Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

 
 
Sirot 
Alloh taolo dedi: 
«Biz taqvodor zotlarni otliq hollarida Rahmon dargohiga to‘playdigan va 
jinoyatchi kofirlarni jahannamga tushishlari uchun haydaydigan kunni 
(eslang)!» (Maryam, 85-86-oyatlar). 
Mana shu dahshatlardan so‘ng odamlar Sirot tomon haydaladilar. Jahannam uzra 


Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
19
cho‘zilgan Sirot qilichdan o‘tkir, qildan ingichka ko‘prikdir. Kimki bu olamda hayotini 
to‘g‘ri yo‘lga qurgan bo‘lsa, oxirat Sirotidan o‘tish uning uchun yengil bo‘ladi va najot 
topadi. Kimki bu dunyo xayotida to‘g‘rilikdan chalg‘igan va gunoh yuklarini yelkaga ortib 
olgan bo‘lsa, Sirotga avval kadam qo‘yishi bilanoq, qoqiladi va qulaydi. 
Tasavvur qil: oldingda tubsiz, qop-qora jahannam ustiga qurilgan qilday ingichka 
ko‘prik, yuraging qo‘rquvdan orqaga tortadi. Shunda qulog‘ingga jahannamning g‘azab 
bilan o‘kirgan faryodi eshitiladi. 
Holing nochor, qalbing iztirobli, oyoqlaring dirdir titrayotgan bo‘lishiga qaramasdan
ko‘prikdan yurishga majbursan. Eng alamlisi, yelkangga nafaqat bunday nozik ko‘prik, 
balki keng yo‘lda ham tekis yurishingga moyae’lik qiladigan yuklarni ortib olgansan. 
O’ngmi yo chapmi, bitta oyog‘ingni ko‘prikka asta ko‘yar ekansan, qilichning damidek 
o‘tkirlikni sezib seskanasan. 
Oldingda xaloyiq: kimdir qokilyapti, kimdir qulayapti, azob farishtalari ularni changak 
va ilgaklar bilan jahannamga tortyapti. Shularga guvoh bo‘lib turgan paytingda birdaniga 
sen keyingi qadamingni tashlashga majbur qili-nasan. Ko‘z oldingda odamlar oyoqlari 
osmondan bo‘lib, boshlari bilan jahannamga qulayaptilar... bor kuchinpsh so‘-rib, 
toliqtirib tashlaydigan tepalik, nafasni bo‘g‘ib qo‘yadigan darajadagi tor yo‘lak! Naqadar 
dahshatli manzara! 
O’sha ondagi holingga nazar sol: go‘yo emaklab bir tepalikka ko‘tarilyapsan, 
yelkangga og‘ir yuk ortilgan. O’ngga, chapga qayrilib, odamlarga qaraysan, do‘zaxga 
kulashyapti. Payg‘ambar alayhissalom: «Yo Rabbim, salomat qil, salomat qil» deyapti. 
Sirotdan o‘tolmay, jahannam ka’riga qulagan xaloyiqning azob va halokat to‘la 
faryodlarini eshitasan.
Endi aytchi, oyog‘ing toyib ketsa, so‘nggi nadomatdan ne foyda?! Usha payt 
halokatni o‘zingga chorlab, shunday deb qolmaysanmi: «Eh, koshki edi, men hayot 
vaqtimda solih amallar qilib o‘tgan bo‘lsam! Eh, koshki edi, Payg‘ambar alayhissalom 
bilan bir yo‘lda bo‘lgan bo‘lsam! Boy bo‘lsin menga, koshki edi, falonchini o‘zimga do‘st 
tutmagan bo‘lsam! Eh, koshki edi, qaytadan tuproqqa aylanib, butkul unut bo‘lib 
ketsam! Ex, koshki edi, onam meni tug‘magan bo‘lsa!» 
O’sha payt lovullagan olov seni qa’riga tortadi va nido keladi: 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin