Academic Research, Uzbekistan 2004 www.ares.uz Qo'lyozma ustida ish olib borishning muhim bosqichlandan biri xulosalar
chiqarish va amaliy tavsiyalar berishdir. Xulosalar ishning mazmunidan kelib
cliiqishi va bir-ikki jumla orqali uning mohiyatini ochib beradigan bo'lishi kerak.
Demak, muallif xulosa chiqarganda ishning asosiy mazmunini, uni amalda tatbiq
etish haqidagi tavsiyalarini qisqacha yoritislri lozim. Qo'yilgan vazifa va to'plangan
materialning miqdoriga qarab xulosalar taxminan 3-5 punktdan iborat bo'lsa
yetarlidir. Xulosa qismini haddan tashqari oshirib yuborish, unga xususiy va tasodifiy
narsaiar kiritish tavsiya etilmaydi.
Yuqorida ko'rsatib o'tganimizdek, xulosa va takliflardan so'ng foydalamlgan
adabiyotlar ro'yxati keltiriladi. Uni tuzishda quyidagi tartibga rioya qilish zarur:
Muallif familiyasi, ismi, sharifi; maqolaning sarlavhasi; maqola chop etilgan
jurnal yoki ilmiy to'plamning nomi; nashr etilgan joyi; tom, nomer; nashr etilgan yili;
betlar.Adabiyotlar ro'yxatida mualliflaming familiyasi va ulami asarlari alfavit
bo'yicha joylashishi kerak. Bir xil familiyali mualliflar uchrab qolsa, ular ro'yxatda
ismi sharifi bo'yicha yoziladi. Bitta muailifning turli kitoblaridan foydalanilgan
bo'lsa, ro'yxatda familiyasini bir marta ko'rsatib, «yana» so'zini ishiatish va ishning
nomini yozish kerak. Kitob mualliflar hamkorligida yozilgan bo'lsa, ro'yxatda
ularning familiyalari alfavit bo'yicha joylashtiriladi. Xorijiy mualliflaming familiyasi
chet tilida yoziladi, ro'yxatni oxirida beriladi.
Ishning matni yozilib va tekshirilib, illustratsiyalar tayyorlanib, adabiyotlar
ro'yxati tuzib bo'lgandan so'ng, ilmiy rahbarnmg ruxsati bilan kompyuterda yozish
uchun beriladi. Kurs ishi standart yozuv oq qog'ozida, Word dasturi Times New
Roman (o'zbek tilida) shriflarida 14 kattaligida yoziladi. 1,5 intervalda chapdan
30mm, o'ngdan 15mm, yuqori va pastdan 25 mm joy qoldirilgan holatda sahifalanadi.
Sarvaraq sodda va chiroyli bo'lishi rang-barang bo'lib, bachkanalashib
ketmasligi kerak. Sarvaraqda ma’lum izchillik va tartib bilan quyidagilar
joylashtiriladi: Oliy o'quv yurtining nomi, fakultet va kafedra, kurs ishining mavzusi,
bajargan muailifning nomi va familiyasi, o'qiydigan guruhi, kursi, ilmiy rahbaming
unvoni,familiyasi va ism-sharifi, kurs ishi bajarilgan vaqt va shahar.Kurs ishining
rejasi, mundarija sarvaraqdan keyin qo'yiladi va uning tuzilishini boblar yoki
bo'limlar bo'yicha betlari bilan ko'rsatibturadi.
Ish kompyuterdan chiqqach, talaba uni:
a) diqqat bilan o'qib, qoiyozm a to'liq ko'chirilganligi, betlar to'g'ri
belgilanganligim aniqlashi;
b) rasm va jadvallar matnda to'g'ri ko'rsatilganligini tekshirishi;
d) matnni diqqat bilan o'qib, undagi xatolarni bartaraf etishi;