Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...
www.ziyouz.com kutubxonasi
23
qayg‘udan toqat qilib bo‘lmas darajaga yetadilar. Shunda odamlar bir-biriga: bo-
shingizga ne savdolar tushganini anglamayapsiz, siz uchun Rabbingiz huzuriga shafoat
so‘rab boradigan kishini ko‘rmayapmisiz?!- deb qolishadi. Ular Odam alayhissalomning
oldiga borib: «Sen butun insoniyatning otasisan. Alloh taolo seni yaratdi va jon ato qildi.
Farishtalarga buyurdi, ular senga sajda qildilar. Axvolimizga qara, holi-miz xarob,
Parvardigoring huzurida biz uchun shafoat tila». Odam alayhissalom ularga dedi:
«Rabbim bugun shunday g‘azabdaki, na avval, na keyin bunday g‘azabni
ko‘rmaganman. Parvardigorim meni daraxtga yaqinlashishdan qaytargan edi, itoat
qilmadim... o‘zimni o‘ylayapman, o‘zimni! Yaxshisi, mendan boshqasining oldiga
boringlar, Nuh alayhissalomning oldiga boringlar»,
Ular Nuр alayhissalomning oldiga keldilar va: «Ey Nuh! Sen yer yuzida eng avvalgi
payg‘ambarlardansan. Alloh seni «abdun shakur (shukrli banda) deb nomlagan.
Ahvolimizga bir qara, Parvardigoring xuzurida biz uchun shafoat tila» deyishdi. Shunda
Nuh alayhissalom: «Bugun Rab-bimning g‘azabi qattiq. Na oldin, na keyin U Zotning bu
darajada g‘azablang‘anini ko‘rmaganman. Alloh menga duo qilish ne’matini berdi, men
esa qavmimni duoibad qildim. Endi o‘zimning shafoatimni o‘ylayapman, o‘zimning!
Mendan boshqasining oldiga boringlar, Ibrohim Xali-lullohning oldiga boringlar».
Ular Ibrohim Xalilullohning oldiga borishdi va: «Sen Allohning payg‘ambari va halili-
do‘stisan. Ahvolimizga qara, og‘ir kunlarga qoldik. Rabbingning huzurida biz uchun
shafoat tila» deyishdi. Shunda Ibroxim alayh-issalom ularga dedi: «Rabbim bugun shu
kadar g‘azabdaki, hech qachon bunday g‘azablanmagan va bundan keyin ham
g‘azablanmaydi. Men uch marta yolg‘on gapirdim, deya ularni eslatdi, endi esa o‘zimning
shafoat qilinishimni o‘ylayap-man, o‘zimning! Mendan boshqasining oldiga boringlar,
Muso alayhissalomniig oldiga boringlar!»
Muso alayhissalomning oldiga borib: «Ey Muso! Sen Allohning rasulisan. Sen
Allohning elchisi bo‘lganing uchun, Alloh bilan so‘zlashganing uchun ham odamlardan
afzalsan. Ahvolimizga bir qara, Rabbing huzurida bizning shafoat qilinishimizni so‘ra
deyishdi.
Muso alayhissalom dedi: «Bugun Rabbim shu darajada darg‘azabki, hech qachon
bunday bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham. Men o‘ldiriga buyurilmagan jonni o‘ldirdim,
o‘zimning sha-foatimpi tilayman, o‘zimning..! Mendan boshqasining oldiga boringlar,
Iyso alayhissalomning oldiga boringlar!»
Ular Iyso alayhissalomning oldiga borib: «Ey Iyso! Sen Allohning rasuli va Allohning
Maryamga yetkazgan so‘zi hamda Uning tomonidan bo‘lgan ruh sohibisan,
beshikdalingdayoq odamlar bilan gaplashgansan. Bizga bir qara, holimiz xarob. Rabbing
huzurida bizning shafoat qilinishimizni so‘ra» deyishdi.
Shunda Iyso alayhissalom: «Hech kachon Rabbim bugun-gidek g‘azablanmagan va
bundan keyin ham g‘azablanmaydi, deya bironta gunohini eslatmasdanoq o‘zimning
shafoatimni tilayman, o‘zimning!» dedi. Keyin aytdi: «Mendan boshqasining oldiga
boringlar, Muhammad alayhissalomning oldiga boringlar!»
Ular mening oldimga kelib, deyishadi: «Ey Muhammad!
Sen Allohning rasuli, payg‘ambarlarning oxirgisisan. Alloh sening oldingi va keyingi
gunohlaringni mag‘fi-rat qilgan. Xolimiz xarob, Rabbing huzurida bizni sha-foat et...»
Shunda men Arshning ostiga borib, Rabbimga sajda qilgan holda yiqilaman. Seyin
Alloh taolo hali hech kimga izxor etmagan eng go‘zal maqtov va sanolarni menga
bildiradi va: «Ey Muhammad, boshingni ko‘tar, So‘ra, so‘raganing beriladi, shafoat zt,
shafoating qabul qilipadi». Boshimni sajdadan ko‘tarib: ummatim, ummatim, yo Rabbiy,
deyman.
«Ey Muhammad, deydi Parvardigorim, ummatingdan behisob kishini jannatning o‘ng