Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc


«(Ey Muhammad), hech shubhasiz siz hai o‘lguvchidirsiz, ular ham



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

«(Ey Muhammad), hech shubhasiz siz hai o‘lguvchidirsiz, ular ham 
o‘lguvchidirlar. So‘ngra albatta sizlar qiemat Kunida Parvardigoringiz huzurida 
(bir-birlaringiz bilan) talashib-tortishursizlar (va siz o‘z zimmangizdagi 
payg‘ambarlikni to‘la-to‘kis yetkazganingizga hujjat keltirursiz, ular esa sizni 
yolg‘onchi qilib, kufru zalolatda o‘tganlariga turli bahonalarni ro‘kach qilurlar, 
ammo Allohning adolatln hukmidan qochib qutula olmaslar) !» (Zumar, 30-31) 
oyatlari nozil bo‘lganda Zubayr ibn Avvom: 
— Ey Allohning rasuli! Bu dunyoda gunohlarga botib talashib-tortigaganlarimiz, (u 
Kunda) yana xuddi shu tarzda takrorlanadimi? deb so‘radi. 
— Ha, har bir haq egasining haqqi to‘la ado etilgung‘a qadar takrorlanadi, dedilar 
Allohning rasuli. 
Shunda Zubayr: «Allohga qasamki, ahvol og‘ir» — dedi» (Imom Ahmad rivoyati). 
Ha, u Kun shunday shiddatliki, zarracha o‘tinch o‘tmas. Bitta tarsaki, bitta so‘z uchun 
intiqom olinur, zolimda mazlumning haqi kolmas. 
Anas ibn Molik aytadi: «Rasulullohning shunday deganlarini eshitdim: 
— Alloh taolo bandalarini yalang‘och, changga belangan va «buqm>> holida tiriltirur. 
— «Buqm» nima degani? deya so‘radik. 


Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
17
— Ular hech vaqosiz bo‘lishadi. Uzoqdagilar xuddi yaqin-agilardek eshitadigan ovozda 
Alloh taolo ularga nido qiladi: «Podshoh Menman, Qozi Menman! Jannat ahlidan bo‘lgan 
kishida jahannam ahlidan bo‘lgan kishining haqqi bor ekan, to o‘sha haq olinmaguncha, 
u jannatiy jannatga kirmaydi. Do‘zax ahlidan bo‘lgan kishi ham to jannat ahlidap bo‘lgan 
kishining hakqini ado qilmaguncha do‘zaxga kirmaydi. Hatto, bu haq bir tarsaki bo‘lsin, 
(albatta uning uchun qasos olinadi). 
— Axir biz ulug‘ va qudratli Allohning huzuriga yalang‘och, changga belangan va hech 
vaqosiz holda borsak, qanday qilib haqlarni ado qilamiz? dedik. 
— Savoblariigiz va gunohlaringiz evaziga, dedilar Allohning‘ rasuli» (Imom Ahmad 
rivoyati). 
Ey banda, Allohdan qo‘rq! Kishilarning mollarini nohaq yo‘llar bilan olib, ularga zulm 
kilishdan, izzat-nafsiga teg‘ib, ko‘ngillarini xijil etib ko‘yishdan, muomalada xu-lqqa zarar 
yetishidan saqlan. Albatta Alloh va bandasining o‘rtasida bir xoslik, yaqinlik bor. Olamlar 
Parvardigori mag‘firatli Zot, kechirimli bo‘l. Kimning zimmasida mazlumlar haki yig‘ilib 
qolgan ekan, darhol tavbaga shoshsin. Mazlumlar hali haqini so‘rab, qistovga oladi. Bas, 
Intiqom kuniga hozirlik ko‘r, savob amallarni ko‘paytir. Alloh va o‘zinggagina ayon 
yaxigaliklarni paydo qil. Kamoli ixlos bilan qilingan bu yaxshiliklarni Allohdan o‘zga hech 
kim bilmasin. Shoyad shunday amallardan biri seni Parvardigoringga yaqinlashtirar va 
mo‘min do‘stlarini bandalarining haqlaridan xalos etishdek lutfiga sazovor etar.
Anas ibn Molik Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan shunday rivoyat qiladi: 
«Payg‘ambar alayhissalom huzurida edik. U zot kuldilar, hatto kurak tishlari ko‘ri-nib 
ketdi. Shunda Umar: 
— Otachsham Sizga fido bo‘lsin, ey Allohning rasuli! Nima Sizni kuldirdi? — deya 
so‘radi. 
— Ummatimdan ikki kishi ulug‘ va qudratli Alloh qarshisida tiz cho‘kkan holda turibdi. 
Biri: «Ey Rabbim, birodarimdan haqqimni olib ber» dedi. Shunda Alloh taolo: 
«Birodaringning haqqini ber» deb amr qildi. «Rab-bim, hakqini qanday qilib beray, bitta 
ham savob amalim qolmadi-ku?!» dedi u. «Bitta ham savob amali qolmabdi, nima 
qilasan?» dedi Alloh haqqini talab qilgan kishiga. «Ey Rabbim, gunohlarim unga 
yuklansin», dedi u. 
(Birdaniga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jim bo‘lib qoldilar), ko‘zlari to‘la yosh 
edi, yig‘ladilar, so‘ngra dedilar: «Darhaqiqat, u Kunning xatari ulug‘. U Kunda odamlar 
gunohlari boshqaga yuklanishga muhtoj bo‘ladilar... Keyin Alloh taolo haqqini 
birodaridan talab qilayotgan bandasiga dedi: 
— Boshingni ko‘tar, jannatlarga nazar sol! U boshini ko‘tarib: 
— Yo Rabbiy, kumushdan bo‘lgan baland shaharlarni, duru marvaridlar bilan 
bezatilgan oltin qasrlarni ko‘ryapman. Bular qaysi payg‘ambarniki yo qaysi siddiqniki 
yoxud qaysi shahidniki?— dedi hayratlanib. 
Shunda Alloh taolo: 
— Kim Menga kiymatini to‘lasa, shuniki, — dedi. 
— Ey Rabbim, kim ham bu qasrlarning qiymatiga ega bo‘la olardi, dedi u 
umidsizlanib. 
— Sen unga ega bo‘lolasan, dedi olamlar Parvardigori haqqini birodaridan da’vo 
qilayotgan bandasiga. 
— Qanday qilib? - so‘radi u. 
— Birodaringni kechir, dedi ulug‘ va qudratli Zot. 
— Ey Rabbim, men uni kechirdim! Shunda Alloh taolo dedi: 
— Qani, birodaringning qo‘lidan ushla va uni jannatga yetakla! 
Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Allohdan qo‘rqinglar! 


Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin