“Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari mavzusini o’qitishning ilmiy metodik asoslari”



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/26
tarix16.04.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#99024
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Исақов Ғофуржон

MASSALAR SAQLANISH QONUNI. 
Moddalar massasining saqlanish qonuni – kimyoning birinchi qonunidir. Bu 
qonunni dastlab 1748 yilda M.V.Lomonosov, keyin 1789 yilda frantsuz kimyogari 
Lavuaze mustaqil ravishda ta‘riflab bergan. Qonunning hozirgi ta‘rifi
quyidagicha:Kimyoviy reaktsiyaga kirishadigan moddalarning massasi 
reaktsiya natijasida hosil bo’ladigan moddalarning massasiga teng.Moddalar 


38 
massasining saqlanish qonunini atom – molekulyar ta‘limot nuqtai nazardan 
shunday izohlash mumkin: kimyoviy reaktsiyalarda atomlar yo’qolmaydi va 
yo’qdan vujudga kelishi mumkin emas; reaktsiyagacha va reaktsiyadan keyin 
atomlarning umumiy soni o’zgarmasligicha qoladi. Masalan, vodorod bilan xlorni 
ikki atomli molekulalari o’zaro ta‘sir ettirilganda shuncha HCI molekulasi hosil 
bo’lishi kerakki, vodorod bilan xlor atomlarining soni ikkiga teng bo’lsin, ya‘ni 
ikki molekula HCI hosil bo’lishi kerak: 
H
2
+ CI
2
= 2HCI 
Moddalar massasining saqlanish qonuni M.V.Lomonosov energiyaning 
(harakat miqdorining) saqlanish qonuni bilan bog’ladi. U bu qonunlarni birgalikda, 
tabiatning umumiy qonuni sifatida qaradi va quyidagicha ta‘rifladi: «Tabiatdagi 
barcha o’zgarishlarning mohiyati shundan iboratki, bir jismdan qancha olinsa, 
boshqasiga shuncha qushiladi». Masalan, agar qaerdadir materiya bir oz kamaysa, 
boshqa joyda ko’payadi. 
Katta miqdorda energiya ajralib chiqishi bilan sodir bo’ladigan jarayonlarda 
moddalar (masalan, radioaktiv moddalarning yemirilishi, atom hamda vodorod 
bombalarining portlashi) massasining saqlanish qonuniga emas, balki materiyaning 
saqlanish qonuniga bo’ysunadi. Agar jarayonning issiqlik effekti Q bo’lsa, jarayon 
davomida modda massasining o’zgarishi Eynshteyn tenglamasi bilan ifodalanadi: 

m = 
2
C
Q
bu yerda c
2
nihoyatda katta son (9 

10
16
m

S
–1 
) bo’lganligidan odatdagi 
reaktsiyalarda massa o’zgarishi nihoyatda kichik bo’ladi. Moddalar massasining 
saqlanish qonuni kimyoviy reaktsiyalarning tenglamalarini tuzish uchun moddiy 
asos beradi. Unga asoslanib, kimyoviy tenglamalar bo’yicha hisoblashlar 
o’tkazish mumkin. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin