Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...
www.ziyouz.com kutubxonasi
12
aybingni o‘zgalardan bekitdi! Mahsharga chorlanayotgan sas qulog‘ingga chalinmayap-
timi? Agar bilsang, bu - gunohlaringga kifoya qilgulik qo‘rqinchdir.
Tasavvur qil: peshona sochlaringdan ushlab, seni sudrab ketishyapti. Ranglaring
bo‘zargan, a’zolaring shalviragan, tizzalaring titrokda, hushing boshingdan uchgan,
qalbing iztirobga to‘la, olam ko‘zingga qorong‘u, ko‘zlar esa senga tikilgan. Faraz qil,
xuddi shu holatda muakkil farishtalar oldidasan. Ular yoningga yaqinlashib, seni
Rahmonning arshi qadar otishadi. Allohu subhanahu taolo senga ulug‘ kalomini nido
qiladi: «Ey Odam farzandi, yaqin kel!»
Qo‘rquvdan dukillab urayotgan mahzun qalb bilan, ko‘zlaringdan mo‘lt-mo‘lt yosh
to‘kib, siniq bir axvolda yaqinlashasan. Biron narsa koldirilmasdan yozilgan noma’i
a’moling beriladi. Evox! Senga unut bo‘lib ketgan qanchadan-qancha ishlar nomangga
bitib qo‘yilgan, eslayapsanmi? Qanchadan -qancha ibodatlarni boy berding, buning
ofatlaridan g‘ofil qolding? Bas, mana endi senga ularning oqibatlari!
Nomai a’molingga qara, qanchadan-qancha xijolatdik ishlar va qo‘rqoqliklar!
Kanchadan-qancha chekinishlar va ojizliklar! Koshki, Allohning huzurida qanday
turishingni, qanday javob berishingni, javob berayotib, qalbing qay axvolga tushishini,
ozgina bo‘lsada, sezganingda edi!
Keyin gunohlaring birma-bir, oshkora zslatiladi. Fikr et, bundan ortiq uyat va
sharmandalik bormi?! «Ey bandam! — deydi o‘shanda Alloh. Mendan xayo qilmay, qabih
amallarga bosh urdingu, Men xalq etgan mahlukotdan uyalib, ularga chiroyli bo‘lib
ko‘rinding. Men senga ulardan haqir-roq bo‘ldimmi? Mening nazarimni arzimas bilib,
o‘zganing nazarini ulug‘ sanadingmi? Seni ne’matlantirmadim-mi? Nima seni aldab
ko‘ydi? «Bugun ko‘rmayapman, ertaga ham yuzma-yuz bo‘lish yo‘q» degan gumonga
bordingmi?
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Butun olamlar Parvardigori Alloh
sizlarning xar biringizni hech qanday to‘siq va tarjimonsiz so‘roqqa tutadi» (muttafaqun
alayh).
Allohning rasuli dedilar: «Xdr biringiz ulug‘ va qudratli Alloh oldida turasiz, orada
hech qanday to‘siq bo‘lmaydi. Shunda Alloh bandasiga xitoban:
— Seni rizqlantirmadimmi, senga mol-dunyo bermadimmi?»— deb so‘raydi.
— Ha, berding, deydi bandasi.
Keyin Alloh:
— Senga payg‘ambar yubormadimmi? — deb so‘raydi.
— Ha, yubording, deydi bandasi. So‘ngra o‘ng tomonga qaraydi, jahannamdan o‘zga
narsani ko‘rmaydi. Keyin chap tomonga karaydi, jahannamdan boshqasini ko‘maydi.
Bas, yarim xurmo bilan bo‘lsa ham do‘zaxdan saqlaning. Agar topolmasangiz, bitta
yaxshi so‘z bilan bo‘lsa ham do‘zaxdan saqlaning» (Buxoriy rivoyati).
Ibn Mas’ud aytadi: «Hali har biringiz munavvar kechada to‘lin oy bilan yolg‘iz
kolganingiz kabi ulug‘ va qudratli Zot bilan yuzma-yuz bo‘lasiz. Shunda Alloh deydi: «Ey
Odam farzandi! Nima seni «Allohga ibodat qilmasang ham bo‘laveradi» deb aldab qo‘ydi.
Ey Odam farzandi! Bilganlaringta amal qildingmi? Payg‘ambarlarga nima deb javob
berding? Ey Odam farzandi! Men ko‘z oldingda kuzatguvchi emasmidim, harom
narsalarga qarading?! Men senga bo‘yin tomiringdan ham yaqii emasmidim, faxshu
g‘iybatlarga quloq tutding...» Shunday deb Rasululloh yana bir nechta a’zolarnn
sanadilar».
Mujohid aytadi: «Qiyomat kuni banda to to‘rt narsa xususida so‘ralmagutgcha ulug‘
va qudratli Zot oldidan ketmaydi: yo‘qotgan umri; amal qilgan ilmi; ozib to‘zdirgan
jasadi qaerdan topib, qaerga sarflagan moli».
Ey miskin! U Kuniing xijolati, xijolat paytidagi xatar naqadar ulug‘! Chunki u payt sen