“Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari mavzusini o’qitishning ilmiy metodik asoslari”



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/26
tarix16.04.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#99024
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Исақов Ғофуржон

EKVIVALENTLAR QONUNI. 
Kimyoviy elementlar bir-biri bilan qanday og’irlik miqdorlarda birikishini 
ko’rsatuvchi son ekvivalent soni deb ataladi. Moddalar o’zaro ma‘lum massa 
miqdorlarida birikadi. Masalan, 49 g sulfat kislota 32,5 g rux bilan reaktsiyaga 
kirishganida 1 g vodorod ajralib chiqadi. Sulfat kislotaning o’rniga 36,5 g xlorid 
kislota olinsa ham o’shancha vodorod ajralib chiqadi. Ruxning o’rniga alyuminiy 
olinsa, 1 g vodorod ajralib chiqishi uchun 9 g alyuminiy kerak bo’ladi. Demak, 
kimyoviy jihatdan qaraganda 49 g sulfat kislotaning “qiymati” 36,5 g xlorid kislota 
“qiymatiga”, 32,5 g ruxning “qiymati” esa 9g alyuminiy qiymatiga tengdir. Bunday 
misollarni juda ko’p keltirish mumkin. Bu xolni tasvirlash uchun Vollaston 1814 
yilda kimyoga ekvivalent (“teng qiymatli”) degan tushunchani kiritdi.
Vodorodning ekvivalenti 1 ga teng deb qabul qilindi, 1 massa qism vodorod 8 
massa qism kislorod bilan birikkanda 9 massa qism suv hosil bo’ladi, shuning 
uchun kislorodning ekvivalenti 8 ga teng. 
Elementning bir massa qism vodorod va 8 massa qism kislorod bilan 
birika oladigan yoki shularga almashina oladigan miqdori uning kimyoviy 
ekvivalenti deb ataladi.Masalan, magniyning ekvivalenti 12 ga teng, chunki 8 g 
kislorod 12 g magniy bilan qoldiqsiz birikib, 20 g magniy oksid hosil qiladi.
Murakkab moddaning bir ekvivalenti (1 massa qism) vodorod yoki bir 
ekvivalent (8 massa qism) kislorod bilan yoxud, umuman boshqa har qanday 
elementning bir ekvivalenti bilan reaktsiyaga kirishadigan massa miqdori shu 
murakkab moddaning ekvivalenti deb ataladi. Ekvivalentlar qonuni 
quyidagicha ta‘riflanadi: reaktsiyaga kirishuvchi moddalar massasi shu 


41 
moddalarning kimyoviy ekvivalentlarga proportsionaldir. Uning matematik 
ifodasi:
2
1
2
1
Э
Э
m
m

bunda m
1
va m
2
– birinchi va ikkinchi moddalarning massasi;
E
1
va E
2
– birinchi va ikkinchi moddalarning ekvivalentlari; 
Elementlarning ekvivalenti tajribada analiz, sintez va umuman kimyoviy 
reaktsiya natijalari asosida hisoblab topiladi.
Elementning atom massasini valentligiga bo’lish bilan ham shu elementning 
ekvivalentini hisoblash mumkin, atom massa ekvivalentning valentlikka 
ko’paytmasiga tengdir. Valentligi o’zgaruvchan elementlarning ekvivalentlari ham 
o’zgaruvchan bo’ladi.
Kislota ekvivalentini hisoblash uchun uning molekulyar massasini 
kislotaning asosligiga bo’lish kerak: masalan, ortofosfat kislota H
3
PO
4
3 asosli 
bo’lgani uchun uning ekvivalenti 
6
,
32
3
98

ga teng. 
Asos ekvivalentini topish uchun uning molekulyar massasini shu asos 
tarkibidagi metallning valentligiga bo’lish kerak. Masalan, Ca(OH)
2
ning 
ekvivalenti 
37
2
74

ga teng.
Tuz ekvivalentini topish uchun uning molekulyar massasini tuz tarkibidagi 
metallning umumiy valentligiga bo’lish kerak. Masalan, AI
2
(SO
4
)
3
ning ekvivalenti 
57
6
342

dir.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin