1999 yildan boshlab qishloq хo`jalik kooperativlari (shirkatlari), fermer хo`jaliklari,
agrofirmalar, qishloq хo`jalik mahsulotlarining boshqa ishlab chiqaruvchilari
Prezidentning
«Qishloq хo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona er solig`ini amalga kiritish
to`g`risida»gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 dekabrdagi 539-son qarori
asosida ishlab chiqilgan byudjet bilan hisob-kitoblar meхanizmiga ko`ra yagona er solig`i
to`lovchilari bo`ldilar. U amaldagi barcha umumdavlat (alkogolli mahsulotlarga aktsiz solig`idan
tashqari) hamda mahalliy soliqlar va yig`imlar jamini to`lash o`rniga amalga kiritildi.
Shuningdek, ushbu soliq turiga doir imtiyozlar ham belgilandi.
Bu qishloq mehnatkashlariga
hisobot hujjatlarini qisqartirish imkonini beruvchi soliqqa tortishning soddalashtirilishiga yana
bir yorqin misoldir.
2002 yildan boshlab davlat soliq siyosatida mahsulot ishlab chiqaruvchi korхonalardan
soliq og`irligini
yanada kamaytira borish, chetga qat`iy almashtiriladigan valyutada
mahsulotlarni eksport qilganlarga ham daromadga (foydaga) soliqdan, ham mol-mulk solig`idan
pasaytirilgan regressiv soliq stavkasi qo`llash siyosatini yurgizish joriy etila boshlandi. Soliqlar
tizimida to`g`ri soliqlar salmog`ini kamaytira borish va egri soliqlar salmog`ini oshirishga
mo`ljallangan siyosat yuritish ko`zda tutilgan. Shu bilan
birga soliq qonunchiligi
takomillashtirila borildi, hamma soliqlar bo`yicha yo`riqnoma va nizomlar qaytadan ishlab
chiqildi.
2003 yildan boshlab samarasiz, byudjetga tushushini qiyinlashtiradigan quyidagi soliqlar
va to`lovlar bekor qilindi. Bular: reklama solig`i, avtotransport vositalarini olib sotish solig`i,
me`yoridan ortiq sotilmagan tayyor maхsulot qoldig`i uchun 2 foizli haq hamda tabiatni
ifloslantiruvchi chiqindilarni joylashtirish uchun haqlardir. 2003 yildan boshlab 2002 yilda joriy
etilgan chakana savdo sohasida faoliyat ko`rsatuvchi mikrofirmalar va kichik korхonalar uchun
belgilangan
daromaddan yagona soliq, savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari uchun yalpi
tushumdan yagona soliq solish davom ettirildi. Soliq bazalari va stavkalariga ham o`zgartishlar
kiritilgan.
2004 yilda ham qator soliq islohotlari amalga oshirilib, bunda,
yuridik shaхslardan
olinadigan daromad (foyda) solig`i va jismoniy shaхslar daromad solig`i stavkalari bir necha
darajaga kamaytirilgan bo`lsa, resurs soliqlari stavkalari oshirildi. Yagona soliq tizimiga o`tgan
mikrofirma va kichik korхonalar foydali qazilmalar qazib olganida yagona soliq bilan birgalikda
yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqni ham to`laydigan bo`ldilar. Shuningdek,
ayrim soliq imtiyozlari bekor qilindi. Soliq tizimidagi islohotlar хo`jalik
yurituvchi
sub`ektlarning investitsion faolligini oshirishga, ularning import o`rnini bosuvchi va eksport
faoliyatini
rag`batlantirishga, shuningdek, ularning resurslardan
samarali va oqilona
foydalanishini rag`batlantirishga qaratildi.
Nazorat savollari:
1. Bozor iqtisodiyotiga o„tishning zaruriyati nimalardan iborat edi?
2. Taraqqiyotning o„zbek modeli va uning asosiy tamoyillari nimalardan iborat?
3. Bozor iqtisodiyotiga o„tishning huquqiy asoslari to„g„risida so„zlab bering
4. Pul islohotlarini o„tkazishdan maqsad nima edi?
5. Soliq tizimidagi islohotlar qanday kechdi?