ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00832
Academic Research, Uzbekistan 1998 www.ares.uz
TASVIRIY SAN’AT METODIKASI FANIDAN KURS ISHI TAYORLASH
METODOLOGIYASI
Shuhrat Nazarovich Mamatqulov
Termiz davlat universiteti o`qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada tasviriy san’at metodikasi fanidan kurs ishi tayorlash
metodologiyasi haqida qisqacha ilmiy ma’lumot berilgan.
Kalit so’zlar: mustaqil
ta’lim, pedagogika, san’at, metodika, kurs ishi.
METHODOLOGY OF PREPARATION OF COURSE WORK IN THE FIELD
OF METHODOLOGY OF FINE ARTS
ABSTRACT
This article provides a brief overview of the methodology for preparing
coursework in the field of fine arts.
Keywords: independent study, pedagogy, art, methodology, course work.
KIRISH
Tasviriy sanat metodikasi fanidan kurs ishi tayyorlash
va uni bajarish bilan
bog'lik bo`lgan umumiy masalalami ko'rib chiqamiz. Kurs ishi Sanatshunoslik
fakulteti talabasi tomonidan o'qituvchining bevosita rahbarligida tayyorlanadi va ikki
xil ko'rinishda bo`lishi mumkin: birinchisi, zarur adabiyotlarni puxta o`rganib chiqib,
ularning mazmunini yoritish bo`lsa, ikkinchisi esa maktab hamda kollejda malakaviy
amaliyot davrida amal iyotni kuzatib, natijasini umumlashtirish bilan bog`liq bo`ladi.
METODOLOGIYA
Kurs
ishi kompyuterda terilib, zarur illustratsiyalari bilan bezatilib,
kafedraga
himoya qilish uchun topshiriladi.Kurs ishini yozishda talaba adabiy va noyob
materiallarni tahlil qilishga o'rganib, tasviriy san`at metodikasi bo'yicha so'nggi
yillarda erishilgan muhim yangiliklar bilan tanisha boradi. Eksperimentli ilmiy tajriba
xarakteridagi kurs ishi bajarish jarayonida esa ilmiy tadqiqot usullarini o'rganib
boradi.Unda
mustaqil tahlil qilish, tadqiqot natijalarini bayon qilish,
xulosalar
chiqarish va amaliy takliflar kiritish ko'nikmasi hosil bo`ladi.
Kurs ishi quyidagi tartibda bajarilishi kerak: