki shu muammoni 
echish natijasida egallanishi zarur bo‘lgan bilimlar kompleksi aktuallashishi ham 
kuzatiladi. Ta’kidlash joizki, muammoning o‘zi mohiyatan echimga ega 
bo‘lmaydi.
Keys-stadi interaktiv ta’lim metodi sifatida o‘quvchilar tomonidan eng afzal 
ko‘riladigan metodlar qatoriga kirmoqda. Buning sababi sifatida ushbu metod 
o‘quvchilarga tashabbus bildirish, nazariy holatni o‘zlashtirishda hamda amaliy 
ko‘nikmalarni shakllantirishda mustaqillikka ega bo‘lish imkoniyatini berishida 
ko‘rish mumkin. O‘z navbatida vaziyatlarning analizi (tahlili) o‘quvchilarning 
kasbiy shakllanish jarayoniga kuchli ta’sir o‘tkaza olishi, ularning kasbiy jihatdan 
“ulg‘ayishiga” xizmat qilishi, ta’lim olishga nisbatan qiziqish va ijobiy 
motivatsiyaning shakllantirishi alohida ahamiyatga ega. Keyslar metodi 
o‘qituvchining tafakkur turi sifatida, alohida paradigma ko‘rinishida gavdalanib, 
ijodiy salohiyatni rivojlantirish, noan’anaviy tarzda fikrlash imkoniyatini beradi. 
Bunga albatta, ta’lim tizimining demokratlashuvi va modernizatsiyalashuvi, 
pedagogik kreativlikka ochilgan keng yo‘l, ularda progressiv tafakkur uslubini 
hamda pedagogik etika, pedagogik faoliyat motivatsiyasini shakllantirishi ham 
misol bo‘la oladi. Keys-stadi ta’lim texnologiyasi tarkibidagi keysdagi harakatlar 
tavsif ko‘rinishida berilishi mumkin, bunda o‘quvchidan ushbu tavsifni anglash
ya’ni tavsiflangan vaziyatning natijalari, samaradorligi yuzasidan mushohada 
yuritish talab etiladi. Aks holda ular muammoning echimlari sifatida taklif 
etiladi.Har ikkala holatda ham amaliy harakatlar modelini ishlab chiqish ta’lim 
oluvchilarning kasbiy fazilatlarini shakllantirish vositasi sifatida xizmat 


28 
qiladi.V.YA. Platov keys-stadi texnologiyasining quyidagi afzalliklari va boshqa 
ta’lim texnologiyalaridan ajralib turuvchi jihatlarini belgilaydi:
1. U yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy tizim modelining mavjudligi hamda ushbu 
model holatining muayyan vaqt birligi ichida tahlil etilishi.
2. Muammo echimini aniqlashga jamoaviy tarzda erishish. Muammoning 
echimida turli muqobil javoblarning mavjudligi.Yagona echimning mantiqan 
mavjud emasligi. 
3. Muammo echimini izlashda yagona maqsadning qo‘yilishi.
4. Faoliyatni baholashning guruhiy tizimining mavjudligi.
Ushbu o‘ziga xosliklar va boshqa omillar ta’sirida keys-stadi ta’lim 
texnologiyasi ta’lim tizimi sharoitida keng tarqalmoqda. Ammo ushbu metodning 
ta’lim tizimida samarali qo‘llanilishida bir qator qiyinchiliklar ham kuzatiladi.Eng 
avvalo, bunday qiyinchiliklar pedagog-kadrlarning tegishli metodning metodologik 
asosiga yuzaki yondashuvi natijasida vujudga keladi. Ko‘pincha, keys-stadi ta’lim 
texnologiyasi ostida ta’lim tizimiga “soxta” vaziyatlar, boshqacha aytganda 
“hayotiy” vaziyatlarning kirib kelishi kuzatiladi, ta’limiy munozara esa “hayot 
haqidagi suhbat”ga aylanadi. Ammo ayni paytda keys-stadi ta’lim texnologiyasi 
o‘qituvchining kasbiy kompetentligini oshirish vositasi bo‘lib, ta’limning 
tarbiyaviy, ta’limiy va tadqiqotchilik funksiyalarini birlashtirishga xizmat qilishi 
mumkin. Ushbu metodning samaradorligini oshiruvchi yana bir omillardan biri 
uning boshqa ta’lim metodlari bilan oson birikishidadir. 
Keys-stadi ta’lim texnologiyasining yana bir bazaviy kategoriyasi bu “tahlil 
(analiz)”dir. Tahlil etish kategoriyasi ob’ektni xayolan bo‘laklargabo‘lish yoki 
ilmiy tadqiq etish sifatida tushunilishi mumkin. Analizning turli klassifikatsiyalari 
mavjud bo‘lib ommaviy analiz tasnifini quyidagicha belgilaymiz: tizimli analiz, 
korrelyasion analiz, faktorli analiz, statistik analiz va boshqalar. Umuman olganda 
aytish mumkinki, analizning ushbu barcha turlari keys-stadi texnologiyasi 
doirasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lib, bu holat texnologiyaning imkoniyatlarini 
yanada kengaytiradi. Keys-stadida vaziyatni anglash, tafakkur qilish jarayonida 
amalga oshishi mumkin bo‘lgan bir qator analitik faoliyat turlari ishtirok etishi 


29 
mumkin. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchidan yuqori darajadagi metodologik 
madaniyatni talab etadi. Quyidagi jadvalda keys-stadi texnologiyasida foydalanish 
mumkin bo‘lgan analiz turlarining imkoniyatlari berilgan (1-jadval)

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin