24
bilan inglizlar ziyorat uchun maxsus ruhsatnoma olishlari kerak bo`lgan. 11 yildan
so`ng Richard II ingliz ziyoratchilari sayohat qilishi mumkin bo`lgan
joylardagi
portlarni qisqartirdi, ba'zi joylargagina ruhsat berildi.
Boshqa erdan kеlish uchun
esa qirolning maxsus farmoni kerak edi. Ba'zi ziyoratchilar diniy zaruriyat bilan
sayohat
qilishsa, boshqa ko`pchilik bunga sayohat ishtiyoqi bilan yoki hayotiy
turtkilar, o`z hamroxlari bilan quvnoq muloqot qilish uchun kеlishgan. Hozirda
ham bir qancha qadamjolar bor. Ko`pchilik xristianlar Quddusga Iso Masih qabri
ziyoratiga boradilar. Islomga e'tiqod qiluvchilar esa Makkai Mukarrammaga xaj va
umra ziyoratiga boradilar.
1.3. Sayohatga bo'lgan ehtiyojni tug'diruvchi omillar
Sayohatga tayyorlanayotgan odamlarning
motivlarini tushunish, sayohat
tashkilotchilari, shu jumladan turfirmalar uchun muhim omil hisoblanadi.
Masalan, biznes ishlari maqsadida sayohat qiluvchi ishbilarmonlarning servisga va
mehmonxonalarga bo‟lgan ehtiyoji dam olish va ko‟ngil
ochish maqsadida
qiluvchi odamlarning talablari tubdan farq qiladi.
Ayni paytda odamlar o‟zlarining mamlakati bo‟ylab va xorijga turli sabablarga
ko‟ra sayohat qiladilar. Biroq ustunlikka ega bo‟lgan sabablar mavjud bo‟lib ularni
asosiy sabab sifatida ajratish mumkin va aynan ularni sayohat motivlari deb
ataydilar.
Sayohat qilish
motivlari termini deganda, turistik maqsadida ma‟lum joylarga
kelishga undaydigan va ularning xohishlarini qondiradigan psixologik va jismoniy
talablari tushuniladi.
Sayohat qilish motivlari
Ma‟munlik hissi
Niyat
Maqsadga intilish
Turistik sayohat
Turist muomolasi
Dostları ilə paylaş: