www.ziyouz.com kutubxonasi
15
qaramagan birorta odam topilmasa?!
Sen bu dahshatli iskaijadan qutulishga urinasan, umidla Parvardigori Egamga
bo‘yningni cho‘zasan, koshki u Zot bu qo‘llardan seni xalos etsa. Shunda qulog‘ingga
ulug‘ va qudratli Zotning nidosi eshitiladi:
«Bu Kunda har bir jon o‘zi qilgan ish amali bilan jazolanur. Bu Kunda (hech kimga) zulm qilinmas» (G’ofir, 17-oyat).
O’sha paytdagi dahshat qalbni ildizidan sug‘urgandek bo‘ladi, nafs halokatiga aniq
ishonadi va Alloh taoloning O’z payg‘ambari orqali ogohlantirganlarini eslaydi:
«(Ey Muhammad), siz hargiz: «Alloh zolim kimsalarning qilayotgan amallaridan g‘ofil», deb o‘ylamang! Faqat Alloh ularning (jazolarini) ko‘zlar (dahshatdan) qotib qoladigan (qo‘rqinchli qiyomat) kuniga qoldirmoqda, holos. (U kuni) ular boshlarini (osmonga) ko‘targan hollarida (chorlangan tomonga hisob-kitob uchun) chopurlar. Ko‘zlari o‘zlariga qaytmaydi (ya’ni, qo‘rquvdan qotib qolib, o‘zlarining qanday holda ekanliklarini ham ko‘rmaydilar)... (Ibrohim,
42-43-oyatlar).
Bugun sen odamlarning izzat-nafsiga tegib, ularning mollarini yeb, o‘yiab-kulib
yuribsan. Bugun sening quvonching naqadar cheksiz! Lekin u Kun - adolat gilami uzra
Rabbingning xuzurida turganingda, senga siyosat bilan xitob qilinayotgan bir paytda
hasrating naqadar cheksiz bo‘lur! Sen u Kunda muflis, faqir, ojiz, hatto uzr aytishga ham
yaroksiz, siniq bir ahvolda qolasan.
Evoh! Umr bo‘yi ter to‘kib topgan yaxshiliklaring u Kuni haqlari uchun evaz
so‘rayotgai da’vogarlaring hisobiga o‘tka-ziladi.
Abu Hurayra roziyallohu anhu shunday rivoyat qiladi: «Payg‘ambar alayhissalom
dedilar:
— Muflis kim bilasizlarmi?
— Ey Allohning rasuli! Bizningcha, muflis na dirhami, na dinori, na boshqa matohi bor
kishidir, dedik. Shunda Payg‘ambar alayhissalom aytdilar:
— Ummatimning muflisi Qiyomat kuni Parvardigorining xuzurida o‘qigan namozi,
tutgan ro‘zasi, bergan zakoti bilan hozir bo‘ladi. (Lekin shu ibodatlarni ado etgani holda)
u kimnidir so‘kkan, kimningdir obro‘sini poymol qilgan, birovning molini yeb ketgan,
birini urgan, boshqasining qonini to‘kkan. (Bu mazlumlarning) buiisiga ham, unisiga ham
uning yaxshiliklaridan olib berilaveradi. Natijada, mazlumlarning haqlaridan hali
qutulmay turib, (topgan barcha) yaxshiliklari tugab bo‘ladi. Endi unga da’vogarlariing
gunohlari yuklanadi, Keyin u jahannamga uloqtiriladi» (Abu Hurayra rivoyati).
Bas, u Kundagi musibat haqida o‘yla. Aytchi, riyo ofatlaridan, shayton hiylalaridan
omonda bo‘lgan biron yaxshiliging bormi?! Bilgilki, agar bitta xayr amalni uzoq
muddatlarda, ming mashaqqat bilan bu ofatlardan omon saqlab qolganingda ham
oxiratdagi da’vogarlaring sevdan pesh-qadamroq u amalga yetadi va uni o‘ziniki qilib
oladi.
Nafsingni bir tergab, taftish qilib ko‘r! Kunduzni ro‘za, kechani namoz bilan
o‘tkazishga tirishding. Keyin bildingki, hali kun tugab ulgurmasdanoq, tiling g‘iybatga
shoshibdi. Endi o‘ylab ko‘r, shuncha topgan savoblaring qaerga ketdi?! Xo‘sh, haromu
shubhali narsalarni yeganlaring, to-atlarni nuqsonli ado qilganlaringchi? Bunga qanday
chidash mumkin?! Shoxsizlar uchun shoxlilardan qasos oli-nadigan kunda qanday qilib
mazlumning haqlaridan xalos bo‘lishni umid etyapsan?
Abu Zar shunday rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikkita qo‘yning
suzishayotganini ko‘rdilar va:
— Ey Abu Zar, bularning nima uchun suzishayotganini bilasanmi? deya so‘radilar.
— Yo‘q, dedi Abu Zar.