Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

www.ziyouz.com kutubxonasi 
16
Lekin Alloh biladi, hali Qiyomat kuni ularshshg o‘rtasida hukm qiladi» (Imom 
Ahmad rivoyati). Abu Hurayra Alloh taoloning: 
«Yerda sudralib yurgan har bir jonivor, osmonda qanot qoqayotgan har bir 
qush xuddi sizlar kabi (Bizning qo‘l ostimizdagi) jamoalardir. Kitobda (ya’ni 
taqdiri azal kitobida) biron narsani qo‘ymay (yozganmiz). Keyin hammalari 
Parvardigori dargoxiga to‘planurlar» (An’om, 38-oyat) oyati xususida dedi: «Alloh 
taolo Kiyomat kuni barcha mahluqshi to‘ilaydi. U Zotngng adolati hatto shoxsiz 
hayvonning shoxli xayvondan intiqom olinishigacha joriy bo‘ladi. Keyin Alloh taolo 
(ularga): «Tuproq bo‘l!» deb amr qiladi. Shunda kofir kimsa: «Koshki men tuproqqa 
aylansam zdi» deb qoladi». 
Ey miskin! U Kun amallaring sahifasiga boqib, nomai a’molingni savob ishlardan holi 
ko‘rasan. Axir sen qancha yaxshi amallar qilgan eding, savob uchun qanchalar ter 
to‘kkan eding, Shunda sen: «Qani, qaerga ketdi mening yaxshi amallarim?» deb 
zorlanasan. «Sening savoblaring mazlum da’vogarlaring sahifasiga o‘tkazildi» deya javob 
beriladi. Saxifang gunohlar bilan to‘lganini ko‘rasan. Holbuki, bu sening gunohlaridg 
emas. Holbuki, sen bu gunohlardan tiyilish uchun kanyaalar mashaqkdt chekkansan. 
«Ey Rabbim, axir bu gunohlarni men qilmaganman-ku!» deysan. «Ha, bu sendan 
aldangan, sen so‘kkan, sendan yomoshgak ko‘rgan, ko‘shnichilik, suhbat, munozara va 
boshkd muomalalarda sendan zulm ko‘rgan qavmning gunohlaridir» deyiladi. 
Ibn Mas’ud shunday rivoyat qiladi: «Rasululloh dedilar: «Shayton arab yerida 
sanamlarga ibodat qilinishidan noumiddir. Lekin butparastliqtsan xaqirroq bo‘lgan 
gunohlaringiz uni xursand qiladi. Aslida shu kichik gunohlar sizni xalokatga yetaklaydi. 
Kuchingiz yetgancha zulmdan saklaning. Zero, banda Qiyomat kunida Alloh taoloning 
huzuriga tog‘lar qadar ibodatlari bilan kelib, ular menga najot beradi, deb o‘ylaydi. 
Holbuki, o‘sha payt uning oddiga boshqa bir banda kelib: «Rabbim, bu bandang menga 
zulm etdi» deydi. «Uning savoblaridan oling» deb bugoradi Alloh. Savoblari tog‘larcha 
bo‘lgan bandaning bironta yaxshiligi qolmagun-cha bu hol davom etadi. Buning misoli, 
safarga otlanib, yaydoq bir sahroda to‘xtagan musofirlarning holatiga o‘xshaydi. Ularning 
yonida o‘tinlari yo‘q. O’tin terib kelish uchup ular turli tomonlarga tarqalishadi. Sal vaqt 
o‘tmay, yig‘ilgan o‘tinlardan katta gulxan yoqib, xohlaganlariga erishishadi- (ya’ni, 
birorta o‘tin yo‘q edi, anchagtsha o‘tin yig‘shpdi, uni yoqib, issig‘idan foydalanishdi, sal 
fursatdan so‘ng shuncha o‘tindan hech narsa qolmadi)» (Ahmad rivoyati). 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin