25
2.6-rasm. Qo‟shqadamning bo‟limlari va fazalari
Qo‟shaloq tayanch davri juda qisqa bo‟ladi, lekin u sportcha yurish teхnikasida katta
ahamiyatga ega. Unga qarab teхnikaning musobaqa qoidalariga mosligi aniqlanadi. Agar
qo‟shaloq tayanch davri yo‟q bo‟lsa, demak, sportchi yurmasdan yugurayotgan bo‟ladi va u
buning uchun musobaqadan chetlashtiriladi.
Ba‟zan katta tajribali hakam ham sportcha yurish uslubiga qarab qo‟shaloq
tayanch davri
mavjudligi yoki yo‟qligini aniq aniqlay olmaydi. Aniq asboblar yordamida o‟tkazilgan ba‟zi
biomeхanikaviy tadqiqotlar shuni ko‟rsatadiki, qo‟shaloq tayanch davrining davomiyligi yuqori
malakali sportchilarda sekundning mingdan bir ulushida kuzatiladi. Bu sportcha yurish bo‟yicha
musobaqalarda hakamlik qilishda muammo hisoblanadi, zero inson ko‟zi bunday lahzani
aniqlashga,
ajratib olishga qodir emas, shu sababli yurishda uchish qismining mavjudligi yoki
yo‟qligi hakamlar brigadasining halolligi, vijdonliligi va tajribasi bilan aniqlanadi. Qo‟shaloq
tayanch davrining mavjudligi yoki yo‟qligi bilan bog‟liq bo‟lgan muammoga biz keyinroq yana
qaytamiz.
Yuqori malakali yuruvchilarda qadamlar sur‟ati minutiga 190 dan 230 qadamgacha
bo‟ladi. Qadam uzunligi 95 dan 130
sm atrofida bo‟lib, yuruvchining
oyoq uzunligiga va
rivojlantiriladigan muo‟ak kuchlanishlariga bog‟liq.
Qo‟llar va oyoqlarning, elka va tosning qarama-qarshi o‟qlarining harakatlari
kesishuvchandir, ya‟ni o‟ng oyoq oldinga harakatlanayotgan vaqtda chap qo‟l oldinga harakat
qiladi va aksincha. Umurtqa va tos murakkab qarama-qarshi harakatlarni bajaradi.
Yugurishda,
yurishdagi singari, qo‟llar va oyoqlar moslashgan qarama-qarshi harakatlarni
bajaradi. Tos va elka o‟qlarining qarshidan qarama-qarshi harakatlari muvozanat saqlashga
imkon beradi va yuguruvchi gavdasining yonga burilishiga qarshilik qiladi. Yugurishda,
yurishdagi kabi, tayanch davri ikkita fazadan iborat: 1)
amortizatsiya fazasi; 2) depsinish fazasi
.
Dostları ilə paylaş: