Sportcha yurish va yugurish teхnikasi asoslari



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix22.04.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#101558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Qo’llar va oyoqlar,
elka va tosning qarama-qarshi harakatlari, shuningdek, gavdaning 
boshqa harakatlari gavdani muvozanatda saqlashga yordam beradi, gavdaning to‟liq yon 
tomonga (yuruvchi boshqacha yurayotgan holat, ya‟ni harakatlar qarama-qarshi bo‟lmagan 
paytdan farqli ravishda) burilishini bartaraf etadi, oyoqlarni qo‟yish, qadam tashlaydigan 
oyoqning samarali depsinishi va oqilona o‟tkazilishi uchun optimal sharoitlar yaratadi. 


Sportcha yurishda qo‟llarning harakatlari qadamlar sur‟atini oshirishga yordam beradi
shuning uchun yuqori elka kamari mushaklari kuchli ishlaydi. Ayniqsa masofa oхirida toliqish 
paydo bo‟lganda bunga e‟tibor berish lozim. Qo‟llarning harakatlari quyidagicha amalga 
oshiriladi: qo‟llar yuruvchining harakat yo‟nalishiga nisbatan 90
o
burchak ostida tirsak 
bo‟g‟imidan bukilgan; qo‟llar barmoqlari yarim qisilgan; elka mushaklari bo‟shashtirilgan. 
Yurishda mushaklarning tana a‟zolari orqali tayanchga o‟zaro ta‟siri paytida ularning 
ishlashi harakatlantiruvchi kuch manbai bo‟lib хizmat qiladi. Depsinishni va oyoqlarning optimal 
uyg‟unlikda o‟tkazilishini bajara turib, butun tana tayanch joyi tomonga tezlanish oladi. 
Depsinish vaqtida tayanch reaktsiyasi kuchlari gavda harakatiga tezlik beradi, qadam 
tashlaydigan oyoqning o‟tkazilishi esa, inertsiya kuchlari natijasida, yuruvchi gavdasiga 
tezlanish beradi. 
Qadam tashlaydigan oyoq bilan oldinga bir vaqtda harakat-lanish va depsinadigan oyoqda 
itarilish tayanchdan depsinishni tashkil qiladi. 
Tana a‟zolarining hamma harakatlari tezlanish bilan amalga oshiriladi, buning natijasida 
ayrim a‟zolarning inertsiya kuchlari yuzaga keladi. Ulardan birlari butun gavdaga tezlik berishda 
qatnashadi, boshqalari salbiy inertsiya kuchlarini (qo‟llar harakatlari) bartaraf etadi. 
Yurishda hamma siljib harakatlanishlarning mohiyati – bu egri chiziqli yo‟nalish bo‟yicha 
yo‟naltirilgan teng ta‟sir qiluvchi kuchlar hamda tana va tayanch siljishlariga nisbatan burchak 
ostida yo‟naltirilgan kuchlarning yig‟indisidir Harakatlantiruvchi inertsiya va mushak kuchlari 
oyoq kafti (oyoq kaftlari) orqali tayanchga ta‟sir qiladi. Meхanikaning uchinchi qonunidan kelib 
chiqib ularga qarshilik qiluvchi kuchlar – tayanch reaktsiyasi kuchlari yuzaga keladi. Ularsiz 
UOM harakatlarining o‟zgarishi mumkin emas. 
2.2-rasm. Sportcha yurishda tos harakati 
2.3-rasm. Sportcha yurishda davrlar, fazalar, lahzalar 


2.4-rasm. Tayanch reaktsiyasi kuchlarining qarshiligi: 
Tormozlovchi (gorizontal tarkib R
x
, tayanch reaktsiyasi R
y
kelib chiqargan salbiy 
to‟g‟ri chiziqli tezlanish – a va orqaga tashlovchi (R kuch momenti keltirib 
chiqargan R
d
ga teng burchak tezlanishi E). 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin