Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...
www.ziyouz.com kutubxonasi
14
kuni Odam alayhissalomga nido qilib:
— Ey Odam, tur, jahannamiylar guruhini jo‘nat, deydi.
— Ular qancha? — deb so‘raydi Odam alayhissalom.
— Har mishtadan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqizta!
Bu so‘zlarni eshitgan sahobalar qattiq g‘amga botdilar, kulish neligini unutdilar.
Rasuli akram ashobida sodir bo‘lgan bu ahvolni ko‘rib: «Amal qilinglar, xushxabar
beringlar! Muhammadning joni Uniki bo‘lgan Zotga qasamki, dunyoda siz bilan birga
yana ikkita mahluq bor...
— Kim ular, ey Allohning rasuli? deyishdi,
— Ya’juj va Ma’juj, dedilar Rasuli akram. Qavm endi o‘ziga keldi. Rasululloh dedilar:
— Amal qilinglar va xushxabar beringlar! Muhammadning joni Uniki bo‘lgan Zotga
qasamki, Qiyomat kuni odamlar orasida sizlar tuyaning yonboshidagi holdek, otning
tizzasidagi bo‘rtib, qavarib turgan yeridek ko‘zga tashlanasizlar» (muttafaqun alayh).
Da’vogarlarning sifati va mazlumlar haqqining qaytarilishi Tarozining qo‘rqinchi va xataridan voqif bo‘lding. Ko‘zlar tarozining tiliga qadalib
qolgan:
«Bas, endi (u kunda) kimning tortilgan (yaxshi amallari) og‘ir kelsa, ana o‘sha (inson) rozi bo‘ladigan-orzu qiladigan xayotda bo‘lur. Endi kimning tortilgan (yaxshi amallari) yengil kelsa, uning joyi «jarlik»dir! (Al-Qoria, 6-9
oyat).
Bilgil! Bu dunyoda nafsini hisob-kitob qiladigan, amallari, so‘zlari, laxzalarini shariat
mezoni bilan o‘lchaydigan kishigina tarozining xataridan najot toladi. Umar roziyallohu
anhu dedi: «Hisob berishingizdan oldin nafsingizni hisob-kitob qiling. Taroziga
qo‘yilishidan avval amallaringizni torting»
Nafsni hisobga tortish - o‘limdan oldin barcha gunohlardan holis tavba qilish, Alloh
taolo farz etgan amallarni bajarishda qo‘yilgan nuqsonlarni o‘nglash, mazlumlar haqqini
qaytarishdir. Kimki kimgaki tili, qo‘li, qal-bida yomon gumoni bilan ozor yetkazgan
bo‘lsa, halollanib olsin, ya’ni o‘zi ozor bergan har bir mazlumni topib, uni rozi qilsin. Toki
umrining oxirigacha qalbi pok bo‘lib, unda bironta mazlumning haqi, bironta ado
qilinmagan farz qolmasin. Bunday insonlar jannatga hisob-kitobsiz kiradilar. Mazlumlar
xaqini ado qilmay ketgan kishining ahvoliga voy!
Ko‘z oldingga keltir: da’vogarlar xaqqini talab qilib, atrofini o‘rab olishadi. Kimdir
uning qo‘liga, kimdir sochiga, kimdir yoqasiga yopishadi. Biri «menga zulm etding»
desa, yana biri «meni so‘kding» deydi. Birovi «meni haqorat etding» desa, boshqa birovi
«men yo‘g‘imda o‘zimga yoqmagan narsalar bilan meni eslading» deydi.
Kimdir «menga qo‘shni bo‘lding, lekin qo‘shnichilikni buzding», desa, yana kimdir
«men bilan muomala qilding, lekin aldading», deydi. Yana birovi «men bilan oldi-berdi
qildingu, meni chuv tushirib ketding» desa, boshqasi «molning aybini mendan
yashirding, bahosini ko‘tarib, yolg‘on so‘zlading» deydi.
Kimdir aytadi: «Muhtojligimni ko‘rding, bilding, boy bo‘laturib, holimdan xabar
olmading». Yana biri deydi: «Men mazlum edim. Zulmni mendan daf’ qilishga qodir
bo‘laturib, zolimga yaltoqlik etding, uning istagiga yurding».
Shunday ahvolda turganingda da’vogarlar senga tirnoqlarini botiradi, yoqangdan
mahkam ushlab, haqlarini talab qiladi. Sen ularning ko‘pligidan o‘zingni yo‘qotgan holda
hayratda qotasan: nahotki, umring davomida sen muomala qilgan kishilar ichida senda
haqqi bo‘lmagan yoki sen g‘iybat, xiyonat etmagan yo masxaraomuz nazaring bilan