57
gan, ayrim vaqtlardagina ularning geografik, geologik va kosmik jara-
yonlar bilan bog‘liqligi haqida fikr yuritilgan. Keyinchalik biz yashab
turgan tirik tabiatning tabiatdagi anorganik moddalar va ularning ta’sir
kuchiga bog‘liq ekanligi olimlar tomonidan tan olindi. Hatto «biosfera»
atamasining asoschisi E.Zyuss ushbu atama muomalaga kiritilganidan
30-yil o‘tgach yozgan «Yerning yuzi» nomli kitobida (1909-y.) biosfera-
ning qayta ta’sir kuchini sezmagan, uni ma’lum vaqtda, ma’lum sharoit-
da erdagi hayot kechiradigan organizmlarning birligi deb izohlagan.
Yer va uni o‘rab turgan tashqi muhit Quyosh tizimining bir qonu-
niyat asosida rivojlanishi mahsuli hisoblanadi. Bundan 4,7 mlrd. yillar
burun Quyosh tizimida gaz moddalaridan Yer planetasi hosil bo‘ldi.
Yer o‘zining rivojlanishi va hayotiy jarayonlari uchun quyoshdan
elektromagnit nurlari ko‘rinishida energiya olib turadi.
Quyoshning harorati erdagi iqlimni hosil qiladi va barcha geologik
jarayonlarning borishi uchun asos bo‘lib qoladi. Yerning tubidan juda
katta miqdorda harorat chiqadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Yerning massasi
6·10
21
kg, hajmi 1,083·10
12
km
2
, yuza qismi 5,98·10
24
kg.
Plane-
tamizning hajmi nisbatan kichik bo‘lib, undagi tabiiy resurslar miqdori
cheklangan.
Planetamizning tuzilishi bir xil emas, u ichki va tashqi qobiqlar
bilan o‘ralgan, ichki qobig‘i geosfera bo‘lib, u ham o‘z navbatida,
ikkiga – yadro va mantiyaga bo‘linadi, tashqi qobig‘i esa,
litosfera,
gidrosfera, atmosfera. Bularning hammasi yerning murakkab,
birlashgan qobig‘i – biosferani tashkil qiladi.
Buyuk olim J.B.Lamark (1744–1829) yer po‘stining shakllanishi
va rivojlanishida tirik organizmlarning o‘rni juda katta ekanligini
ko‘rsatgan. Olimning ta’rificha, yer yuzasidagi va uning po‘stlog‘ini
tashkil qiluvchi barcha narsalar tirik organizmlarning uzluksiz harakati
tufayli hosil bo‘lgan.
Biosfera haqidagi ma’lumotlar botanika, tuproqshunoslik, o‘sim-
liklar geografiyasi va boshqa biologik hamda geografik fanlarning rivoji
bilan shakllanib bordi. Biosferani tushunish va uni bilish ekologiya fani
yuzaga kelishi bilan to‘ldirildi, chunki ekologiya
tirik organizmlarning
tashqi muhit bilan bog‘liqligini o‘rganadigan fan hisoblanadi. Biosfera
tabiatning aniq tizimi bo‘lib, uning borligi energiya va moddalar aylanishi
tirik organizmlar ishtirokida kechishini ko‘rsatadi.
58
Nemis fiziologi Pfefr (1845-1920) biosferani tushunishning aniq
yo‘lini uch xil tirik – avtotrof, geterotrof, miksotrof organizmlar bilan
ko‘rsatadi. Ya’ni:
● avtotrof – bu organizmlar tabiatdagi anorganik moddalarni
iste’mol qiladi;
● geterotrof – bu organizmlar past molekulali organik birikmalarni
iste’mol qilishga moslashgan;
● miksotrof – bu organizmlar oziqlanishiga ko‘ra, aralash (avtotrof
va geterotroflar)dir.
Biosfera yerning o‘ziga xos qobig‘i bo‘lib, barcha tirik orga-
nizmlarni bir-biriga bog‘liq holda saqlaydi va ular planetada moddalar
bilan uzluksiz modda almashinuvini olib boradi. Biosfera eng katta
ekosistemaning
asosi hisoblanadi, o‘z navbatida, abiotik va biotik
qismlarga bo‘linadi.
Biosferaning rivojlanishiga qator olimlar – K.A.Timiryazev,
V.R.Vilyams, Yu.Odum, B.B.Polonov, N.I.Vavilov, V.N.Sukachev,
A.I.Oparin, A.P.Vinogradov va ayniqsa, V.I.Vernadskiylar katta hissa
qo‘shgan.
Abiotik qism quyidagilardir:
● tuproq va uning pastki qatlamlaridagi jinslar yoki tirik orga-
nizmlar bo‘lib, ular bu tuproq jinslaridagi fizik muhitda modda
almashinuviga uzluksiz ega bo‘ladi;
● atmosfera havosi mavjud bo‘lgan
yuqori qatlamlar bu yerda
hayot borligini anglatadi;
● okean, dengiz va ko‘llarning suvli muhiti.
Biotik qism. Bu qism tirik organizmlardan tashkil topib,
organizmlar o‘zlarining barcha faoliyatlarini shu yerda davom ettira-
dilar, ularsiz hayotning o‘zi bo‘lmaydi: ular hayotning hayotbaxsh
(biogen) atomlaridir. Tirik organizmlar bu atomlarni o‘zlarining nafas
olish, oziqlanish, ko‘payish va biosferaning hamma qismlarida modda
almashinish davrida ishlab chiqaradi.
Biosferada atomning biogen migrasiyasi asosida ikki biokimyoviy
prinsip mavjud. Ular quyidagilardir:
● hayotning hamma joyida hamma vaqt paydo bo‘lish imkoniga
ega bo‘lish;
● biogen migratsiya yordamida tirik
organizmlarning yashashi
uchun sharoit yaratib berish.
59
Biosfera qobig‘i uch qatlamdan – atmosfera, gidrosfera, lito-
sferadan iborat.
Dostları ilə paylaş: