Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...
www.ziyouz.com kutubxonasi
18
Oralaringizni isloh qilinglar! Chunki, Alloh mo‘minlarning orasini isloh qilur» (Ibn Abu
Dunyo rivoyati).
Demak, bu o‘rinda: oralarimizni isloh qilmoq — Allohning xulqi ila xulqlanmoq va shu
yo‘l bilan bu buyuk martabaga noil bo‘lmoq xikmati eslatilyapti.
Bir tasavvur qil: sahifang kishi xaqidan holi yoki Rabbing seni O’z lutfi ila afv etdi,
abadiy saodatga ishonching komil. Hukm yerini tark etar ekansan, senga rizodai kiyim
kiydirildi, so‘ngsiz saodatga, tuganmas ne’matlarga qaytyapsan, qanchalik kuvonchga
to‘lasan?! Sevinch va su-rurdan qalbing uchib ketay deydi. Yuzing oppoq va nurli, xuddi
kechasi porlagan to‘lin oydek. Tasavvur qil, xaloyiq oldidan boishngni tik tutib, gunoh
yuklarydan ozod holda ko‘r to‘kib o‘tyapsan. Atrofingda mayin shabada g‘ir-g‘ir esadi,
baxtiyor peshonangdan rizo musaffoligi yog‘iladi. Av-valgilaru oxirgilar senga, sening
holingga havas ila bo-qadi. Husning va jamolingga suqlanib qaraydi. Oldingda va
orqangda farishtalar yuradi, barchaning ko‘z o‘ngida: «Bu falon o‘g‘li falon! Alloh undan
rozi bo‘ldi va rozi qildi, U abadiy saodatga erishdi!» deb nido qilishadi.
Bir o‘ylab ko‘r! Oxiratdagi bu makom riyokorlik va hiylakorlik bilan xalqning qalbida
qozongan bu dunyodagi soxta martabangdan ulug‘roq emasmi?! Bas, oxirat maqomini
bu martabadan beqiyos darajada yuksak deb bilar ekansan, endi samimiy bo‘l. Ulug‘ va
qudratli Zot bilan muo-malada sof ixlos va sodiq niyat bilan bu maqomni idrok qilishga
intil. Boshqa yo‘l yo‘q!
Alloh asrasin, agar sahifangdan sen arzimas deb bilgan, holbuki Alloh nazdida ulug‘
deb sanalgan gunohlar chiqsa, senga Allohning nafrati yog‘iladi: «Seng‘a la’nat bo‘lsin,
ey yomonlikning quli! Ibodatingni qabul qilmayman». Bu nidoni eshitiboq, yuzing
qorayadi. Alloh taoloning g‘azabiga sababchi bo‘lganing uchun farishtalar ham sendan
g‘azablanadi va: «Seng‘a bizning va butun xaloyiqning la’nati bo‘lsin!» deyigaadi. Keyin
oldingda azob farishtalari hozir bo‘lib, qahr bilan senga tashlanishadi, peshona
sochingdan ushlab, butun xalq oldida yuzingni yerga sudrab o‘tishadi. Xaloyiq qorayib
ketgan yuzingga qarab, xor bo‘lganingni ko‘rishadi.
Sen o‘zingga jahannamni, halokatni chorlaysan. Shunda senga: «Bugun sen bitta
emas, ko‘p halokatlarni o‘zingga chorla!» deyiladi va farishtalar nido qilishadi: «Bu falon
o‘g‘li falokdir, Alloh uni sharmanda etdi, xor qildi, qabih qilmishlari uchun la’natladi. Bas,
u abadiy badbaxtlikka ketdi».
Bu sharmandalik gunohlarni bandalardan yashirib, davomli qilganing yoki
bandalarning mehrini qozonishni talab etganing-uchun yoxud faqat ularning huzurida
aybing ochilib qolishidan qo‘rqqaning uchun sodir bo‘ldi. Bu na-kadar ulkan jaholat!
Inqirozi muqarrar dunyoda banda oldida sharmanda bo‘lishdan bor kuchingni sarflab
saqla-nasan. Lekin bundan ulug‘roq sharmandalik - Mahshar ahli oldida Allohniig
g‘azabiga uchrashdan, jahannamga uloqti-ruvchi azob farishtalarining alamli azobidai
qo‘rkmaysan.
Bu tafsilotlarning barchasi senga tegishli, ammo oldingda bulardanda ulug‘roq xatar
bor, u Sirot xataridir.