O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

6.4. Biosfera va insoniyat 
Keyingi paytlarda insoniyatning rivojlanishi juda tezlashdi. Planeta 
aholisi tezlik bilan ko‘payib bormoqda. Sivilizatsiya ochko‘zlik bilan 
tabiiy zahiralarni yutib yubormoqda va tashqi muhitga sezilarli 
o‘zgarishlar olib kelmoqda. Inson ta’siri ostida amalga oshirilayotgan 
katta maydonlarning o‘zlashtirilishi, yaylov sifatida tabiiy man-
balarning yo‘qolishi, o‘rmonlarning kesib yuborilishi, katta kanal va 
platinalar qurilishi, sug‘orish tizimlari, tog‘larda foydali qazilmalarni 
izlash, tuproq eroziyasi, o‘g‘itlar, pestisidlarning qo‘llanilishi, me-
liorativ tadbirlar, tuproq, atmosfera va suvlarning sanoat chiqindilari 
bilan ifloslanishi kabi ishlar tabiatga katta salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, 
yer biosferasining hayot tizimini yomon tomonga o‘zgartirmoqda. 
Bunday o‘zgarishlar inson hayoti uchun xavf-xatar tug‘dirib, juda 
og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuningdek, tabiiy zahiralarning 
o‘ylanmasdan sarflanishi barcha tirik organizmlarni halokatga eltadi.
Fan yutuqlaridan foydalanib, yerni himoyalash tadbirlarini ishlab 
chiqish, uning tabiiy zahiralarini ko‘paytirish yuzasidan keskin choralar 
ko‘radigan payt keldi. Tabiatni himoya qilish va zahiralardan foyda-
lanish bilimga asoslangan poydevorga ega bo‘lishi hamda biosferani 
mahkam saqlash mexanizmiga asoslanishi kerak. Bu jarayondagi


68 
ishlar bir mamlakatning emas, balki umumplaneta yoki umumbiosfera 
ishidir. 
Insonning dunyo rivojlanishiga ta’sirini vaqtincha va uzluksiz deb 
olish mumkin. Odam mehnat quroli sifatida tosh va olovni o‘ylab 
topgan davrlarda tabiiy boyliklar o‘ta cheksiz edi. Odam ot-aravadan 
foydalanishni o‘rganganda ham tabiiy boyliklar to‘lib-toshib yotardi. 
Lekin o‘sha davrlarda ham insoniyat yerga ayovsizlarcha munosabatda 
bo‘ldi. Keyinchalik odamning qobiliyati shunchalik rivojlanib ketdiki, 
u tabiiy boyliklarni, ulardan foydalanish yo‘llarini to‘xtovsiz izladi va 
topdi. Ammo endilikda aql, idrok bilan yashamog‘imiz lozim. Aks 
holda o‘zimizga-o‘zimiz ziyon keltiramiz. 
Sivilizasiyaning boshlang‘ich davridan boshlab inson tashqi 
muhitni o‘zgartirishga harakat qildi va planeta ekotizimining tabiiy 
xazinasiga kirib olishga jur’at etdi. Quruq cho‘plar yordamida olov 
yoqilgan dastlabki paytlarda tabiiy chirindi o‘rniga anorganik modda – 
kul hosil bo‘lgan. Uzoq vaqtlar qobiliyati ancha cheklangan inson, 
tabiatga jiddiy zararli ta’sir ko‘rsata olmadi. U o‘ziga ozuqa va olov 
topishga uringan neolit davridan boshlab tabiatni o‘zgartira boshladi va 
uning biosferaga ta’siri ham aynan shu davrdan boshlandi. To‘g‘ri, bu 
davrda inson tabiatga nisbiy ravishda ta’sir ko‘rsatayotgan edi. U 
yoqqan olov atrofga tarqalib, yaqin o‘rtadagi o‘t-o‘lanlarni nobud qilar, 
bu esa hayvonlarning to‘yib oziqlanishiga dastlabki to‘siq edi. Bora-
bora odamzot hayvonlarni quvib, haydab, o‘ldirib, tabiat yoki tashqi 
muhitning o‘zgarishiga ham ta’sir ko‘rsatishga kirishdi. 
O‘sha davrlarda odamlar juda kam, dunyo esa juda keng bo‘lib, 
hamma istaganicha hayot kechirardi, tabiatni buzgan, kuydirgan odamlar 
bundan o‘ta mag‘rurlanib yashardi. Ayrimlar hozir ham qancha tirik 
organizmni yo‘q qilganidan maqtanib yurishadi. Sivilizatsiya natijasida 
yo‘q qilingan tabiiy boyliklarimiz tovonini to‘laydigan davr keldi. 
Tabiat boyliklaridan to‘xtovsiz foydalanilgani va ular uzluksiz 
sarflangani uchun biosferaning ayrim joylarida tabiiy tenglik 
yo‘qolgan. Uni qayta tiklash imkoni bormi? Balki bugun planetamiz 
biosferaga keltirgan ziyonlar uchun tovon to‘layotgandir. Tabiiy 
zaxiralarni tiklash yo‘lidagi urinishlarimizdan biron foyda bormi?
Hamma odamlarning kelib chiqishi aslida bir xil. Turli irqlar 
rivojlanish tarixida juda ko‘p qiyinchiliklarga duch keldilar. Ular tabiiy 
noqulay omillar ta’sirida turar joylarini o‘zgartirganlar va natijada 
turmush tarzi mutlaqo o‘zgarib ketgan. Ammo qaysi muhitda 


69 
yashashmasin, ularning genetik xususiyatlari o‘zgarmasdan, avloddan-
avlodga o‘tdi, yillar, uzoq evolyutsiya tarzi genetik kodga ta’sir ko‘rsata 
olmadi. O‘ylab ko‘rsangiz, yana yuz ming yillardan so‘ng ham genetik 
evolyutsiya o‘zgarmasdan shu tarzda qoladi. Ammo tabiiy tanlash 
bizga ma’lum va noma’lum holatda sezilar-sezilmas darajada davom 
etmoqda. Ana shu xususiyatlariga ko‘ra, inson hayoti uzoq vaqtlar tor 
doirada fizik, kimyoviy chegara bilan Homa Sapiensning biologik va 
fiziologik harakatlarini saqlab qoladi. 
Hozirgi odam yashayotgan muhitni uzluksiz o‘zgartirishi natijasida 
biosferaga moslashish darajasini oshirayotgandek bo‘lib, o‘zini 
evolyutsiya qoldiqlaridan ozod qilib yashaydi. Aslida, bu soxta 
ko‘rinish xolos. Inson qaerda bo‘lmasin, qaerda yashamasin, nima ish 
qilmasin, o‘ziga kichkina qo‘rg‘oncha hosil qiladi va bu qo‘rg‘onchasi 
asli qaerda, qaysi evolyutsiyada shakllangan bo‘lsa, shundayligicha 
yashashda davom etadi. U qaerda bo‘lmasin – kosmosdami, yer 
ostidami, suvdami, hamma vaqt yer bilan bog‘liq bo‘lib, unga intilib 
yashaydi. Inson hayoti davomida ba’zan kimyoviy moddalar bilan 
ifloslangan, o‘ta shovqinli muhitda bo‘lganida ham yoki o‘ta his-
hayajonli daqiqalarda ham fizik va aqliy jihatdan sog‘lig‘ini saqlab 
qolishga harakat qiladi. Buning uchun u o‘zini, lozim bo‘lsa, zarur 
vositalar bilan himoya qilishi mumkin. 
Biologik cheklashlarga qaramasdan, tashqi muhitga moslashuv-
chanligi bois, inson tosh davridagi xususiyatlarini yo‘qotgani yo‘q, 
quruq erning deyarli hamma qismini egallab bo‘ldi.
Muhitga moslashishning biologik mexanizmi qulay sharoitlarda 
insonning biologik tabiatiga hech qanday o‘zgartirishlar kiritmaydi. 
Hozirgi kunda odam eng ko‘p yashayotgan, ifloslangan havosi og‘ir 
katta shahar aholini uzluksiz o‘ziga tortadi va bunday shaharlar aholisi 
tezlik bilan ko‘payib boradi. Bunday shaharlar iqtisodiy jihatdan 
baquvvat, odamlar juda asabiylik bilan ishlaydi va yashaydi, bu 
yerlarda kuchli shovqin, uzluksiz ishlayotgan motorlar, kompyuterlar 
va telefonlar odamni toliqtiradi, kimyoviy modda va tamaki tutunidan 
hamma joy sarg‘ayib ketgan. 
Inson biosferada o‘zi hosil qilgan bunday og‘ir muhitga tezlik bilan 
moslashish qobiliyatiga ega. Bunga sabab, uning hayotni avlod 
qoldirish orqali davom ettirish yo‘lidagi harakat hisoblanadi. 
Bu yerda «biologik moslashish» iborasini inson yashash uchun 
kurashib, ma’lum sharoitga moslashib ketadi, degan ibora bilan 


70 
chalkashtirib yubormasligimiz lozim. Chunki ijtimoiy-madaniy kuchlar 
evolyutsion moslashish mexanizmini buzib yuboradi, moslashish 
faqatgina hayvonot dunyosiga xos bo‘lib qoladi. 
Biologlar uchun ma’lum bo‘lgan «darvincha moslashmoq» iborasi 
orqali ma’lum bir turdagi hayvonning muayyan tashqi muhitga 
moslashib, ko‘payishi va yangi hududga tarqalishini tushunamiz. Bu 
o‘rinda ham fikrimizni oddiy bir misol orqali izohlashga intilamiz, 
kambag‘al va rivojlanmagan mamlakatlarning aholisi ish izlab, sanoati 
rivojlangan mamlakatlarga tarqalib ketadi. Bu jabhada xavf yerda 
aholining ortib borishi bilan boshlanadi. Demak, odam uchun “darvin-
chasiga moslashish” mumkin emas. 
Fiziologik nuqtai nazardan tashqi muhitga moslashish inson miyasi 
va tanasidagi asabbuzar voqealarni «bostirishga» qaratilgan. Fiziologik 
va psixologik tushuncha bo‘yicha organizmning ma’lum sharoitga 
moslashishi keyinchalik zararli bo‘lib chiqishi mumkin. Inson vaqt 
o‘tishi bilan o‘zi yashab turgan muhitdagi ifloslanishga, haddan 
tashqari asabbuzarlikka va ijtimoiy aloqalarga, tabiiy biologik 
jarayondan uzoqlashib, shaharning og‘ir havo va texnika tutuniga 
ko‘nikib ketadi. Sivilizasiyaning bunday og‘ir sharoitiga chidash 
natijasida o‘rta yoshlilar va keksalarda og‘ir surunkali kasalliklar 
kuzatiladi.
Mamlakat iqtisodiy jihatdan baquvvat bo‘lgani bilan, turmush 
tabiiylikdan juda uzoq bo‘lgani bois, inson asta-sekin og‘ir havoga, 
osmonni qoplagan tutunga va iflos suvga, kimyoviy moddalarga boy 
oziq-ovqat mahsulotlariga o‘rganib qoladi. U endilikda biologik marom 
(ritm)larning kosmik tartibini bilmasdan yashay oladi. Endilikda u 
gullarning hidisiz, qushlarning «vijir-vijir» kuyisiz, tabiiy, toza havosiz 
va boshqa biologik jihatlarsiz, ohanglarsiz yashashga o‘rganib qoladi. 
Insonni zarur biologik sharoitsiz va ilhomsiz ishlashga majbur qilish, 
uning biologik va aqliy qobiliyatiga ta’sir etib, insonni barcha yumush-
larni bajaruvchi robotga aylantiradi. Oqibatda hayot mazmunan 
kambag‘allashib, ahamiyatini yo‘qotadi. Bu esa, fikrimizcha, inson 
xarakteriga ta’sir qilib, uning fizik va aqliy salomatligining yo‘qo-
lishiga olib keladi. 
Havo, suv, tuproq, olov, tabiat maromi va tirik organizmlarning 
kuchliligi faqatgina kimyoviy moddalar, fizik kuchlar yoki biologik 
ta’sirlarda emas. Ushbu omillar inson hayotiga ta’sir qilish imkonini 


71 
bilish orqali shakllanadi va ular inson ehtiyoji uchun zarur vositaga 
aylanib boradi.
Odamlarning hamma vaqt tabiat qo‘yniga oshiqishi, shahar 
uylarida kaminlarni yoqib qo‘yishi, kichik xonalarda ham uy hayvon-
lari bilan birga yashashi, minglab yillar davomidagi evolyutsiya uning 
joni va qoniga singib ketganidan darak beradi, inson doimo shu evol-
yutsiya ta’sirida bo‘ladi. Greklar afsonasida aytilganidek, Anteyning 
oyoqlari yerdan uzilganda, u o‘z kuchini yo‘qotgani ham bejiz emas. 
Tabiat o‘z qonunlari asosida yagona va o‘zaro bog‘liq holda 
rivojlanib boradi. Inson tarixidagi obyektiv voqealar dunyo miqyosida 
xilma-xil ijtimoiy qatlamga ega mustaqil, siyosiy yetuk mamlakatlar 
paydo bo‘lishiga olib keldi. 
Bunday katta vazifani hech bir mamlakat yakka o‘zi amalga oshira 
olmaydi. U xalqaro tenglik va o‘zaro hamkorlik tufayligina rejali 
amalga oshirilishi mumkin. Tabiat bilan inson o‘rtasidagi aloqa, huquq, 
foydalanish imkoniyatlari uzluksiz kengayar ekan, «jamiyat va tabiat» 
bir-biriga mos ravishda ish olib borishi lozim.
XX asr oxirlarida insoniyat biosferaning tuzilishiga va vazifasiga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilganini ko‘rib turibmiz. Biosferada suv, bio-
logik, mineral va boshqa boyliklar cheksiz, tuganmas ekanligi haqida 
afsonalarga ishonch qolmadi. Endilikda hamma joyda – quruqlikda 
ham, suvda ham inson ta’sirining salbiy oqibatlarini ko‘rmoqdamiz. 
Tabiatdagi «tenglik»ning buzilishi, endi odamlardan tez-tez «biosfera 
va inson» mavzusida bosh qotirishni talab etadi. Sanoatning baquvvat 
tarmoqlari uzluksiz xomashyo talab qiladi va qayta ishlash jarayonida 
tabiatni yanada ifloslantiradi. Inson endilikda ifloslangan biosferaning 
zarbasini his qilmoqda. Juda ko‘p organizmlar turi qirilib ketdi va 
ketmoqda, chuchuk suvli suv havzalari ifloslanmoqda, havo iflosligi 
natijasida smoglar yog‘moqda, sintetik gazlamalar o‘zining pishiqligi 
va qulayligi bilan tabiiy gazlamalarni siqib chiqarmoqda, shovqinlar va 
har xil nurlanishlar inson psixikasi va sog‘ligiga ta’sir qilmoqda. 
Inson kosmosga chiqdi, oyga qadam qo‘ydi. Planetada aholi soni 
oshib bormoqda, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash muammo bo‘lib 
qolmoqda, tuproqlar sho‘rlanishi ta’sirida o‘simliklar o‘sish imkonidan 
mahrum bo‘lmoqda. Kasalliklarning turi ko‘payib, inson sog‘lig‘i xavf 
ostida qolmoqda. Iqtisodiy baquvvat mamlakatlarda foyda ketidan 
quvish ham biosferani izdan chiqarib yubormoqda. 


72 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin