24
(rolkerlar) kemalarning ikki tomonidagi darvozalar orqali yuklarni gorizontal usul
bilan tushirish va ortish imkonini bermoqda.
Ko’pchilik mamlakatlar yirik savdo flotiga (160 davlat bayrog’i
ostida
suzadi) ega bo’lishiga qaramay Yaponiya, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Gretsiya,
Niderlandiya, SHvetsiya, Liberiya, Panama, Gonduras, Rossiya
1
, Polьsha, Xitoy,
Yugoslaviya, Ruminiya, V’etnam, Koreya Respublikasi va boshq. aloxida ajralib
turadi. Liberiya, Panama, Gonduras, Gretsiya davlatlarining
katta savdo flotiga
ega bo’lishi, bu mamlkatlarda soliqlarning pastligi bilan xarakterlanadi. SHuning
uchun xam chet el kompaniyalariga karashligi kemalar yuqoridagi mamlakatlar
bayrog’i ostida suzsa-da, umuman bu mamlakatlar portlariga kirmaydi.
Panlibgoko mamlakatlari (Panama, Liberiya, Gonduras, Kolumbiya)
savdo
flotining 50% Gretsiyaga qarashlidir, maxsus chet el adabiyotlarida
ta’kidlanishicha, Gretsiya kemalari 16 ta boshqa davlat bayroqlari ostida suzadi.
Xuddi shunday xolat Niderlandiya uchun xam xosdir.
Dengiz
transportining
rivojlanishi
xalqaro
iqtisodiy
aloqalarning
kengayishi, ya’ni yangi xom-ashyo va iste’mol mintaqalarining
ishlab chiqarish
va iste’molning o’sib borishi bilan bog’liqdir. Xalqaro aloqalarda neftь va neftь
maxsulotlarining asosiy o’rin tutishi savdo floti yuk tashishda xam o’z ifodasini
topgan. Dengiz floti orqali tashilayotgan yuklarning 50% neftь va neftь
maxsulotlari xissasiga to’g’ri kelmoqda.
SHuningdek, qora va rangli metallar,
ko’mir, tog’-kimyo maxsulotlari, o’rmon maxsulotlari, qishloq xo’jalik
maxsulotlariga to’g’ri keladi. ITI sharoitida esa tobora tayyor maxsulotlar tashish
(konteynerlarda ) muxim o’rin tutmoqda.
Dengiz aloqalarida port va xalqaro kanallar juda muxim o’rin tutadi.
Bugungi kunda barcha dengiz va okeanlarda 2700 port mavjuddir, 840 portga esa
yuk aylanmasining 96% to’g’ri keladi. 30 ta gigant-portning yillik yuk aylanmasi
esa 50 mln.t.dan, 4 tasi esa 100 mln.t.dan ortiqdir.
Bunday yirik portlar AqSHda - Nьyu-York, Filadelьfiya, Baltimor, San-
Frantsisko, Boston, Buyuk Britaniyada - London, Liverpulь, Glazgo, Frantsiyada
Dostları ilə paylaş: