6.2. Biosferaning rivojlanish jarayoni
V.I.Vernadskiy ta’limotining muhimligi shundaki, u biosferaning
paydo bo‘lishi va rivojlanishini asoslab bera oldi. Hozirgi biosfera
birdan paydo bo‘lmagan, balki u biogeokimyoviy va biologik omillar-
ning uzoq evolyutsiya ta’siridagi o‘zaro bog‘liqligi natijasida paydo
bo‘lgan. Tirik organizmlar faqatgina biosfera paydo bo‘lishi orqali
hosil bo‘ldi va o‘zgardi.
Fotosintezlanuvchi avtotroflarning bakteriyalar va ko‘k yashil suv
o‘tlari (prokariotlar), keyin haqiqiy suv o‘tlari va ko‘p hujayrali
o‘simliklar (eukariotlar) biz yashab turgan biosferaning shakllanishida
katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu organizmlarning biosferadagi hayot
faoliyati erkin kislorodning hosil bo‘lishi va to‘planishiga olib keldi,
kislorod mavjudligi evolyutsiyaning asosiy bosqichlaridan biri bo‘ldi.
Avtotroflar bilan parallel ravishda geterotroflar yoki hayvonlar
rivojlanib bordi. Ularning shakllanishida eng ulkan yutuq uchlamchi
davrda quruqlikka joylashib olishi va materikda odamning paydo
bo‘lishi hisoblanadi. Biosfera evolyutsiyasini quyidagicha ta’riflash
mumkin:
1. Dastlab litosfera shakllandi va tashqi muhitning borligi
aniqlandi, keyin esa quruqlikda hayot boshlandi.
2. Yerning butun geologik tarixida hayotsiz yashash tarzi kuza-
tilmadi. Hozirgi tirik moddalar qadimgi geologik davrdagi tirik
moddalar bilan genetik jihatdan bog‘liq.
64
3. Yer qobig‘idagi tirik organizmlar kimyoviy elementlar mig-
rasiyasida asosiy ahamiyatga ega bo‘lib, ularning massasi va moddalari
hayotni aks ettirib turadi.
4. Geologik samaradorlik faoliyat bilan uning soni juda katta va
butun amaliy vaqtda uzluksiz harakatda bo‘ladi.
5. Biosferadagi jarayonlarni asosiy harakatga keltiruvchi kuch tirik
organizmlarning biokimyoviy energiyasi bo‘lib qoladi.
Ayrim tirik omillarning o‘zgarishi, biosferaning yangi tabiiy
jarayonlar tufayli yangi bosqichga o‘zgarishi, yangi holat –noosferaga
o‘tish va uni o‘rganishni ilmiy izlanishlar natijasi desa bo‘ladi.
V.I.Vernadskiyning noosfera yoki aql-idrok haqidagi tushunchasi
biosfera nazariyasining gultoji bo‘lib qoldi. Olimning biosfera haqidagi
tushunchasi tirik va notirik tabiatdagi o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro
ta’sirni o‘rgatadi. Bizning davrimizda bu nazariya tabiatdan va bizni
o‘rab turgan tabiiy muhitdan unumli foydalanish imkonini beradi.
Noosfera. Vernadskiy «noosfera» atamasini fanga birinchi bo‘lib
kiritgan olimlardan biridir. U erning geologik tarixini tahlil qilib,
biosferada sekin-asta yangi davrga o‘tish yangi geologik kuch va yangi
ilmiy fikrlar natijasida kuzatilishini aytib o‘tdi. Ammo haligacha
biosferaning noosferaga o‘tishi haqida tugallangan fikr yo‘q.
Biosferadan noosferaga o‘tish inson aqlining zakovati va kosmosni
o‘rganish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Noosferani, filosof olim P.Teyyar de Sharden, Yer shari yoki
fikrlovchi qatlam deb tushunadi.
P.Teyyar de Shardenning fikricha, evolyutsiyaning shakllanishi –
noosferaning hosil bo‘lishidir. Uning ta’rifiga ko‘ra, eng o‘tkir
izlanuvchi, hozirgi zamon fanimiz eng qimmatbaho, eng faol, eng
harakatchan, kosmos bilan aloqada bo‘lgan dunyodan chiqib kelgan, u
hozir noosfera nomli daraxt poyasiga joylashgan. Olim, insonning
paydo bo‘lishini evolyutsiya bilan bog‘lab, inson tabiatning mutlaq
yangi va original hosilasi, u borliqning yangi tartibidir, deydi. Inson
paydo bo‘lishi bilan hayvonot biosferasi yuqoriga ko‘tarildi, keyin
inson sferasi, refleks sferasi, ongli va erkin ijod qilish yoki aniqrog‘i,
aql-idrok sferasi yohud noosfera boshlandi. Biosferada olti yuz-yil
mobaynidagi markazlashgan jarayonlarning to‘planishi kuzatiladi. Bu
yerdagi asosiy maqsad umumiy yerda aql-idrokning yoppasiga rivojla-
nishi yoki tabiatning asosiy rivojlanish maqsadiga to‘g‘ri keladi.
65
Noosferaning paydo bo‘lishi va oyoqqa turishi uchun bir qator
zarur shart-sharoitlar kerak. Ularni quyida sanab chiqamiz:
● odamlarning butun planeta bo‘ylab joylashishi;
● mamlakatlar o‘rtasida aloqa bog‘lash va o‘zaro aloqa alma-
shinuvining keskin o‘zgarishi;
● barcha mamlakatlar o‘rtasida siyosiy aloqalarning kuchayishi;
● biosferada boradigan geologik jarayonlar ustidan inson ta’sirida
bo‘ladigan geologik jarayonlar ustuvorligi;
● biosferaning chegarasi kengayib, kosmosga chiqish boshlanadi;
● energiya beruvchi yangi manbalar ochiladi;
● hamma irq va dinga mansub odamlar teng bo‘ladi;
● ichki va tashqi siyosatni hal qilishda xalq ommasining roli
kuchayadi;
● erkin ilmiy fikrlash, diniy to‘siqlarsiz ilmiy ishlar olib borish,
falsafiy va siyosiy tuzumlarga asoslangan davlat qurish uchun sharoit
etilib boradi;
● xalq ta’limi tizimining qayta ishlangan qulay yo‘nalishi,
shuningdek, xalq turmush darajasini ko‘taruvchi shart-sharoitlar
vujudga keladi, aholini qashshoqlikdan, ochlikdan, kasalliklardan
saqlash uchun yaxshi imkoniyat paydo bo‘ladi;
● yerdagi birlamchi tabiatni o‘sib borayotgan aholining moddiy,
ma’naviy, estetik va ruxiy talablari uchun qulay holga keltirish;
● inson hayotidan «urush» so‘zini o‘chirib tashlash.
V.M.Vernadskiyning biosfera haqidagi ta’limotidan quyidagi
xulosaga kelamiz:
● biosferaning butunligi prinsiplari;
● biosferada hayot borishi uchun qat’iy belgilangan sharoitlar
bo‘lishi lozim. Gravitasiya, harorat va boshqa ta’sirlar natijasida
o‘zgartirish hayotning tugashiga olib keladi. Hayot tashqi muhit bilan
chambarchas bog‘liq holda boradi;
● biosfera prinsiplarining mos kelishi va uning tashkillanishi.
Biosferada hamma narsa hayot borishi uchun moslashgan va hisobga
olingan. Faqatgina hayot biosferaga moslashmay, balki biosfera ham
hayotga moslashib boradi;
● hayotning biosferaga ta’sir qilish prinsiplari. Tirik organizmlar,
ayniqsa, inson biosferaning holatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi.
Odam biosferani o‘zgartira borib, texnosferani hosil qildi va texno-
sfera doimo insonni o‘rab turgan tabiat bilan uyg‘unlashib ketmaydi.
66
Texnosfera – insonning texnik qobiliyati natijasida paydo bo‘lgan
texnik qurilma va tizimning o‘zaro birlashuvi.
Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
● texnogen moddalar;
● texnik tizimlar;
● tirik moddalar;
● yerning ustki qatlami;
● atmosfera;
● gidrosfera.
Dostları ilə paylaş: |