39
tashkil etuvchi elementlarning massalari o’zgarmas nisbatda bo’ladi, degan
xulosa chiqarildi. Bu xulosa
tarkibning doimiylik qonunidir. 20 yil davomida bu
qonunning to’g’riligi barcha olimlar tomonidan e‘tirof etib kelingan. Lekin 1803
yilda boshqa frantsuz olimi Bertole qaytar reaktsiyalarga
oid tadqiqotlar asosida,
kimyoviy reaktsiya vaqtida hosil bo’ladigan birikmalarning miqdoriy tarkibi
reaktsiya uchun olingan dastlabki moddalarning massa nisbatlariga bog’lik bo’ladi,
degan xulosa chiqadi.
Frantsuz olimi J.L.Prust (1753-1826) Bertollening
yuqoridagi xulosasiga
qarshi chiqdi. U kimyoviy toza moddalarni puxta taxlil qildi: toza birikmalarning
miqdoriy tarkibi bir xil bo’lishini o’zining juda ko’p analizlari bilan isbotladi. Prust
bilan Bertolle orasidagi munozara 7 yil davom etdi. Bu
kurash ikki falsafiy oqim
ko’rashi bo’ldi. Prust falsafasi – uzluklilik printsipi, Bertolle falsafasi – uzluksizlik
printsipi nomi bilan yuritiladi. Ko’pchilik olimlar o’zlarining amaliy ishlari
natijalari bilan Prust printsipini tasdiqladilar. Natijada Prust g’olib chiqdi va 1809
yilda kimyoning asosiy qonunlaridan biri tarkibning doimiylik qonuni quyidagicha
ta‘riflandi:
har qanday kimyoviy toza birikma, olinish usulidan qat‘iy nazar,
o’zgarmas miqdoriy tarkibga ega. Masalan, toza suv tarkibida 11,11 % vodorod
va 88,89 % kislorod bo’lib, suv normal sharoitda 0
0
S da muzlaydi, 100
0
S da
qaynaydi; uning 4
0
S dagi zichligi 1000 kg/ m
3
yoki 1 g/sm
3
yoxud 1 g/ml
–1
ga
teng; u o’zgarmas elektr o’tkazuvchanlikka, o’zgarmas qovushoqlikka ega.
Kimyoning rivojlanishi shuni ko’rsatdiki,
o’zgarmas tarkibli birikmalar
bilan bir qatorda
o’zgaruvchan tarkibli birikmalar ham bo’lar ekan. M.S.
Kurnakovning taklifiga ko’ra o’zgarmas tarkibli birikmalar
daltonidlar (ingliz
kimyogari va fizigi Daltonni xotirasiga), o’zgaruvchan tarkiblilari –
bertollidlar
(shunday birikmalar borligini oldindan aytgan
frantsuz kimyogari Bertolle
xotirasiga) deb ataldi. Daltonidlarning tarkibi butun sonli stexiometrik indekslari
bor oddiy
formulalar bilan ifodalanadi, masalan, H
2
O, HCl, CCl
4
, CO
2
.
Bertollidlarning tarkibi o’zgarib turadi va stexiometrik nisbatlarga muvofiq
kelmaydi. Masalan, uran (VI)–
oksidning tarkibi odatda UO
3
formula bilan
ifodalanadi. Haqiqatda esa uning tarkibi UO
2,5
danUO
3
gacha bo’ladi va boshqalar.
40
O’zgaruvchantarkiblibirikmalarborligimunosabatibilantarkibningdoimiylikq
onunininghozirgita’rifigaaniqlikkiritishkerakbo’ladi.
Molekulyar strukturali, ya‘ni molekulalardan tuzilgan birikmalarning tarkibi,
olinish usulidan qat‘iy nazar o’zgarmas bo’ladi. Nomolekulyar strukturali (atomli,
ionli va metall panjarali) birikmalarning tarkibi esa o’zgarmas bo’lmaydi va olinish
sharoitlariga bog’liq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: