“Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari mavzusini o’qitishning ilmiy metodik asoslari”



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/26
tarix16.04.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#99024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Исақов Ғофуржон

Dissertasiya ishi tuzilishi. Malakaviy ishi kirish, uch bob, xulosa va 
tavsiyalar foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat. 
 


12 
I. BOB. KIMYO FANINI O‘QITISHNING NAZARIY ASOSLARI 
1.1.Kimyo fanini taraqqiyotining ustivor yo‘nalishlari 
Yer yuzidagi barcha jonli va jonsiz narsalar, tog‘u toshlar, cho‘lu biyobonlar, 
o‘simlik dunyosi-yu chеksiz okеanlar, tubsiz koinot, barcha-barchasi kimyoviy 
elеmеnt birikmalaridan iborat. Hatto inson tanasi-yu, u makon qilgan uy-joy, 
parranda-yu hayvonlar ham kimyoviy elеmеntlardan tashkil topgan. Faqat ular 
qaysi, qanday birikma va moddalar tuzilmasida shakllanganligiga qarab suyuq, 
qattiq yoki gazsimon holatda bo‘ladi.
All essence on the land: alive and dead, flora, fauna, steppe, surrounding us 
mountains, oceans, endless cosmos-all this join chemical element. Even human 
body, all that is created human hand, animal world consist of chemical element. 
Only they differ on structure and are divided on three groups: gaseous, hard, 
fluid
1
.[8] 
O’zbekistonda kimyo fanining rivojlanishi 1920 yilda Toshkent davlat 
universitetining tashkil etilishi bilan bog’liq. O’zbekistonda kimyo fani va kimyo 
sanoatini rivojlanishiga universitet katta hissa qo’shgan.Shu kunlarda O’zbekiston 
fanlar akademiyasi qoshidagi kimyoga doir ilmiy-tekshirish institutlarida va 
mustaqil respublikamizdagi ko’p sondagi oliy o’quv yurtlarini kimyo kafedralarida 
olimlar, mutaxassislar kimyo fani va sanoatining eng muhim muammolarini tadqiq 
qilish bilan shug’ullanmoqda. Respublikamiz kimyo fani rivojiga munosib hissa 
qo’shgan va qo’shayotgan akademik O.S.Sodiqov, S.Yu.Yunusov, K.S.Axmedov, 
M.N.Nabiev, X.U.Usmonov, M.Asqarov, Z.Salimovning ilmiy ishlari xorijda ham 
ma’lumdir. O’zbekiston xududida tabiiy gaz, neft, ko’mir oltingugurt yetarli 
bo’lganligidan mamlakatimiz yirik kimyo sanoatiga egadir. Xom ashyoning 
ko’pligi yetakchi kimyo sanoati zavodi, Toshkentda lok-buyoq materiallari va 
plastmassalarini ishlab chiqaradigan korxonalarni vujudga keltirish imkonini 
yaratadi.Ro’zg’or kimyosi mahsulotlarni tayyorlaydigan Toshkent (kimyosi) 
sintetik yuvish vositalari zavodi ishlab turibdi.
[9] 
1
RaymondCHANGWilliams CollegeGENERALCHEMISTRY, 2006, 24. 


13 
O’zbekiston qishloq ho’jaligining paxtachilik tarmog’i kimyo sanoatini 
mahsulotlarini eng ko’p iste’mol qiluvchi tarmoq hisoblanadi. Mamlakatimizning 
qishloq xo’jaligida har yili million tonnalab mineral o’g’itlar, zaharli ximikatlar
defoliantlar va boshqa xil mahsulotlar ishlatiladi. Hozirgi vaqtda respublikamizda 
Chirchiq elektr kimyo kombinati, Fargona azotli o’g’itlar zavodida turli mineral 
o’g’itlar, o’simliklar zararkunandalariga qarshi zaharli moddalar, defoliantlar 
tayyorlanmoqda. 
Shuningdek, 
respublikamizda 

ta 
gidroliz 
zavodi, 
tog’metallurgiya kombinatlari, sintetik tolalar tayyorlaydigan zavodlar, chinni, 
tsement zavodlari va boshqa xil kimyo zavodlari faoliyat ko’rsatmoqda.
Respublikamiz hududida kimyo sanoatining tez rivojlanishi, qo’llanilayotgan 
texnologik qurilmalarning mukammal emasligi ekologik jihatdan salbiy 
oqibatlarga olib kelmoqda. Kimyo va boshqa xil korxonalardan ajralib havoga, 
suvga yoki tuproqqa qo’shilib yuborilayotgan turli chiqindilar atrof-muhitni 
ifloslantirib bormoqda. Buning oldini olish tez orada kechiktirmay hal etilish
lozim bo’lgan dolzarb muammolardan hisoblanadi. [14] 
Respublikamizda atrof-muhitni muxofaza qilish yuzasidan ishlar olib 
borilmoqda. Chiqindi suvlardan metallarni ajratib oluvchi ionitlar ishlatilmoqda. 
Qurilmalar ishga solinmoqda. Hozirgi kundagi ekologik va iqtisodiy vazifa eng 
mukammal chiqqindisiz kimyoviy texnologiyani qo’llashdir. Korxonalardan 
ajralgan chiqindi ham qayta ishlashib, kerakli mahsulotga aylantirilsa, texnologiya 
chiqindisiz hisoblanadi. Masalan: Qo’qon moy kombinatida ilgari chiqindi 
hisoblangan danak, uzum va dori-darmonlar uchun qimmatli mahsulotlar olinishi, 
danak pustloqlari motorlarni tozalashda ishlatilishini chiqindisiz texnologiya deb 
hisoblasa bo’ladi.O’zbekistonda joylashgan barcha kimyo korxonalarini yaqin 
yillar ichida chiqindisiz texnologiya asosida ishlashga moslashtirish lozimdir. Bu 
vazifani hal qilish, ya’ni yuksak malakali kimyogarlar tabiatshunoslar, 
muxandislarni tayyorlash respublikamizning oliy o’quv yurtlari zimmasiga 
yuklanadi.
[4] 
Hozirgi vaqtda kimyo va kimyoviy ishlab chiqarish xalq xo’jaligida g’oyat 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. U tabiatda bo’lmaydigan mahsulotlarni sintez 


14 
qilishga, ulardan turli-tuman mashina va asboblar yaratish uchun, turar joy binolari 
ko’rish va xalq iste‘mol mollari ishlab chiqarish uchun foydalanishga imkon berdi. 
Tabiatdan faqat xomashyo, ruda, toshko’mir, neft va boshqalargina olinmoqda. 
Tabiiy xomashyoni kimyoviy yo’l bilan qayta ishlab xalq xo’jaligi uchun zarur 
mineral o’g’itlar, pestitsidlar, metallar, plastmassalar, bo’yoqlar, dorivor moddalar 
va boshqalar tayyorlanadi. Kimyo sanoati sintetik kauchuk, sintetik tola, sun‘iy 
yoqilg’i, dori-darmonlar va boshqa juda ko’p moddalar ishlab chiqaradi. 
Ko’plab miqdorlarda asosiy kimyo sanoatining mahsulotlari-kislotalar, 
ishqorlar, tuzlar ishlab chiqariladi. 
Kimyo fani tabiiy mahsulotlarni tejab ishlatish, ishlab chiqarishning 
qo’shimcha mahsulotlari va chiqindilaridan foydalanish masalalari bilan ham 
shug’ullanishi lozim. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin tabiiy 
boyliklarga munosabat ham o’zgardi, ularni avaylab ishlatish yo’lga qo’yildi. 
Kimyoning imkoniyatlari bitmas - tuganmasdir. Faqat neftning o’zidan 20 
mingdan ortiq, toshko’mirdan esa bundan ham ortiq organik moddalar olish 
mumkin. Masalan, ulkan «Sho’rtan gaz kimyo majmuasi» da tabiiy gaz asosida 
o’nlab qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin