O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti «tabiiy fanlar va geografiya»


partiyada qimmatbaxo yukni oldingi ommaviy yuk tashishda bo’lgani kabi arzon



Yüklə 426,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix26.04.2023
ölçüsü426,34 Kb.
#102806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kurs ishi


partiyada qimmatbaxo yukni oldingi ommaviy yuk tashishda bo’lgani kabi arzon 
tashib bergan xolda yukning but saqlanishini ta’minlash masalasi xam yuzaga 
keladi. Xilma-xil yuklarni standartizatsiyalash orqali transport yuklarning yangi 
tarkibiga moslashdi. 50-60 yillardagi ommaviy yuklarni tashishda yuqori samara 
bergan «ko’lamdagi iqtisod» tamoyilini bosh yuklarni tashish standartizatsiyasiga 
tadbiq qilish yuk jo’natishlarni yiriklashuvi va oqimlarining barqarorlashuviga 
olib keldi. Konteynerlardan foydalanish standart transport vositalariga amalda 
transport jarayonlari uchun yangi talablarni qo’ydi. SHunday qilib, konteynerlar 
asosida transport vositalari va jixozlarini standartizatsiyalash butun transport 
tizimini, qolaversa, dunyo xo’jaligini qayta qurishga olib keldi. 
Dunyo bo’yicha 90-yillarning o’rtalarida konteynerlar 7,5 mln. dona bo’lib, 
buning 3,4 mln.donasi 6 m.uzunligida, 4 mln.donasi - 12 m.uzunlikdadir. 
Konteynerlashtirishga - yirik transport tugunlari, ayniqsa dengiz portlari katta 
ta’sir ko’rsatdi. Transport tizimi ishlab chiqarish va taqsimlash tizimining 
integratsiyasini va intermodelь transport xizmatiga bo’lgan extiyojning 
qondirilishi va samaradorligini ta’minlamoqda. SHunday qilib, intermodelizm 
bugungi kunda xalqaro bozor tizimining markaziy bo’g’ini bo’lib qolmoqda. 
 



2. Xalqaro transport tizimining asosiy ko’rsatkichlari 
 
Dunyo xo’jaligi transporttabelligining o’zgarishi 50-yillardan keyin 
barqarorligi bilan ajralib turadi va yuk aylanmasi va umumiy yalpi maxsulot 
(o’zgarmas narxlarda) o’sish sur’atlariga bog’liq xolda bordi. Bu davrda xalqaro 
yuk aylanmasi 1 t. ishlab chiqilgan maxsulotga nisbatan 33%, aholi jon boshiga 
yuk aylanmasi va aholi xarakatchanligi (km) esa 3,5-4 marta o’sdi. 
Xalqaro transport tizimi va uning dinamikasi 9-10-11-12 jadvallarda o’z 
ifodasini topgan. 
Umumiy transport turi va aloqa yo’llari keyingi o’n yilliklarda sezilarli 
darajada barqarorlashdi va ayni vaqtda muxim sifat o’zgarishlari temir yo’llarni 
elektrlashtirish va tez yurar temir yo’llar qurilishi, takomillashgan qattiq 
qoplamga ega avtomobilь yo’llari, yirik diametrdagi quvur magistrallari bilan 
bog’liqdir. Yer sharidagi barcha aloqa yo’llari (dengiz trassalaridan tashqari) 36 
mln.km.iborat. keyingi 45 yil davomida temir yo’llar deyarli o’zgarmay qolgani 
(1,2 mln.km) xolda elektrlashtirilgan temir yo’llar va tez yurar temir yo’llar 3,3 
martaga ko’paydi (200 ming.km) xamda sifat jixatidan takomillashtirilgan 
avtostradalar 2,8-4,5 marta ko’paydi. Ayniqsa, xalqaro transport turlari o’rtasida 
ITI bilan bog’liq yirik neftь quvurlari 175 ming km.dan 680 ming km.ga yetdi 
yoki 3,9 marta ortdi va magistral gaz quvurlari 186 ming km.dan 1,1 mln.km 
yetdi va 5,9 marta ko’paydi. XX asr oxiri va XXI asr boshlarida yangi temir yo’l, 
avtomobilь yo’llari va neftь-gaz quvurlari qurilishi yanada kengayib bormoqda. 
Jumladan, kun chiqar mamlakatlarni (Xitoy, Koreya, Yaponiya), Eron, Turkiya 
va Farbiy Yevropaning Janubi bilan tutashtiradigan Transosiyo magistrali
(Istanbul-Toshkent-Olmaota-Pekin) muxim iqtisodiy axamiyatga egadir. Bu 
magistralning Drujba stantsiyasi (qozog’iston), Turkmanistonda Tajan-Saraxs va 
Eronda Saraxs-Mashxad yo’nalishlari foydalanishga topshirildi. Bu yo’ldan 
O’zbekistonning va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarining Buxoro-Beynau orqali 
Yevropa mamlakatlariga va Tajan-Saraxs orqali Yaqin SHarq mamlakatlariga 
chiqish imkoniyati yuzaga keldi. SHuningdek, Yevropa va Osiyoni bir-biri bilan 


10 
bog’lovchi «Buyuk ipak yo’li»ning qurilishi, «Kavkaz yo’lagi»ning barpo etilishi, 
shu qatori yirik neft va gaz magistrallarining qurilishi Osiyo, Afrika, Lotin 
Amerikasida, 
mavjud 
temir 
yo’llarning rekonstruktsiyalash Yevropa 
mamlakatlarida xam davom ettirilmoqda. 
XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro ko’lamda yuk tashish xajmi kariyib 7 
martaga ko’paydi va 2010 yilga borib yana 1,2-1,3 marta o’sishi kutilmoqda. 
Xalqaro yuk tashishda dengiz transporti asosiy o’rin tutadi va unga xalqaro 
yuk aylanmasining 62,1% to’g’ri keladi va bu ulush o’zgarmay qolmoqda. 
SHuningdek, xalqaro yuk aylanmasida temir yo’l transporti xissasi keyingi 45 yil 
ichida 17,2 foizga qisqargani xolda avtomobil transporti xissasi - 2,8 foizga, neft 
quvuri xissasi 4,8 foizga, gaz quvuri xissasi 3,2 foizga o’sdi. Xavo transportida 
yuk tashish 7 mlrd. tFkm dan, 52 mlrd. tFkm.ga yetgani xolda yoki 7,4 marta 
ko’payganligiga qaramay, umumiy yuk tashish xajmidagi uning xissasi 
o’zgarmay qolmoqda. Ayni vaqtda, transport turlari o’rtasida yuk tashish 
tarkibida jiddiy o’zgarishlar yuz bermoqda. CHunonchi, temir yo’l transportining 
bosh raqobatchisi xisoblangan avtomobil transportida yuk tashish nisbati 1990 
yilda 4:1 dan 1,2:1 ga tushdi va 2000 yilda bu xolat tenglashdi. quvur 
transportining xissasi esa 4,2% dan 12,8 foizga yetdi. 
Xalqaro yo’lovchi tashishda avtomobil transporti, ayniqsa xususiy 
avtomobil tranporti xissasi yuqori bo’lib, yetakchi mavqeni deyarli saqlab 
qolmoqda. Agar 1950 yilda xalqaro yo’lovchi tashishda shaxsiy avtomobil 
tranporti xissasiga 56,8% to’g’ri kelgan bo’lsa, 1995 yil - 60,3 foiz to’g’ri keldi. 

Yüklə 426,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin