«Маъқуллайман»


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 254,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix24.04.2023
ölçüsü254,45 Kb.
#102050
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1998-2006 (1) (1)

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00832 

 
 
Academic Research, Uzbekistan 1999 www.ares.uz 
1. Mavzu tanlash. 
2. Mavzu rejasini tuzish. 
3. Tanlangan mavzuning xususiyatlarini o'rganish. 
4. Tadqiqot metodlari va vazifalarini aniqlash. 
5. Mavzu bo'yicha adabiyotlar ro'yxatini tuzish. 
6. Malakaviy amaliyot davrida mavzu bo'yicha kuzatish o'tkazish, to'plangan 
ma`lumotlarni tartibga solish, xulosalar chiqarish. 
7. Tayyorlangan kurs ishi rahbar tomonidan ko'rib chiqiladi, ko'rsatilgan 
kamchiliklar bartaraf etiladi hamda kompyuterda terilib, taqriz uchun kafedraga 
topshiriladi. 
8. Kurs ishini himoya qilish. Himoya qilish uchun talaba kurs ishining ikkinchi 
nusxasi va taqrizni ilmiy rahbariga taqdim etadi. Kurs ishning birinchi nusxasi 
kafedrada qoladi. Himoyaga tavsiya etilmagan talaba qaytadan ishni to'ldirib tuzatadi, 
taqrizga beradi va qayta himoya qiladi. 
Himoyaga qo'yiladigan kurs ishi kompyuterda terilib muqovalanishi kerak. 
Kurs ishining titul varag'ida oliy ta’lim, fakultet va kafedra nomi, mavzuning 
nomianishi, ilmiy rahbar va talabaning ismi-sharifi, himoya yili ko'rsatiladi. Keyingi 
sahifasida mavzu rejasi, kirish, mavzuning dolzarbliligi, uning maqsad va vazifalari, 
taxminiy farazi, izlarrish metodlari va uning natijalari hamda ishning oxirida xulosa, 
amaliy tavsiya, takliflar va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati bo'lishi kerak. Mavzuga 
oid illustratsiyalar, ya`ni jadvaliar, rasm, grafik ishlar matnning kerakli joyida yoki 
oxirida ilova tarzida adabiyotlar ro‘yxatidan so`ng berilishi mumkin. 
Kurs ishining hajmi, uning xarakteriga izlanayotgan mavzuning xususiyatiga, 
adabiyotda yoritilish darajasiga, ishning maqsad va vazifalariga, ilmiy tadqiqot 
usullariga, shuningdek, to'plangan materialni izlanuvchi qanchalik aniq ravshan 
yorita olishiga bog`liq. Ish tajribasi shuni ko'rsatadiki, kurs ishi matni kompyuterda 
terilganda 25-30 betda mufassal bayon etiladi.Kurs ishida stilistik va orfografik 
xatolar bo'lmasligi kerakaks holda u bahoning pasayishiga olib keladi. Kurs ishining 
barcha betlari raqamlangan bo`Iishi kerak. Faqat titul va mavzu rejasiga tartib raqami 
qo'yilmaydi. Ammo ular ham umumiy hajmda hisobga olinganligi uchun «Kirish» 3-
betdan boshlanadi
Kurs ishi uchun mavzular banki kafedrada mavjud bo`lib, ular fakultet ilmiy - 
metodik kengashida tasdiqlanadi. Mavzular bankini tuzishda pedagogika, psixologiya 
va tasviriy san`at o`qitish metodikasi fanlan bo'yicha dunyoda erishilgan yangi fan 
yutuqlari, yangiliklari hamda umumiy o`rta ta`lim maktablari, kasb-hunar va 
pedagogika kolleji dasturlarining talablari hisobga olinadi. Har bir mavzu puxta 



Yüklə 254,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin