25
tayinlanadi.Kichik konsulg‘tantlar
guruh ishini boshqaradi, talabalarning
faoliyatini nazorat qiladi, tegishli hollarda yordam uyushtiradi.Har bir modul
yakunida
savol-javob, o‘quv bahsi o‘tkaziladi. O‘zaro nazorat orqali talabalar
baholanadi.
O‘qituvchi o‘quv materiallarini modullarga ajratadi va modul dasturini
yaratadi. Har bir modulning xususiy didaktik maqsadi va o‘quv topshiriqlarini
aniqlaydi. Mashg‘ulot yuzasidan nazorat test topshiriqlari
va mustaqil ish
topshiriqlarini tuzadi. Talabalarning mustaqil o‘quv bilish faoliyatini tashkil etadi.
Modul dasturining didaktik maqsadi va o‘quv topshiriqlari bilan tanishtiradi.
Talabalarning modul dasturi yordamida mustaqil ishlarini tashkil etadi.Muammoli
vaziyatlarni vujudga keltiradi, tegishli hollarda yordam uyushtiradi.
Modul dasturidan o‘rin olgan har bir modul yakunida o‘quv bahsi, savol-
javob, munozara, aqliy hujum o‘tkazadi.Modul dasturini yakunlaydi.
Mashg‘ulot yuzasidan test topshiriqlari yordamida o‘qituvchi nazoratini
amalga oshiradi. Erishilgan natijani tahlil qilib talabalarga erishilgan natijasiga
muvofiq holda mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini tavsiya etadi. Talabalar modul
dasturining didaktik maqsadi, modullar, modullarning xususiy didaktik maqsadlari,
mashg‘ulot davomida bajariladigan o‘quv
topshiriqlari, topshiriqlar yuzasidan
ko‘rsatmalarni anglaydi. O‘z o‘quv bilish faoliyatini tashkil etadi. Mashg‘ulot
matnini mustaqil o‘zlashtiradi, o‘quv topshiriqlarini sifatli bajaradi, savollarga
javob topadi.Muammoli vaziyatlardan chiqishning optimal
variantlarini taklif
etadi. O‘quv bahsi, savol-javob, munozara va aqliy hujumda faol ishtirok etadi va
h.q
Xulosa qilib aytganda, o‘qitish jarayonining samaradorligi o‘qituvchi
tomonidan talabalarning bilish faoliyatini o‘qitish vazifalari va maqsadlariga
muvofiq tashkil eta olish ko‘nikmalarini egallaganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Kimyoni o‘qitishda lokal darajadagi pedagogik texnologiyalardan “Keys”,
“Insert”, “Klaster”, Venn diagrammasi, “Aqliy hujum”, “Kichik
guruhlarda
ishlash”, “Atamalar zanjiri”, “Atamalar varag‘i”, tezkor o‘yinlar va o‘yin
mashqlarning turli shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi.