8
tizimini shakllantirish
va rivojlantirish, uni jahon axborot tizimi bilan
bog’lash, ta’lim sohasidagi vazifalarini belgilash lozim. Respublikamizda, oxirgi
yillarda ijtiomiy soha obektlarini qurish va foydalanishga topshirish
masalalariga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Respublikamizning chekka
qishloqlarida xam bugungi kunda bemalol internetga chiqish imkoniyatlari
yaratildi. Bu esa talabalarga yetkaziladigan axborotlar oqimini cheksiz darajada
oshiradi. Masofaviy ta’lim ham rivojlanib boradi.Shunday ekan elektron ahborot
resurslari
va ularni yaratish, uni oliy o’quv yurtlarida, akademik litsey va
kasb-hunar kollejlari, maktablarda qo’llash
hozirgi kunning dolzarb
muammolaridan biri bo’lib kelmoqda. Hozirgi kunda elektron resurslarnini
qo’llash uchun har bir oliy o’quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar
kollejlarida texnik bazalar mavjud. Rivojlangan
mamlakatlarda bunday
resurslardan keng foydalanilmoqda va samarali natijalarga erishilmoqda.
Ammo hozirgi paytda oliy talim tizimi fanlarini o’qitishda zamonaviy
pedagogik va yangi axborot texnologiyalardan foydalanish bo’yicha
elektron
resurslar to’liq ishlab chiqilmagan.
Kimyo kursining ”Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari” mavzusini
o’qitishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari bo’yicha elektron
resurslar yaratish va ularni o’quv jarayoniga tadbiq etish dolzarb muammolardan
biri hisoblanadi. [3]
O’quvchilarda kimyo faniga qiziqishlarini shakllantirish va bilim berish
davomida buni rivojlantirish darslarni uslubiy jihatdan to’g’ri tashkil etishni,
o’qituvchi va o’quvchi munosabatlarining iliqligi asosida
tashkil etilishi bilan
bog’lanadi. Buni bajarishga erishish uchun kimyoni o’qitishning dastlabki
bosqichlaridanoq kimyoning asosiy tushuncha va qonunlarining muhim
tomonlarini anglash va o’quv-tarbiyaviy jarayon daturli uslublar orqali o’qitish
yuqori samara beradi.
Hozirgi kunga kelib,
pedagogik texnologiyalar, jumladan, o’qitishning
interfaol usullari O’zbekiston Respublikasida ta’lim jarayonini yangi sifat
ko’rsatkichlariga olib chiqishi mumkin bo’lgan usullar tizimiga aylandi. Jahonning
9
rivojlangan davlatlari tajribasi zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan
holda ta’lim oluvchi yoshlarni bilim olishga bo’lgan
qiziqishini va ehtiyojlarni
qondiribgina qolmay, balki, yuqori malakali mutaxassislar yetishtirish vazifalarini
ham hal etmoqda.
Internet, yuqori axborot-kommunikatsion texnologiyalar shiddat bilan
rivojlanayotgan hozirgi davrda ta’lim oluvchilarga faqatgina fan sohalaridan
bilimlar
berish bilan kifoyalanmasdan, ularni yetuk kasb egalariga aylantirish,
ko’nikma va malakalar hosil qilish lozim. Buni amalga oshirishda zamonaviy
pedagogik texnologiyalar qo’l keladi. [4]
Dostları ilə paylaş: