Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
22
So‘ngra qo‘llarini ko‘tarib, «ummatim, ummatim» deya yig‘ladilar. Shunda Alloh
taolo: «Ey Jibroil, Muhammadning huzuriga bor, so‘rachi, uning yig‘isiga nima
sabab
bo‘ldi?»
Jibril alayhissalom Rasululloqning huzurlariga kelib, yig‘i sababini so‘radi, Rasululloh
aytdilar... (Aslida Alloh bu sababni yaxshi bilguvchidir. Lekin Payg‘amba-riga xushxabar
berish va O’ziga ayon boshqa hikmatlarga ko‘ra farishtasi
Jabroil orqali habibi
Muhammaddan ahvol so‘radi).
Keyin Alloh taolo dedi: «Ey Jibril, Muhammadning huzuriga bor va unga: «Biz sizni
ummatingizdan rozi qilamiz va o‘zingizga ham yomonlik bo‘lmaydi» deb yetkaz» (Muslim
rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Menga mendan oldingilarga
berilmagan beshta narsa berildi:
- bir oylik masofada bo‘lganim holda dushmanimga qo‘rquv solib, g‘alaba qozondim;
- mendan oldin hech bir payg‘ambarga halol qilinmagan o‘lja
olish menga halol
qilindi;
- yer yuzi men uchun masjid, tuprog‘i poklovchi qilindi (toki ummatimdan qaysi kishi
namoz vaqtig‘a yetsa, borgan yerida namozini o‘qisin) ;
- menga shafoat berildi;
- har bir payg‘ambar faqat o‘z qavmiga payg‘ambar qilib jo‘natildi,
msn butun
insoniyatga payg‘ambar qilib jo‘na-tyaldim» (muttafaqun alayh).
Rasuli akram shunday dedilar: «Faxr qilmag‘an holda aytaman, Qiyomat kuni men
payg‘ambarlarning imomi, ularning xatibi va shafoatchisi bo‘laman» (Termiziy, Ibn Moja
rivoyati).
Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Men Odam farzandlarining‘ sayyidiman.
Maqtaiish emas, men
qabrdan eng avval chiqquvchi, eng avval shafoat qiluvchi va eng
avval shafoat qilinuvchiman. «Liva ulhamd» (hamd bayrog‘i) mening qo‘limda bo‘ladi.
Odam alayhissalom va undan so‘ng kelganlar mana shu tug‘ ostida to‘planadi» (Termiziy
va Ibya Moja rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Har bir payg‘ambarning
mustajob duosi bor. Men bu duomni Qiyomat kuni ummatimning shafoati uchun
asrashni xohlayman» (muttafaqun alayh).
Ibn Abbos Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlariii rivoyat qiladi:
«Payg‘ambarlar uchun oltindan minbarlar quriladi, ular ana shu minbarlarda o‘tnradilar.
Men esa «jannatga kiritishsa, mendan so‘ng ummatim qolib ketadi»
degan xavfda
minbarga o‘tirmasdan, Rabbim huzu-rida tik turaman va: «Yo Rabbiy, ummatim»
deyman.
Shunda ulug‘ va qudratli Zot:
— Ey Muhammad! Ummatingga nima qilishimni xohlaysan? - so‘raydi.
— Rabbim, ularning hisobini tez qil, men shafoat etay, deyman Rabbimga. Menga
jahannamga jo‘natilgan kishilarning xujjati beriladi. Shunda jahannam ko‘riqchisi Molik:
«Ey Muhammad, do‘zax Rabbiyagning g‘azabidan qo‘rqib, ummatingdan
biror kishini
jahannamda qoldirmadi» (Tabaroniy rivoyati).
Payg‘ambar alayhissalom aytadilar: «Qiyomat kuni yer yuzidagi tosh va qumlardan
ham ko‘prok kishini shafoat qilaman» (Ahmad va Tabaroniy rivoyati).
Abu Hurayra hikoya qiladi: «Payg‘ambar alayhissalomga go‘sht keltirishdi. Rasululloh
ko‘yning qo‘l (old soni) ni yaxshi ko‘rardilar. Undan uzib yedilar. So‘ngra shunday
dedilar: «Men Qiyomat kunida payg‘ambarlarning sayyidi bo‘laman.
Buning sababini
bilasizmi? Alloh avvalgilaru oxirgilarni bir tepalikka to‘playdi. Ular nido qiluvchining
ovozini epshtadilar, ko‘zlar ularni ko‘radi, quyosh ularga yaqinlashadi. Odamlar g‘am va