Usullaridan foydalanishning ahamiyati



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix25.04.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#102238
  1   2   3   4
tarix-darslarida-zamonaviy-interfaol-qiziqarli-oyin-usullaridan-foydalanishning-ahamiyati



[150] 
 
TARIX DARSLARIDA ZAMONAVIY INTERFAOL, QIZIQARLI O'YIN 
USULLARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI 
Shaymardanov Nodir Quchqorovich
Qashqadaryo viloyati Muborak tuman
17-maktab o’quv tarbiyaviy ishlari bo’yicha direktor
o’rinbosari Tarix fani o’qituvchisi 
ANNOTATSIYA: 
Ushbu maqolada tarix darslarida zamonaviy interfaol, qiziqarli o'yinlar usullardan 
foydalanishning ahamiyati va izlanuvchan pedagog o’qituvchi darslarda “Ortiqchasini top”, 
“Begona so’zni top”, “Kim chaqqon?”, “Blits-so’rov”, “Rost-yolg’on”, “Bilmaganingni 
o’rgan, o’rganganingni –o’rgat”, “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Venn diagrammasi”, FSMU, 
“Kichik guruhlarda ishlash”, “Xotira mashqi”, “Debatlar”, “Ta’rif egasini toping”, 
“Zanjirli savol-javob” kabi zamonaviy interfaol usullaridan foydalanish kabi fikrlar 
yorittilgan. 
KALIT SO’ZLAR: 
“Kim chaqqon?”, tarix, qiziqarli o’yinli,
“Blits-so’rov”, “Rost-yolg’on”, “Bilmaganingni 
o’rgan, o’rganganingni –o’rgat”, “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Venn diagrammasi”, FSMU, 
“Kichik guruhlarda ishlash”, “Xotira mashqi”, “Debatlar”, “Ta’rif egasini toping”, 
“Zanjirli savol-javob”. 
KIRISH
Keyingi yillarda mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan 
islohatlarning asosini jahon ta’limi standartlariga javob bera oladigan ilg’or tajribalarni 
ommalashtirish hamda ta’lim-tarbiya jarayonida kam jismoniy kuch sarflab,yuqori 
samaradorlikka erishish yo’lida amaliy faoliyat olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda umumiy 
o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilari oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifa 


[151] 
o’quvchilarning ilm olishga bo’lgan qiziqishlarini orttirish,ularning tasavvurlarini 
kengaytirishdan iborat.Ana shu ishni amalga oshirish uchun bugungi kungacha bir qator 
tadbirlar bajarildiki,natijada umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi ta’lim samaradorligining 
muvaffaqiyatiga zamin yaratildi. Dars samaradorligining muhim shartlaridan biri bu -
o’qituvchi va o’quvchilarning haqiqatni birgalikda izlashi va o’quvchilarning butun dars 
jarayonida faol ishtirok etishidir. Albatta, bu o’rinda o’qituvchiga yangi pedagogik 
texnologiyalar qo’l kelishi amaliyot ko’rsatib turibdi. 
Har bir yurtning buguni va kelajagi tom ma’noda, mamlakat ta’lim tizimining qay 
darajada rivoj topgani bilan belgilanadi. Zero, Vatan taraqqiyoti, millat istiqboli shu zaminda 
voyaga yetayotgan o‘g‘il-qizlar kamoli bilan chambarchas bog‘liqdir. Bugungi kunda xalq 
ta’limi tizimidagi eng muhim vazifalardan biri ta’lim sifati va mazmunini yangi bosqichga 
ko‘tarish, ma’naviy jihatdan barkamol, axloqan pok, shaxsiy va kasbiy fazilatlarga boy, 
mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor, faol yoshlarni shakllantirish, o‘qituvchilarning bilimi va 
kasbiy mahoratini rivojlantirish, ularga amaliy metodik yordam berish, xususan, yosh 
o‘qituvchilarning tanlagan kasbiga nisbatan ishtiyoqini oshirishga qaratilgan tadbirlarni 
amalga oshirishdir. O’quvchilarning ijodkorligini rivojlantirishi, yangiliklarni ko’ra bilishi, 
fan-texnika yutuqlarini amalda qo’llashni o’rganish, o’quv dargohida “o’qish, o’rganish va 
amalda qo’llash, natijalarni tahlil qilib, yanada samaraliroq ishlash” muhitini yaratib, yangi 
zamonaviy metodlarni izlab topish yo’lida tinmay mehnat qilish bugungi kun pedagoglari 
oldidagi katta vazifadir. Darslarni iloji boricha qiziqarli va samarali bo’lishi uchun o’qituvchi 
doim izlanishda, yangiliklar yaratishda, o’quvchi tafakkurida mavjud yashirin imkoniyatlarni 
ro’yobga chiqarish uchun, eng avvalo, mahorat sohibi, o’quvchi qalbini teran tushunadigan 
ruhshunos, xalq pedagogikasi va zamonaviy o’qitish uslublaridan xabardor mutaxassis 
bo’lishi, mahalliy imkoniyatlardan kelib chiqib ishlashi lozim.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin