O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

 
3.4. Ekotizimning mahsuldorligi 
Produtsentlarda quyosh nuri yordamida fotosintez jarayonlarining 
borishi va organik moddalarning hosil bo‘lish tezligi yoki ozuqa si-
fatida iste’mol qilinishi – ekotizimning mahsuldorligidir. Produtsentlar 
tomonidan ma’lum vaqt birligida hosil bo‘lgan organik massa – 
birlamchi mahsulot, vaqt birligida konsumentlar massasining oshishi – 
ikkilamchi mahsulot olish deyiladi. Ekotizimlardagi hamma tirik 
organizmlar bir butun, yagona massani hosil qiladi.
Har bir ozuqa zanjiri, birlamchi va ikkilamchi mahsuldorlikning hosil 
bo‘lish tezligi hamda mahsulotlarning taqsimlanishi turlichadir. 
Ekotizimlarda birlamchi va ikkilamchi hosildorlikning miqdoriy ko‘r-
satkichlari mavjud. Bunga hosildorlik piramidasi qonuni deyiladi.
Piramidalarning quyidagi turlari mavjud: 
● son piramidasi – organizmlar sonini turli darajada aks ettiradi; 
● biomassa piramidasi – tirik organizmlarning massasini ko‘rsa-
tadi; 


43 
● mahsulot piramidasi – birlamchi mahsulotning turli ozuqa 
zanjirlarida o‘zgarib borishini anglatadi. 
Son piramidasida o‘simliklar soni ularni iste’mol qiladigan 
hayvonlarga qaraganda ko‘p. 
Biomassa piramidasida o‘simliklar biomassasi ularni yeydigan 
hayvonlar biomassasiga qaraganda ko‘proq. 
Mahsuldorlik piramidasida har bir trofik zanjirda hosil bo‘lgan 
biomassa miqdori o‘sha vaqt birligidan keyingi ozuqa zanjiriga 
qaraganda ko‘p bo‘ladi. 
Insonlar tomonidan hosil qilingan agrosenozlar (birlamchi mahsul-
dorlik resursi) mahsuloti jamiyat uchun ozuqa zahirasini to‘plab beradi. 
Ikkilamchi mahsuldorlik qishloq xo‘jalik hayvonlari va baliqlardan 
olinadi.
O‘simlik va hayvondan olinadigan biomassa miqdorini doimo 
joylashgan muhitdan, ularni turi, ko‘payishi, etilishini hisobga olgan 
holda foydalanish zarur. Yer sharida biologik mahsuldorlik notekis 
taqsimlangan, unga zarar yetkazish ekotizimga zarar berish hisoblanadi 
yoki ozuqa zanjirining buzilishiga olib keladi. 1969-yildan buyon 
davlatlar o‘rtasidagi xalqaro kelishuvga binoan, “Xalqaro biologik 
Dastur” ish olib boradi. 
Iqlimi mo‘’tadil hududlarda o‘simliklarning biomassasi yuqori 
bo‘ladi, buning uchun avvalo, havo harorati va yog‘ingarchilik yetarli 
bo‘lishi kerak. Tropik va subtropik hududlarda o‘simliklar 250-300 
tsentner hosil bersa, respublikamiz cho‘l va sahrolarida biologik 
hosildorlik 2-20 s/ga ni tashkil qiladi.
Ekotizim o‘zi-o‘zini saqlab qolish uchun turli noqulayliklarni 
yo‘qotib, tizim barqarorligini saqlab qoladi yoki o‘zini boshqaradi. 
Ekotizim bir qator mexanizmlar asosida ijobiy va salbiy aloqalar orqali 
o‘zini saqlab qoladi. Masalan, populyatsiyada bir tur yirtqichning 
ko‘payib ketishi, dastlab o‘ljaning, keyinchalik uni o‘zining kamayib 
borishiga olib keladi. Populyatsiyada chegaralovchi omillar yordamida 
yirtqich kamayib boradi. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin