Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
9
ko‘rmadik.
Allohim! O’zing 6u g‘aflatdan bizni asra, marhamatingni keng qilmasang, holimiz
xarob.
So‘ralish
Ey miskin, fikr et! Ushbu holatlardan so‘ng
sen bilan tarjimonsiz, bevosita hisob-kitob
boshlanadi. Eng mayda, arzimas deb bilganlaringdan tortib,
eng katta deb hisoblagan
narsalaringgacha birma-bir hisob berasan. Qayg‘u va kulfatlar ichra, xijolat terlariga
g‘arq bo‘lib turganingda osmon qavatlaridan ulkan va bahaybat farishtalar tu-shadi.
Ularga gunohkorlarning peshona sochidan ushlab, ulug‘ va qudratli Zotning
huzuriga olib
kelish buyurilgan...
Tasavvur et: o‘sha farishtalar seni ushlab, hisob-kitob uchun Rabbingning huzuriga
eltyapti. Farishtalar ptunchalik ulkan va bakuvvat bo‘lishiga qaramasdan u Kunning
dahshatidan shikasta, bandalarga yog‘dirilayotgan qahru g‘azabdan qo‘rquvda,
sening
holing ne kechadi?
Farishtalar yerga tushar ekan, ularning siquvga olishidan qo‘rqib, yerga yuzlari bilan
yiqilmagan biron payg‘ambar, biron siddiq, biron solih kishi qolmaydi.
Bu Allohga yaqin
bo‘lgan — muqarrab bandalarning holi! Bo‘g‘zigacha gunohga botgan osiylarning ahvoli
qanday bo‘ladi?! Farishtalarning ko‘kdan inishidagi haybatni ko‘rib, qo‘rquvdan shoshib
qolgan bir qavm ulardan: «Rabbimiz sizlarning orangizdami?» deb so‘rashadi. Farishtalar
o‘zlarini yaratgan zot qanday qilib ularning orasida bo‘lishi mumkin,
degan vahm ichra
bu savolning xatoligidan dahshatga tushishadi va darhol: «Parvardigorimiz sizlar gumon
qilayotgan narsadan pok. U Zot bizning oramizda emas, lekin albatta hozir bo‘lur!» deya
ovozlari boricha nido qilishadi.
So‘ngra safsaf bo‘lib turgan farishtalar xaloyiqni o‘rab olishadi. Bu Kunning
haybatidan ularning yuzlarida ko‘rquv va siniqlik hukmron.
Alloh taolo dedi:
Dostları ilə paylaş: