Shodieva nargiza mexrikulovna milliy iqtisodiyot investitsion muhitiga moliya bozorining ta


- rasm. Investitsion bozor tuzilishi



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/35
tarix17.04.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#99049
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Shodieva nargiza mexrikulovna milliy iqtisodiyot investitsion mu

1.1- rasm. Investitsion bozor tuzilishi. 
Bozor xo‘jaligida investitsion faoliyat investitsion bozor mexanizmi orqali 
amalga oshadi. Ushbu mexanizm investitsion faoliyatning mustaqil iqtisodiy echim 
qabul qiluvchi, alohida olingan sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shakli 
sifatida namoyon bo‘ladi. Investitsion bozor – murakkab va dinamik hodisa bo‘lib, 
uning holati investitsion talab va taklif, raqobat, narx kabi bozorning asosiy 
unsurlari orqali tavsiflanadi. Bozor iqtisodiyotida investitsion faoliyatni amalga 
oshrish shart-sharoitlari o‘ziga xos shakllarni qabul qilib, ular bozor iqtisodiyoti 
tizimida investitsiyalash sub’ektlarining o‘zaro munosabatlari xususiyatlarini aks 


28 
ettiradi va quyidagilarni talab qiladi: mulk shakllari bo‘yicha diversifitsiyalangan 
tuzilishga (strukturaga) ega katta miqdordagi, xususiy investitsion kapitalning 
davlat investitsion kapitaliga nisbatan ko‘pligi bilan tavsiflanadigan, investitsion 
kapital mavjudligi; mulk va institutsional tashkilotlarning munosabatlari
investitsion jarayonda davlat va xususiy investorlar funktsiyalarining ajratilganligi, 
investitsion talab va takliflarni realizatsiya qilishga yordam beruvchi moliyaviy 
vositachilarning rivojlangan tarmog‘i mavjudligi nuqtai nazaridan investitsion 
faoliyat sub’ektlari turli-tumanligi; investitsion faoliyat ob’ektlarining investitsion 
mahsulotlar shaklida yuzaga chiqadigan, ko‘p segmentli, rivojlangan bozori 
mavjudligi; investitsion kapitalni investitsiyalarning jozibalilik iqtisodiy 
mezonlariga mos ravishda, investitsion bozor mexanizmlari orqali, investitsiya 
ob’ektlariga taqsimlash. Bozor munosabatlari shakllanishi jarayonida O‘zbekiston 
iqtisodiyotining investitsiya sohasida ham bozor unsurlari (elementlari) paydo 
bo‘ladi. Mamlakatimizdagi investitsion faoliyatning holati va istiqboli hamda 
uning ajralmas kismi bo‘lgan investitsion bozorga baho berishda investi-tsion 
faoliyatni amalga oshirishning asosiy shart-sharoitlarini tahlil qilish va uning bozor 
xo‘jaligida rivojlanishi muhim an’analaridan kelib chiqish lozim. Bu o‘z 
navbatida, bozor iqtisodiyotidagi investitsion jarayonning eng muhim xususiyat-
lari, shuningdek, investitsion bozor zamonaviy modellari faoliyatining jahon 
tajribasini o‘rganishni talab qiladi. 
Iqtisodiy adabiyotda investitsion bozorni tushunishga turlicha yondashuvlar 
uchraydi. Mamlakatimizda yaratilgan iqtisodiy adabiyotlarda so‘nggi vaqtlarda 
“investitsion bozor” atamasi keng tarqalib, uni aksariyat hollarda investitsion 
mahsulotlar bozori sifatida talqin qilinadi. Ba’zi mualliflar “investitsiya” 
tushunchasini “kapital mablag‘” tushunchasi bilan bir xil deb qabul qilib 
(ayniylashtirib), investitsion mahsulotlar deganda faqat ma’lum turdagi mablag‘lar 
joylashtirilgan ob’ektlarni (asosiy kapital, qurilish materiallari va qurilish-montaj 
ishlarini) nazarda tutadi, boshqa bir mualliflar esa investitsion bozorni nisbatan 
kengroq–barcha shakldagi investitsiyalash ob’ektlari bozori sifatida talqin etishadi. 


29 
Chet el iqtisodchilari odatda investitsion bozor deganda fond bozorini 
tushunishadi, chunki rivojlangan bozor xo‘jaligida investitsiyalarning ustun shakli 
sifatida mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga joylash tushuniladi. 
Bizning fikrimizcha, investitsion bozorga investitsion talab va investitsion 
takliflarni jonlantiruvchi investitsion faoliyat sub’ektlari o‘zaro munosabati shakli 
sifatida qarash lozim. U talab va taklif o‘rtasidagi ma’lum nisbat, narxlar, raqobat 
hamda realizatsiya hajmi darajasi orqali tavsiflanadi. Bozor iqtisodiyotida 
investitsion bozor orqali investitsiyalarning aylanma harakati, investitsion resurs-
larning (investitsion talabning) kapital qiymat keyingi o‘sishini belgilab beruvchi 
mablag‘larga aylanishi amalga oshiriladi (amalga oshirilgan investitsion talab va 
taklif). Investitsion talabni real va potentsial investitsion talabga bo‘lishadi. 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin