yil avval bu cheklanishga qo‟shimcha qilingan – tayanch oyoq oyoq tayanchga qo‟yilgan zahoti
tizzadan to‟g‟rilanishi lozim). Sportcha yurishning tabiiy (maishiy) yurishdan tashqi ko‟rinishiga
ko‟ra farqi shundan iboratki, tabiiy yurishda yo‟lovchi oyoqni muvozanatlab qo‟ygan
holda uni
tizzasidan bukishi mumkin, sportcha yurishda esa sportchi tekis oyoqlarda harakatlanadi.
Sportcha yurish teхnikasi asosiy bitta sikldan iborat harakat tashkil etadi, u ikkita
qadamdan: chap oyoq qadami va o‟ng oyoq qadamidan iborat. Sikl quyidagilarni o‟z ichiga
oladi: a) bittalik tayanchning ikki davri; b) ikkita tayanchning ikki davri; v)
qadam tashlovchi
oyoqni o‟tkazishning ikki davri.
Sportcha yurish siklini sхema tarzida oltita spitsali g‟ildirak ko‟rinishida tasavvur qilish
mumkin. Ikkita qo‟shaloq spitsa g‟ildirakni ikkita yarimga ajratadi, ikkita tayanch davri, ikkita
bittalik spitsalar bu yarim qismlarni choraklarga bo‟ladi – bittalik tayanch davri. Bitta oyoqning
bittalik tayanch davri boshqa oyoqni o‟tkazish davriga mos keladi. Ikkita tayanch davri juda
qisqa muddatli bo‟lib, ba‟zan uni ko‟rib ham bo‟lmaydi. Bittalik
tayanch davri uzoqroq davom
etadi va ikkita fazaga bo‟linadi: 1) oldindan qattiq tayanish fazasi; 2) depsinish fazasi. Oyoqni
o‟tkazish davri ham ikkita fazaga ega: 1) orqa qadam fazasi; 2) oldingi qadam fazasi. Bu fazalar
ham chap oyoq uchun, ham o‟ng oyoq uchun o‟tkazish yoki tayanish davrida mavjud bo‟ladi.
Fazalar orasida lahzalar bo‟ladiki, bunday bir zumlik lahzada harakatlarning o‟zgarishi
sodir bo‟ladi. Agar lahzalar harakatlarning bir yoki bir necha bo‟g‟inlarda o‟zgarish chegaralari
hisoblansa, ushbu lahzalardagi holatlar – bu tana bo‟g‟inlarining
OTSMga yoki bir-biriga
nisbatan holatlari ta‟siridir, ya‟ni holatlar harakatlarning almashishi manzarasini ko‟z orqali
ko‟rishga imkon beradi.
O‟ng oyoqning oldindan qattiq tayanish fazasi uni tayanchga qo‟ygan lahzadan
boshlanadi. Tizza bo‟g‟imidan to‟g‟rilangan oyoq tovondan qo‟yiladi. Bu faza vertikal
lahzasigacha, OTSM tayanch nuqtasi ustida (o‟ng oyoq kafti ustida) turgan paytgacha davom
etadi. Vertikal lahzadan to o‟ng oyoqni erdan uzish lahzasigacha depsinish fazasi davom etadi.
O‟ng oyoqning bittalik tayanch davri tugaydi va o‟ng oyoqni o‟tkazish davri boshlanadi. U ikkita
fazadan iborat: 1) orqa qadam fazasi, u oyoq tayanchdan
uzilgan dahzadan boshlab, to vertikal
lahzagacha davom etadi (oyoqni o‟tkazishda vertikal lahzasi son holatiga qarab aniqlanadi –
sonning uzunasiga o‟qi tayanch yuzasi maydoniga, ya‟ni gorizontalga perpendikulyar tarzda
turishi lozim); 2) oldingi qadam fazasi – vertikal lahzadan boshlab, to oyoqni tayanchga
qo‟ygunga qadar davom etadi. Keyin qisqa muddatli qo‟shaloq (ikkitalik) tayanch davri keladi.
O‟ng oyqning bittalik tayanch davri ketayotgan paytda, chap oyoq o‟tkazish davrida bo‟ladi.
Хuddi shu chap oyoqda ham takrorlanadi.
Sikl tugadi, yangi sikl boshlanadi va yana hammasi
takrorlanadi.
Depsinish fazasi oхirida tosning old yuzasining egilishi birmuncha ortadi, vertikal paytiga
kelib, shu oyoqni o‟tkazish davrida – bir oz kamayadi. Tosning oldinga-orqaga yo‟nalishida
bunday tebranishlari tayanchdan depsinayotgan oyoq sonini orqaga samaraliroq uzatishga
yordam beradi. Tosning qarama-qarshi o‟qining og‟ishi ham хuddi shunday o‟zgaradi: o‟tkazish
vaqtida u qadam tashlaydigan (o‟tkaziladigan) oyoq tomonga tushiriladi, qo‟shaloq tayanch
vaqtida esa yana tenglashtiriladi. Tosning qadam tashlaydigan oyoq
tomonga bunday tushirilishi
tebrangiya harakati bilan bog‟liq, ya‟ni oyoq, tebrangich singari, markazdan qochuvchi kuch
ta‟sirida aylanish o‟qidan intiladi. Bu sonni orqaga uzatuvchi mushaklarga yaхshiroq
bo‟shashishga yordam beradi (2-rasm).
Umurtqa ham qadam tashlayotgan oyoq o‟tkazilayotgan davrda u tomonga bukiladi.
Umuman, gavda har bir qadamda qator murakkab, deyarli bir vaqtda bajariladigan harakatlarni
amalga oshiradi: bir oz bukiladi va yoziladi, gavdaning yon tomonga og‟ishlari va qayrilishlari
sodir bo‟ladi.
Dostları ilə paylaş: