12-jadval
Transport turlarida xalqaro yuk aylanmasi.
1993 yil% xisobida.
Transport turlari.
Mintaqalar
Avtomobil
transporti
Temir yo’l
transporti
Suv (daryo va
kabotaj)
quvur
transporti
(neft va tabiiy
gaz
Rossiya
9
46
5
40
SHimoliy
26
28
18
28
17
Amerika
FarbiyEvropa
67
19
8
6
SHarqiy
Yevropa
9
78
2
11
Yaponiya
40
9
51
-
Demak, turli mintaqalardagi aloqa yo’llari, transport yo’llari zichligi, yuk
va yo’lovchi tashishdagi ulushi transport tarmoqlarining o’zaro aloqadorligi va
uyg’unlashuvi turlicha ekanligi bilan ajralib turadi. Barcha mintaqalardagi
transport tizimi birgalikda xalqaro transport tizimini tashkil qiladi.
3. Transport tulari. quruqlik transporti.
Temir yo’l transporti xalqaro yuk va yo’lovchi aylanmasida xissasi qisqarib
borayotganligiga qaramay muxim transport vositasi bo’lib qolmoqda va sezilarli
ravishda sifat o’zgarishlarni (elektrlashtirish va tez yurar temir yo’llar qurilishi)
boshdan kechirmoqda. Dunyo bo’yicha temir yo’llarning umumiy uzunligi 1,2
mln.km. bo’lib buning 200 ming km. elektrlashtirilgandir.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar va bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan
mamlakatlarda temir yo’llarni elektrlashtirish, monorelьsli va magnit osilmali
yo’llar qurish davom etmoqda. Dunyodagi 140 dan ortiq mamlakatda temir
yo’llar bo’lishiga qaramay, 50% temir yo’llar «o’nlikka» kiruvchi mamlakatlar -
AqSH, Rossiya, Kanada, Xindiston, Xitoy, Avstraliya, Argentina, Frantsiya, GFR
va Braziliyada joylashgan. Mavjud temir yo’llarning 650 ming km yoki 54%
iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga, 31% (380 ming km) bozor iqtisodiyotiga
o’tayotgan mamlakatlarga va 29% (320 ming km) rivojlanayotgan mamlakatlar
xissasiga to’g’ri keladi.
Temir yo’l tarmoqlarining zichligi jixatidan Yevropada Belьgiya, ( 100
km
2
xududga 25 km), Lyuksemburg, GFR, Buyuk Britaniya, SHveytsariya,
Daniya, Niderlandiya, Frantsiya, Avstriya, Italiya, Vengriya, CHexiya va
Slovakiya, Polьsha, Osiyoda - Yaponiya oldingi o’rinda turadi. Turli
18
mamlakatlarda temir yo’l liniyalari orasidagi masofalar xam turlichadir. Iqtisodiy
rivojlangan mamlakatlarda mavjud temir yo’llarning 2F3 qismi -1435 mm,
SHarqiy Yevropa mamlakatlarida xam 1435 mm, MDX xududida esa 1524 mm,
Janubi - SHarqiy Osiyo mamlakatlarida esa 1000 mm.dir.
Transkontinental temir yo’llar katta axamiyat kasb etadi. Yevropada
bunday yo’llar: a) Kale-Parij-Lion-Marselь-Italiyaning janubiy portlariga;
b)Gamburg-Myunxen-SHveytsariya-Italiya; v) kenglik bo’yicha Madrid-Parij-
Berlin-SHarq. Buyuk Britaniya parom aloqasi orqali (Duvr-Dyunkerk) Belьgiya
va Frantsiya bilan bog’langan. Daniya esa parom aloqasi (Katta Belьt va Eresund)
orqali SHvetsiya, Vernemyunde paromi orqali Germaniya bilan bog’langan.
SHvetsiya Trolleberg-Zasnits paromi orqali kontinent bilan bog’langandir.
SHimoliy Amerikada 12 ta transkontinental temir yo’llar mavjud. Janubiy
Amerikada
Buenos-Ayres-Velьparasio
va
Buenos-Ayres-Antofagasto
transkontinental temir yo’llari mavjuddir.
Osiyoda eng yirik transkontinental temir yo’l Buyuk Sibirь magistralidir.
(9322 km). Parom aloqasi Kaspiy dengizida (Baku-Turkmenboshi) mavjuddir.
Afrika materigining eng qisqa xududida temir yo’llar kesishgan. (Bengola-
Lobitu-Beyra va Lideriy-Durban) Avstraliyada esa sharqdan-Farbga yagona
Sidney-Perta temir yo’li yo’nalgandir.
Temir yo’llarning joylashishiga iqtisodiy, siyosiy va tabiiy-geografik
omillar kuchli ta’sir ko’rsatadi.
XX asrning oxirgi o’n yilligida Yevropada geopolitik xolatning jiddiy
o’zgarishi, «sovuq urush» munosabatlarining tugashi va SHarq-Farb aloqalarining
rivojlanishi transport tizimi saloxiyatlaridan xam integratsion aloqalarni amalga
oshirish maqsadlarida foydalanish imkoniyatlarini yuzaga keltirdi.
Siyosiy chegarlardagi to’siqlarning bartaraf etilishi transport yo’lkalarini
ko’p magistralli shakllantirish kontseptsiyasini ishlab chiqish imkonini yaratdi.
Natijada, Yevropada 9 ta transport yo’lkalari: 1) Xelьsinki-Tallin-Riga-
Kaliningrad-Vrotslav; 2) Berlin-Varshava-Minsk-Moskva-Nijniy Novgorod; 3)
Berlin-Vrotslav-Krakov-Kiev; 4) Drezden-Praga-Budapesht-Sofiya-Stambul; 5)
19
Venetsiya-Lyublyan-Budapesht-Ujgorod-Lьvov; 6) Gdanьsk-Katovitse-Ellin-
Poznanь; 7) Dunay suv yo’li orqali Reyn-Mayn-Dunay kanaliga chiqish; 8)
Durres-Tirana-Sofiya-Plovdiv-Varna;
9)
Xelьsinki-Sankt-Peterburg-Moskva-
Kiev-Buxarest (so’ngra Novorossiysk va Astraxanga qadar) shakllantirilmoqda.
Xelьsinki shaxrida (1997 yil) bo’lib o’tgan uchinchi Panevropa transport
konferentsiyasida transport yo’lkalarini shakllantirish va kuchaytirish loyixasi
tasdiklandi va uchta mintaqaviy transport tizimini - SHimoliy kontinent, O’rta
Dengiz va qora dengiz soxil bo’yini rivojlantirish g’oyasini amalga oshirishga
kirishildi.
Ayni vaqtda, XXI asr boshlarida tobora ko’proq joriy transport
xarajatlariga nisbatan xam yuk tashishning sifat omili muxim o’rin tutmoqda.
Buning yorqin ifodasi butun transport jarayonlariga inqilobiy ta’sir ko’rsatgan
xalqaro konteyner tizimining shakllanishidir. Yiliga dengiz konteyner aylanmasi
70 mln.donaga yetdi va asosiy yuklarning 40%ga yaqinini qamrab olmoqda. Bu
jarayonning aniq ko’rinishi transport aloqalarida ishonchli va kafolatli
transkontinental konteyner «ko’prik» lari, ya’ni dengiz transporti bilan tez yurar
temir yo’l sostavlari, avtopoezdlar (kontreyleri) kombinatsiyasiga asoslangan
Transsibir (Yaponiya-Farbiy Yevropa), Transamerika, Farbiy Yevropa, Yaqin va
O’rta SHarq magistrallarining yuzaga kelishidir.
SHuningdek, temir yo’llarning yangi yo’nalishlarini barpo etish Osiyo,
Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy xayotida katta rol
o’ynashdan tashqari bu mintaqa mamlakatlarini dunyo xo’jaligi integratsion
jarayonlarga tortilishini tezlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |