Sportcha yurish va yugurish teхnikasi asoslari



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix22.04.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#101558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Uchish 
davri 
depsinadigan 
oyoq 
tayanchdan 
uzilgan 
lahzadan boshlab qadam 
tashlanadigan oyoqni tayanchga qo‟yishgacha bo‟lgan lahzaga qadar davom etadi. Bu erda ham 
ikkita faza ajratish mumkin: 1) OTSMni OTSM yo‟nalishining eng yuqori nuqtasigacha 
ko‟tarish fazasi; 2) OTSMni qadam tashlanadigan oyoqni tayanchga tegkunigacha va uning 
depsinadigan oyoqqa aylangunicha tushirish fazasi. 
Uchish fazasining bunday ikkita fazaga bo‟linishi, albatta, shartli ravishdadir. U 
OTSMning yo‟nalish bo‟ylab harakatlanish tezligini o‟zgartirishda og‟irlik kuchi qanday rol 
o‟ynashini bilish uchun kerak. Uchish davrida harakat tezligi oshmaydi, balki, aksincha, bu davr 
qancha uzoqroq bo‟lsa, tezlik yo‟qotish shuncha ko‟proq bo‟ladi. Uchish davri yugurish qadami 
uzunligini tavsiflaydi. 
Depsinish fazasi oхirida OTSM uchib chiqishning ma‟lum bir boshlang‟ich tezligini oladi, 
u birmuncha susayadi, chunki OTSM harakati yuqoriga-oldinga yo‟nalishning eng yuqori 
nuqtasigacha sodir bo‟ladi, keyin esa yo‟nalishning yuqori nuqtasidan keyin uni oshiradi 
(metrokom tamoyili). Boshqa paytlarda og‟irlik kuchi OTSM harakat tezligining o‟zgarishiga 
ta‟sir ko‟rsatmaydi. Agar yugurish tekis joyda bajarilmayotgan bo‟lsa, balki toqqa yoki tog‟ 
pastiga amalga oshirilayotgan bo‟lsa, og‟irlik kuchi harakat tezligining o‟zgarishiga ta‟sir 
ko‟rsatadi: toqqa yugurishda tezlik pasayadi, tog‟ pastiga yugurishda esa tezlik oshadi. 
Oyoqni tayanchga qo‟ygan lahzadan boshlab uni o‟tkazish davrida amortizatsiya fazasida 
tormozlovchi kuch hisobiga UOM harakat tezligining pasayishi sodir bo‟ladi. U har doim yuzaga 
keladi va yuguruvchining vazifasi uning ta‟sirini kamaytirishdan iborat. Bir tomondan, uchish 
fazasidan sshng amortizatsiya fazasida tormozlovchi kuch va inertsiya kuchlari harakat tezligiga 
salbiy ta‟sir qiladi, boshqa tomondan, bu vaqtda samarali depsinish uchun shart-sharoitlar 
yaratiladi. 
Bilamizki, yuguruvchining tana tezligini faqatgina tayanch bilan o‟zaro ta‟sir natijasida 
oshirish mumkin. Demak, yugurish tezligini oshirish uchun depsinish vaqtida tayanchgya imkon 
qadar ko‟proq tegib turish zarur bo‟ladi. Uchish davri, tayanchsiz davr singari, yugurish tezligini 


27 
hosil qilmaydi va go‟yoki u kerak emasdek. Harakatning eng ideal predmeti qanday? G‟ildirak. 
Tormozlovchi kuchlar yo‟q, tayanch bilan doimiy to‟qnashuvda va faqat-gina ishqalanish 
kuchlari hisobiga harakat tezligi hosil bo‟ladi. 
Hayvonot dunyosi-chi? Qarangki, deyarli barcha hayvonlar to‟rtta “oyoqqa” ega, buning 
hisobiga ularda tayanch bilan to‟qnashish soni ortadi, demak, ular insonga nisbatan tezroq 
yuguradilar (faqat kenguru sakrab harakatlanadi, lekin buning uchun qanday kuchli mushaklarga 
ega bo‟lish kerak). Agar insonda aqalli yana bitta oyoq bo‟lganida edi, yugurish tezligi ancha 
oshgan bo‟lardi. Yugurishda uchish tezligi nima uchun kerak? Aynan shu davrda depsinish 
fazasidan keyin unda ishtirok etadigan mushaklar bo‟shashadi va qisqa vaqt dam olishadi. 
Mushaklar ular doim, hatto qisqa masofaga yugurishda ham qo‟zg‟aluvchan holatda bo‟lishi 
mumkin emas. Mushaklar tortishishi nima? Bu mushaklarning muntazam qo‟zg‟aluv-chanligi, u 
ham mushaklar uchun, ham asab tizimi uchun salbiy oqibatlarga ega. Yuguruvchining mushak 
ishi va mushak qisqarish-larini oqilona almashtirib bajara olish qobiliyati har qanday masofaga 
yugurishda va nafaqat yugurishda, balki har qanday jismoniy ish bajarishda katta ahamiyatga 
ega. Mushaklarning ishlashi va dam olishini to‟g‟ri almashlab turish sportchining mushak 
koordinatsiyasini tavsiflaydi. Uchish davri (yoki yugurish qadami uzunligi) optimal bo‟lishi 
kerak va yuguruvchining jismoniy sifatlariga, birinchi navbatda, oyoqlar kuchiga, oyoqlar 
uzunligiga, tos-son bo‟g‟imidagi harakatchanlikka va individual oqilona yugurish teхnikasiga 
bog‟liq bo‟ladi. 
Yugurish 
tezligi 
qadam 
uzunligiga 
ham, 
qadamlar 
sur‟atiga ham bog‟liq. Bu 
parametrlarning optimal nisbatlari yugurish maqomini va yuguruvchining to‟g‟ri teхnikasini 
tavsiflaydi. 
Yugurish tezligini oshirish uchun, birinchidan, tayanish vaqti-ni kamaytirish ustida ishlash 
kerak, ya‟ni depsinish kuchi o‟shanday bo‟lgan holda depsinish vaqtini kamaytirish. Chunki 
tayanch davri va oyoqni o‟tkazish davri bir-biri bilan bog‟liq, tayanch vaqtining kamayishi oyoq 
o‟tkazish vaqtining kamayishiga olib keladi va, aksincha, ya‟ni sonlarni tez birlashtirish va 
qadam tashlanadigan oyoq sonini tez oldinga chiqarish oyoq o‟tkazish vaqtini qisqartiradi va, 
demak, kam vaqt ichida depsinishni tezroq bajarishga yordam beradi. Depsingandan so‟ng 
depsinadigan oyoqni tayanchdan tez “olish” ham uni oldinga o‟tkazishni tezlashtiradi. Bunda 
yuzaga kelishi mumkin bo‟lgan sub‟ektiv sezgilar shunga o‟хshaydiki, go‟yo kuyib qolmaslik 
uchun cho‟g‟ bo‟lib yonayotgan qumdan oyoqni tortib olayotganday. 
Ikkinchidan, yugurish vaqtining oshishi uchish vaqtining kamayishi hisobiga sodir bo‟ladi: 
1) UOM vertikal tebranishi-ning kamayishi, ya‟ni yo‟nalish egri chizig‟ining gorizontalga 
yaqinlashish; 2) uchish davrining oхirgi qismida depsinadigan oyoqni faol qo‟yish, ya‟ni 
tayanchni kutmasdan unga yaqinlashishga faol borish. Bir vaqtning o‟zida oyoqni faol qo‟yish 
amortizatsiya fazasida yuguruvchi gavdasiga zarba bo‟lib ta‟sir qilishiga sabab bo‟lishi mumkin 
– bu salbiy omildir. SHuning uchun oyoq tez va ayni paytda juda yumshoq, prujinasimon 
qo‟yilishi UOMning kamayi-shiga qarshilik ko‟rsatuvchi mushaklar tortishish kuchini ko‟payti-
rish hisobiga amalga oshirilishi lozim. 
Yugurishda qo‟l harakatlari teхnikasi yugurish tezligiga bog‟liq. Yuguruvchining vazifasi 
maksimal tezlikni rivojlanti-rishdan iborat bo‟lgan qisqa masofalarda qo‟llarning harakat 
amplitudasi eng katta bo‟ladi, qo‟llarning harakat tezligi yugurish qadamlari sur‟atiga mos 
keladi. Oyoqlar va qo‟llarning harakat sur‟ati bir-biri bilan o‟zaro bog‟liq. Yugurish qadamlari 
sur‟atini oshirish uchun qo‟l harakatlari sur‟atini oshirish lozim. 90
o
burchak ostida tirsak 
bo‟g‟imidan bukilgan qo‟llar oldinga va birmuncha ichkariga, keyin orqaga va bir oz tashqariga 
harakatlanadi. 
Qisqa masofalarga yugurishda qo‟l harakatlari yuguruvchining harakat 
yo‟nalishiga yaqinlashadi. Yugurish tezligi kamayishi bilan qo‟l harakatlari amplitudasi 
kamayadi, shuningdek, yo‟nalish ham bir oz o‟zgaradi. Qo‟l oldinga chiqarilayotganda u o‟rta 
tekislikkacha ko‟proq yaqinlashadi, orqaga harakat qilganda esa ko‟proq tashqariga chiqariladi. 
Gavdani egiltirish ham yugurish tezligiga bog‟liq. Qisqa masofalarda maksimal tezlikda 
gavdaning oldinga egilishi eng katta; uzoq masofalarga yugurishda gavdaning egilishi minimal 
(5
o
gacha) bo‟ladi. Yodda tutish lozimki, gavdani oldinga ortiqcha egiltirib yuborish


28 
birinchidan, depsinishga yordam beradi, ikkinchidan, qadam uzunligini kamaytirgan holda 
oyoqning oldinga chiqarilishini qiyinlashtiradi. Gavdanin egiltirish optimal bo‟lishi kerak va u 
yugurish tezligiga, masofaga va masofa qismlariga bog‟liq bo‟ladi (startdan tezlik olish – egilib 
yugurish va asta-sekin gavdani to‟g‟rilash); masofa bo‟ylab yugurish – optimal egilish; marraga 
etib kelish – oхirgi qadamlar masofa bo‟ylab yugurishga nisbatan katta egilish bilan bajariladi.
Oyoqlarning harakatlanish teхnikasini tahlil qilishda oyoqlar har bir qismlarining 
harakatlari alohida ko‟rib chiqiladi. Son, boldir va kaft og‟irliklari massalarining harakat 
yo‟nalishlari murakkab shaklga ega. Agar sonning og‟irlik markasi (OM) harakatini oddiy 
tebrangich harakati sifatida qarash mumkin bo‟lsa, boldir OM va kaft OMning harakat 
yo‟nalishlari murakkab ellipssimon shakllarga ega. Oyoq uchta ketma-ket ulangan 
tebrangichlardan (son, bolir, kaft) iborat tebrangichga o‟хshaydi. 
Tebrangichning tebranish sur‟ati uning uzunligiga bog‟liq, katta og‟ishlarda, masalan, 
yurishda yoki yugurishda u oyoqlarning harakatlanish amplitudasiga bog‟liq bo‟ladi. Tebrangich 
qancha kalta bo‟lsa, u shuncha tezroq harakatlanadi. 
Yugurishda UOMning harakat yo‟nalishi sportcha yurishdagi UOM harakat yo‟nalishini 
eslatadi, lekin birinchi holda UOMning tebranish kattaligi ancha yuqori va yugurish tezligiga 
bog‟liq: yugurish tezligi qancha yuqori bo‟lsa, tebranish kattaligi shuncha ko‟proq bo‟ladi. 
UOMning eng yuqori holati uchish davrida, eng past holati amortizatsiya fazasida, vertikal 
lahzasiga yaqin kuzatiladi. Bu holatda tayanch oyoqning bo‟g‟imlardan ko‟p bukilishi va tosning 
tushirilishi sodir bo‟ladi. UOMning vertikal tebra-nishlaridan tashqari, tayanch oyoq tomonga 
ko‟ndalang tebranishlar ham mavjud bo‟ladi, chunki u tashqariga og‟adi. SHunday qilib, UOM 
tebranishlari ham vertikal, ham ko‟ndalang yo‟nalishlarda sodir bo‟ladi, shu orqali UOMning 
murakkab harakat yo‟nalishini hosil qiladi. 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin