“Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari mavzusini o’qitishning ilmiy metodik asoslari”


KIMYODA ATOM – MOLEKULYAR TA‘LIMOT



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/26
tarix16.04.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#99024
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Исақов Ғофуржон

KIMYODA ATOM – MOLEKULYAR TA‘LIMOT. 
XVIII asrning o’rtalarida M.V.Lomonosov qadimgi yunon faylasuflari 
Levkip va Demokritning «hamma moddalar juda mayda zarrachalar-atomlardan 
tuzilgan, hamda ular doimiy va uzluksiz harakatda bo’ladi, dunyoda sodir 
bo’ladigan barcha o’zgarishlar atomlarning birikishi yoki bir-biridan ajralishi 
natijasidir», - degan atomistik tasavvurini rivojlantirib, sistemaga soldi hamda 
kimyoga tatbiq etdi. Bu ta‘limotning asosiy qoidalari «Matematik kimyo 
elementlari» (1741) nomli va boshqa ko’pgina asarlarida bayon qilingan. U ham 
o’z ta‘limotiga barcha moddalar juda mayda zarrachalardan tuzilgan, degan fikrni 
asos qilib oldi va zarrachalarni ikki turga bo’ldi: atomlarni «elementlar» deb, 
molekulalarni esa «korpuskulalar» deb nomladi. Molekulalar hosil bo’lishida
atomlar bir-biri bilan mikdoriy nisbatlarda birikadi.Molekulalarning xossalari faqat 
ularning tarkibiga kirgan atomlar sonigagina bog’lik bo’lmay, balki atomlarning 
molekulada joylashish tartibiga ham bog’likdir. [21] 
Lomonosov ta‘limotining mohiyatini quyidagi qoidalar bilan bayon qilish 
mumkin:
1. Barcha moddalar «korpuskula» (molekula ) lardan tarkib topgan, ular bir-
biridan oraliq – fazo bilan ajralgandir va ular to’xtovsiz harakatda bo’ladi.
2. «Korpuskula» lar «element» (atom) lardan tarkib topgan. «Element» lar 
ham to’xtovsiz harakatda bo’ladi.
3. «Element» lar aniq massa va o’lchamga ega. 
4. Oddiy moddalarning «korpuskula» lari bir xil elementlardan, murakkab 
moddalarning «korpuskula» lari turli elementlardan tuzilgan. 


31 
M.V.Lomonosovdan qariyb yarim asr keyin, ingliz olimi J.Dalton kimyo va 
fizika sohasida yig’ilgan tekshirish natijalarini atomistik ta‘limot asosida talqin 
qildi; u 1808 yilda atomistik ti‘limotni quyidagicha ta‘rifladi: 
a) moddalar nixoyatda mayda zarrachlar – atomlardan tuzilgan, atom yanada 
kichikroq zarrachalarga bo’lina olmaydi;
b) har qaysi kimyoviy element faqat o’ziga hos «oddiy» atomlardan tuzilgan 
bo’lib, bu atomlar boshqa element atomlaridan farq qiladi, har bir elementning 
atomi o’ziga hos massa va o’lchamga ega;
v) kimyoviy reaktsiya vaqtida turli elementlarning «oddiy» atomlari o’zaro 
aniq va o’zgarmas butun sonlar nisbatida birikib, «murakkab» atomlarni hosil 
qiladi 
g) faqat boshqa – boshqa xossalarga ega bo’lgan atomlar o’zaro birika oladi, 
bir elementning atomlari hech qachon o’zaro kimyoviy reaktsiyaga kirishmaydi. 
Ular faqat bir-biridan itariladi. 
Dalton atomistik ta‘limotga tayanib, kimyoning asosiy qonunlarini izohlab 
berdi. U kimyoviy element tushinchasiga aniq ta‘rif berdi: «kimyoviy element bir 
xil xossalar bilan tavsiflanadigan atomlar turidir». Bundan tashqari, u «atom 
massa» (ya‘ni atomning nisbiy massasi) tushunchasini kiritdi, vodorodning atom 
massasini shartli ravishda birga teng deb qabul qildi. 
Dalton ta‘limotida kamchilliklar borligi o’sha vaqtdayoq ma‘lum 
bo’ldi.Dalton ta‘limoti oddiy moddalarning molekulalari bo’lishini inkor qildi. 
Undan tashqari Dalton murakkab moddalarning tuzilishini talqin qilishda hatoga 
yo’l qo’yib, bir elementning bir atomi ikkinchi elementning fakat birgina atomi 
bilan birikadi, deb faraz qildi. Shunga asoslanib, Dalton suv formulasini HO
ammiaknikini NH, etilennikini CH shaklida ifodaladi. Dalton atom massa 
tushunchasi bilan «ekvivalent» tushunchasi orasidagi farqni ko’rmadi. Shuni 
ta‘kidlab o’tish kerakki, Daltonning oddiy moddalarda molekulalar bo’lishini inkor 
etishi kimyoning keyingi rivojlanishiga halol berdi. 
Kimyoda atom – molekulyar ta‘limot faqat XIX asrning o’rtalaridagina uzil – 
kesil qaror topdi. Kimyogarlarning 1860 yilda bo’lib o’tgan xalqaro anjumanida 


32 
molekula va atom tushunchalarining ta‘rifi qabul qilindi. Hozir zamonaviy atom-
molekulayar ta‘limotni quyidagicha bayon qilish mumkin: 
1. Moddaning kimyoviy jihatdan bo’linmaydigan eng kichik zarrachasi–
atom deb ataladi. Bir turdagi atomlar «kimyoviy element» deyiladi. 
2. 
Tabiatdagi moddalarning turli-tumanligi kimyoviy elementlartomlarining 
o’zaro turlicha birikishi bilan izohlanadi. 
3. Atomlar o’zaro birikib molekulalar xosil qila oladi. Molekula ayni modda 
tarkibini va kimyoviy xossаlarini ifodalovchi eng kichik zarrachadir. 
Molekulalarning o’zaro jipslashishi natijasida «molekulyar tuzilishli» moddalar 
hosil bo’ladi. Bu moddalarda molekulalararo tortishuv kuchlari molekula 
tarkibidagi atomlararo tortishuv kuchlaridan kichik bo’lganligi sababli, molekulyar 
tuzilishli moddalar past temperaturada suyuklanadi va qaynaydi.
4. Atomlar o’zaro birikishi natijasida atomlar tuzilishiga ega bo’lgan 
moddalar hosil bo’lishi ham mumkin. Bu moddalar ko’p miqdordagi batartib 
o’rnashgan atomlardan iborat bo’lib, ularni «atom tuzilishli» moddalar deb ataladi. 
Ular (masalan, olmos va boshqalar) yuqori haroratlarda suyuqlanadi.
5. 
Moddalar o’z tarkibi jihatidan oddiy va murakkab bo’lishi mumkin.
6. 
Molekula va atom uzluksiz harakatda bo’ladi.
7. 
Kimyoviy reaktsiya vaqtida o’zaro ta‘sirlashuvchi moddalar tarkibidagi 
atomlar qayta guruhlanishi natijasida yangi mahsulotlar hosil bo’ladi.
8. 
Atom kimyoviy elementning eng kichik zarrachasi bo’lib, shu 
elementning barcha kimyoviy xossalarini o’zida mujassam qiladi.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin