Academic Research, Uzbekistan 2000 www.ares.uz tuzilgan bo'lib, badiiy ta`lim-tarbiyaning muhim jihatlarini yoritishga qaratilishi
kerak. Har bir talaba mavzu tanlashda o`z imkoniyatlardan va qiziqishlaridan kelib
chlqishi hamda bo`lg`usi ilmiy rahbari bilan albatta maslahatlashishi kerak.
Mavzu bo'yicha ishlash jarayonida talaba mustaqil fikrlay olishi, zarur
adabiyotlarni tanlab, uni tahlil qilishi, tadqiqot usulini belgilashi, tajriba va kuzatish
ishlarini o'tkazishi va yig'ilgan natija ma`lumotlarni tartibga solib, izchillikda bayon
qila olishi kerak.Zarur holatlarda mavzuni o'zgartirish kafedraning qarori bilan
amalga oshiriladi.
Har bir kurs ishi reja asosida bajariladi. Rejaning puxta tuzilishi kurs ishining
mazmunli bo'lishiga va qismlari o'rtasidagi mantiqiy uzviylikka bog'liq. Bunday
tuzilgan reja ishning maqsadga muvofiq olib borilishiga va muddatida bajarilishiga
yordam beradi.
Kurs ishining namunaviy rejasi quyidagicha bo'lishi mumkin:
1. Kirish — mavzuni asoslash va uning muhimligini isbotlab berish.
2. Asosiy va maxsus adabiyotlar tahlili — masalaning nazariyasi va tarixi
yoritiladi va uning qay darajada o'rganilganligi bayon etiladi, shu mavzu bo'yicha hali
yoritilmagan yoki o'rganilishi zarur bo'lgan muammolar ko'rsatiladi hamda aniq
vazifalar belgilanadi.
3. Tekshirish metodlari — eksperiment o'tkaziladigan joyi, vaqti ko'rsatiladi,
o'quvchilarni kuzatiladigan va o'rganiladigan xususiyatlari belgilanadi hamda
to'plangan ma`lumotlarni ishlab chiqish usullari ko'rsatiladi.
4. Eksperiment natijalari — alohida bobda asosiy qism bo'lib, yig'ilgan
ma`lumotlar bayon etiladi. Asosiy qismda muallif mustaqil ravishda olib botgan
tadqiqotlarining yakuniy bayonini yoritadi. Bu qismini yozishda tadqiqot ishining
borishi, unda qanday usullar qo'llanganligi va hokazalar ko'rsatiladi. So'ng bu
tadqiqotdan olingan natijalar tahlili beriladi.
5. Xulosada esa keltirilgan ma`lumotlar umumlashtiriladi va hayotga tatbiq
etish bo'yicha amaliy tavsiyalar beriladi.
Adabiyotlarni o'rganish mavzu ustida ish olib borishishning dastlabki bosqichi
bo'lib, qo'yilayotgan masalaning, qay darajada o'rganilayotganligi va yana nimalar
qilish kerakligini aniqlashga qaratilgan bo'ladi hamda kurs ishining asosi, poydevori
hisoblanadi. Faqat maxsus adabiyotlarni atroflicha o'rganish orqali mavzu ustida ish
olib borishning yo'nalishini belgilash, uning o`rganaish darajasini va kelgusida ilmiy
tekshirish o`tkazish uchun qanday imkoniyatlarga egaligini aniqlasa bo'ladi.
Adabiyotlarni o`rganish jarayonida shu masalada nimalar ma`lum va nimalar
noma`lum ekanligi, nimalar ma`lum bo'lsa ham hali yetarli darajada to'liq va aniq