IQS-22-24 GURUH
Hisoblagichlardan ma'lumotlarni olish simli aloqa liniyalari orqali
qanday amalga oshirilsa, simsiz aloqa liniyalarida ham shunday
amalga oshirish imkoniyati mavjud. Hozirgi kungacha RS-485 interfeysi
orqali simli aloqa tarmoqlaridan foydalanishning texnik yechimlari
topilganligi sababli simsiz aloqa liniyalari kam qo„llanilar edi. Lekin
keyinchalik IEEE 802.15.4 simsiz aloqa standartining yaratilishi simsiz
aloqa liniyalaridan foydalanish imkoniyatini yaratdi. Bu kabellar
xarajatini kamayishiga olib keldi. Hisoblagichlardan olinayotgan
ma'lumotlar oqimi tarmoq markazi kontsentratorida yig„iladi.
Konsentrator bu ma'lumotlarni to„plam ko„rinishida o„z xotirasida
saqlaydi. EHBAT tizimida ko„plab kontsentratorlar bo„lishi mumkin,
lekin ma'lumotlarni yig„ish va qayta ishlash markazi (MYQM) da
ma'lumotlarni boshqarish va monitoring o„tkazish uchun bitta
kontsentrator ham yetarli bo„ladi. “Qanday qilib bitta MYQM da
tizimdagi barcha kontsentratorlar bilan ma'lumotlarni uzatishni tashkil
qilish mumkin?” degan savol tug„ilishi mumkin. Hozirgi kunda bu
savolga “GSM tarmog„i orqali” deb javob berish mumkin.
Dostları ilə paylaş: