Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...
www.ziyouz.com kutubxonasi
21
yu, xalokatining sababi - gunohlardan qaytmaydi, Alloh qaytargan ishlarni kilishda
davom etaveradi. Shayton uning «panoh tilash»idan kuladi. Uning misoli, shundoq
yonida mustahkam qal’a turib, qal’aga bekinmasdan, o‘zi tomon odimlayotgan vahshiy
hayvonni kutib o‘tirgan kishiga o‘xshaydi. U uzoqdan yirtqichshshg yovuz, so‘yloq
tishlarini, bahaybat gavdasini ko‘radi va tilida tinimsiz: mustaxkam qal’a meni panohiga
oladi, qal’aning puxta qurilishi va pishiq ustunlari meni yirtqichdan qutqaradi, deya
takrorlaydi. Bularni u faqat tilida aytadi-yu, amalda joyidan jilmaydi. Bu tarzda
yirtqichdan «xalos bo‘lish» o‘ta kulguli emasmi?!
Oxirat dahshatlaridan saqlovchi yagona qal’a «La ilaha illalloh»dir. Kimki bu kalimani
aytar ekan, endi u ki-shining yagona maqsadi Alloh taolo va uning uchun endi Allohdan
o‘zga ibodat qilinadigan zot yo‘q.
Havoyi nafsini o‘ziga iloh qilib olganlarning «La ilaha illalloh» deganlari esa yolton,
ularning ahvoli xatarli.
Agar yuqorida aytilganlarni bajarishdan ojiz bo‘lsang, Allohning rasuliga mehr qo‘y, u
zotning sunnatlarini ulug‘ bil, ummatlari ichidagi solih kishilarning hurmatini qozon,
ularning duosi bilan baraka tol. Balki shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning
yoki u zotning ummatlaridan bo‘lmish solih kishilarning shafoatiga noyil bo‘larsan, oxirat
uchun yiqqan sarmoyang kam bo‘lsada, balki shafoat tufayli najot toparsan.
Shafoat Bilgil, mo‘minlardan ba’zi toifalarning do‘zaxga kirishi haq. Albatta Alloh taolo bunday
mo‘minlarga nisbatan payg‘ambarlar va siddiqlarning shafoatini qabul qiladi. Ummatning
ulamosi va solih kishilari, umuman, Alloh taolo dargohida martaba va chiroyli
muomalaga sazovor har bir banda o‘zining aqli, yaqinlari, do‘stlari, tanishlariga shafoat
qilishi mumkin.
Ey inson! Shafoat qilinishga munosib darajada bo‘lish ishtiyoqi aslo ko‘nglingni tark
etmasin. Hech qachon hech kimni kamsitma. Chunki, Alloh taolo Uzining do‘stligini
bandalari ichiga yashirgan. Sen qaydan bilasan, balki ko‘zda-ring nazarga ilmayotgan
kishi Allohning do‘stidir?!
Ey inson! Birorta gunohni kichik sanama.Chunki, Alloh taolo g‘azabini gunohlar ichiga
yashirgan. Sen qaydan bilasan, balki Allohning g‘azabi sen arzimas deb bilgan o‘sha
gunoh ichra yashirindir.
Ey inson! Birorta ibodatni kichkina deb bilma. Chunki, Alloh taolo O’z roziligini toati
ichiga yashirgan. Qaerdan bilasan, balki sen haqir sanayotgan ibodatda Allohning roziligi
bordir. Mayli, u bir yaxshi so‘z yoki yaxshi niyat yoxud shunga o‘xshash ibodatlar bo‘lsin.
Qur’oni karim va hadislarda shafoatning haqligi xususida dalillar ko‘p. Alloh taolo
aytadi: