Academic Research, Uzbekistan 2001 www.ares.uz isbotlanmagan, ma`lum narsalardan nimalar eskirib qolgangini bilib olish kerak. Bu
ma`lumotlar mavzuni aniqlash va o`zi o'tkazadigan ilmiy tadqiqotnmg hajmini
belgilash uchun zarur.
Maxsus adabiyotni o'rganish, odatda, kurs ishi bajaiirhning boshidan
oxirigacha davom etadi. Adabiyotlar ro'yxatini tuzish vaqtida kitoblarning nomi,
mazmuni ko'rsatilgan ro`yxat bibliografiyadan foydalanish lozim.
Kitob bilan ishlashda quyidagi tartibga rioya qilish tavsiya etiladi:
a) kitobning muallifi, nomi, nashr etilgan yili va nashriyot ish;
b) so'zboshi, kirish qismi o`qib, muallifning maqsadi va o`z oldiga qo'ygan
vazifasi amiqlanadi;
d) mundarijasiga qarab kitobning hamma boblarini o'qib chiqish zarurmi yoki
yo'qligi aniqlanadi;
e) kitob qaysi mutaxassislar uchun mo'ljallanganligi belgilanadi. Kitob yoki
maqolaning mazmuniga qarab, u bilan ishlash usuli aniqlanadi:
a) kitobni ko'zdan kechirish — qiziqarli kerakli material bilan tanishish,
mundarijasi, rasimlari, chizmalarmi sinchiklab o'rganish;
b) kitobni bir boshdan o`qish — shoshmasdan, kerakli joylarga belgi yoki
savollar qo'yib o'qib chiqish;
c) puxta o`zlashtirish - asar haqida qisqa ma`lumot yozish,konspekt tuzish
maqsadida uning mazmuni va mohiyatim chuqur o`rgarrish.
Adabiyotlami o'qiganda talaba asosiy fikrini tezlik bilan aniqlab olishga, uni
tanqidiy idrok etishga, o`z g'oyalari bilan bogiangan qisqa, lekin amq qilib
konspektlab olishni bilishi kerak. Qulaylik bo'lishi, to'plangan materialni bir tizimga
solish va keyinchalik undan foydalanish mumkin bo'lishi uchun har xil ko'chirmalar
va belgilar qilinadi. Bular alohida qog`oz varaqlarining faqat bir tomoniga yoziladi.
Bu ko'chirimlar keyin alohida papkalarga bajarilayotgan kurs ishining rejasida
ko'rsatilgan boblar va bo'limlarga qarab ajratib saqlanadi. Xuddi shu tariqa kurs ishi
muallifi adabiyot o'qishi mobaynida paydo bo'lgan o'z fikr-mulohazalarini ham yozib
borishi va foydalanish mumkin bo'lgan bob yoki.bo‘limni ko`rsatib ketishi kerak.
Kuzatish o'tkazishning asosiy vazifasi izchillik bilan maqsadga muvofiq holda
pedagogik tajriba oshirish va uni o`rganishdir. Bu metod o'quvchilarga badiiy ta`lim-
tarbiya berishni, turli muammolarini hal qilishda keng foydalaniladi. O'quvchilar
tomonidan turli materiallarning imkoniyatlarini va ishlatish yo'larini o'rganish
jarayoni, darslarning mazmuni, uning o'quvchilar uchun qay darajada qiziqarli ekani,
darsda ta`limning qaysi usul va uslublaridan foydalanish lozimligini kuzatishga kiradi
va hokazo.