[150]
TARIX DARSLARIDA ZAMONAVIY INTERFAOL, QIZIQARLI O'YIN
USULLARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Shaymardanov Nodir Quchqorovich
Qashqadaryo viloyati Muborak tuman
17-maktab o’quv tarbiyaviy ishlari bo’yicha direktor
o’rinbosari Tarix fani o’qituvchisi
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada tarix
darslarida zamonaviy interfaol, qiziqarli o'yinlar usullardan
foydalanishning ahamiyati va izlanuvchan pedagog o’qituvchi darslarda “
Ortiqchasini top”,
“Begona so’zni top”, “Kim chaqqon?”, “Blits-so’rov”, “Rost-yolg’on”, “Bilmaganingni
o’rgan, o’rganganingni –o’rgat”, “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Venn diagrammasi”, FSMU,
“Kichik guruhlarda ishlash”, “Xotira mashqi”, “Debatlar”, “Ta’rif egasini toping”,
“Zanjirli savol-javob” kabi zamonaviy interfaol usullaridan foydalanish kabi fikrlar
yorittilgan.
KALIT SO’ZLAR:
“Kim chaqqon?”, tarix, qiziqarli o’yinli,
“Blits-so’rov”, “Rost-yolg’on”, “Bilmaganingni
o’rgan, o’rganganingni –o’rgat”, “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Venn diagrammasi”, FSMU,
“Kichik guruhlarda ishlash”, “Xotira mashqi”, “Debatlar”, “Ta’rif egasini toping”,
“Zanjirli savol-javob”.
KIRISH
Keyingi yillarda mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimida
amalga oshirilayotgan
islohatlarning asosini jahon ta’limi standartlariga javob bera oladigan ilg’or tajribalarni
ommalashtirish hamda ta’lim-tarbiya jarayonida kam jismoniy kuch sarflab,yuqori
samaradorlikka erishish yo’lida amaliy faoliyat olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda umumiy
o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilari oldida turgan
eng muhim va dolzarb vazifa
[151]
o’quvchilarning ilm olishga bo’lgan qiziqishlarini orttirish,ularning tasavvurlarini
kengaytirishdan iborat.Ana shu ishni amalga oshirish uchun bugungi kungacha bir qator
tadbirlar bajarildiki,natijada umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi ta’lim
samaradorligining
muvaffaqiyatiga zamin yaratildi. Dars samaradorligining muhim shartlaridan biri bu -
o’qituvchi va o’quvchilarning haqiqatni birgalikda izlashi va o’quvchilarning butun dars
jarayonida faol ishtirok etishidir. Albatta, bu o’rinda o’qituvchiga yangi pedagogik
texnologiyalar qo’l kelishi amaliyot ko’rsatib turibdi.
Har bir yurtning buguni va kelajagi tom ma’noda, mamlakat ta’lim
tizimining qay
darajada rivoj topgani bilan belgilanadi. Zero, Vatan taraqqiyoti, millat istiqboli shu zaminda
voyaga yetayotgan o‘g‘il-qizlar kamoli bilan chambarchas bog‘liqdir. Bugungi kunda xalq
ta’limi tizimidagi eng muhim vazifalardan biri ta’lim sifati va mazmunini yangi bosqichga
ko‘tarish, ma’naviy jihatdan barkamol,
axloqan pok, shaxsiy va kasbiy fazilatlarga boy,
mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor, faol yoshlarni shakllantirish, o‘qituvchilarning bilimi va
kasbiy mahoratini rivojlantirish, ularga amaliy metodik yordam berish, xususan, yosh
o‘qituvchilarning tanlagan kasbiga nisbatan ishtiyoqini oshirishga
qaratilgan tadbirlarni
amalga oshirishdir. O’quvchilarning ijodkorligini rivojlantirishi, yangiliklarni ko’ra bilishi,
fan-texnika yutuqlarini amalda qo’llashni o’rganish, o’quv dargohida “o’qish, o’rganish va
amalda qo’llash, natijalarni tahlil qilib, yanada samaraliroq ishlash” muhitini yaratib, yangi
zamonaviy metodlarni izlab topish yo’lida tinmay mehnat qilish bugungi kun pedagoglari
oldidagi katta vazifadir. Darslarni iloji boricha qiziqarli va samarali bo’lishi uchun o’qituvchi
doim izlanishda, yangiliklar yaratishda, o’quvchi tafakkurida mavjud yashirin imkoniyatlarni
ro’yobga chiqarish uchun, eng avvalo,
mahorat sohibi, o’quvchi qalbini teran tushunadigan
ruhshunos, xalq pedagogikasi va zamonaviy o’qitish uslublaridan xabardor mutaxassis
bo’lishi, mahalliy imkoniyatlardan kelib chiqib ishlashi lozim.