O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

Toza ichimlik suvi tarkibi 
T/R 
Moddalar 
Ko‘rsatkichlar 
1 Vodorod ko‘rsatkichi 
6.0-9.0rN 
2 Temir 
0,3 mg/l gacha 
3 Umumiy qattiqligi 
7.0 mg. Ekv/l 
4 Marganes 
7.0 mg/l gacha 
5 Mis 
1.0 mg/l gacha 
6 Sulfatlar 
500 mg/l gacha 
7 Quruq qoldiq 
1000 mg/l gacha 
8 Xloridlar 
350 mg/l gacha 


88 
9 Sink 
5.0 mg/l gacha 
10 Alyuminiy 
0,5 mg/l gacha 
11 Berilliy 
0.0002 mg/l gacha 
12 Molibden 
0.25 mg/l gacha 
13 Mishyak 
0.05 mg/l gacha 
14 Nitrat 
45.0 mg/l gacha 
15 Qo‘rg‘oshin 
0.03 mg/l gacha 
16 Selen 
0.001 mg/l gacha 
17 Stronsiy 
7.0 mg/l gacha 
Demak, ichimlik suvi ushbu kimyoviy tarkibga ega bo‘lishi kerak. 
Tabiatda bizni o‘rab turgan narsalar ichida eng harakatchan, 
zararli va zaharli moddalarni o‘ziga olib, zararsizlantiradigan yagona 
muhit bu tuproqdir. Tuproq ko‘p narsalarni o‘zining tarkibida organik, 
noorganik moddalarga aralashtirib, zararsizlantiradi yoki utillashtiradi. 
Suv va havo tuproq kabi xususiyatlarga ega emas, tuproq 
tozalovchi hisoblanadi. 
Tuproqni asosiy ifloslantiruvchilar quyidagilar hisoblanadi:
● qattiq metallarning tuzi; 
pestitsidlar va gerbitsidlar
● neft va neft mahsulotlari; 
● havoni ifloslantiruvchilar; 
● suvni ifloslantiruvchilar. 
 
4-jadval
Tuproqni ifloslantiruvchi moddalar uchun ruxsat etilgan me’yor 
T/r 
Ifloslantiruvchi moddalar 
R E K, mg/kg 
1 Benz-a-piren 
0.02 
2 DDT 
0.1 
3 Geksaxlorsiklogeksan 
0.1 
4 Trixlordifenil 
0.03 
5 Pentaxlordifenil 
0.1 
6 Simob 
2.1 
7 Kadmiy (harakatchan shakli) 
3.0 
8 Qo‘rg‘oshin 
32.0 


89 
Atmosfera havosi tarkibida turli gazlar aralashmasi ko‘payib 
ketsa, bu narsa albatta inson sog‘lig‘iga zarar yetkazadi. Havoda 
gazlardan is gazi ko‘paysa, uni inson mutlaq sezmaydi, bu gaz o‘ta 
zaharli bo‘lib, insonni o‘limga olib keladi. Uning hidi bo‘lmaydi, 
shuning uchun ham inson is gazi borligini bilmay qoladi. 
Sanoati rivojlangan katta shaharlarda havo nihoyatda og‘ir 
ekanligini shaharga kirib kelgan zahardan sezish mumkin. Navoiy, 
Angren, Olmaliq shaharlaridagi atmosfera havosida 10 ziyod inson 
sog‘ligi uchun zararli gazlar bor. 
Gazlarning xavfliligi shuki, ular nafas olish jarayonida o‘pkaga va 
qonga o‘tadi, shilliq qavatidagi namliklar bilan birikib, uni 
yallig‘lantiradi va oqibatda og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. 
Gazlardan nafas olish natijasida o‘pka raki, allergiya, bronxial astma va 
nafas olish organlari kasalliklari ko‘payib ketadi. 
Demak, havo ifloslangan hududlar ma’lum bo‘lgach, u yerlarda 
atmosferaga tashlanadigan gaz manbalarini topib, ularni tozalash va 
atmosferani imkon qadar toza ushlashga harakat qilish lozim. 
Inson kislorodsiz bor-yo‘g‘i bir necha daqiqa yashay oladi, chunki 
uning tiriklik jarayonida eng zarur narsa kislorod hisoblanadi. Kislorod 
tarkibida inson organizmi uchun zarur moddalar, shuningdek, zaharli 
moddalar ham bo‘lishi mumkin. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, atmosferani ifloslantiruvchi manbalar quyi-
dagilar hisoblanadi: energetika – 28.5%; rangli metallurgiya –21.6%; 
qora metallurgiya – 15,2%; neftni qazib olish – 7,9%; neftni qayta ishlash 
– 5,1%, qolgan tarmoqlardan 21,7% zaharli gazlar havoga tarqaladi. 
Atmosferaga tashlanadigan gazlar qattiq, suyuq, gaz holida, uzluksiz, 
davriy, katta hajmda, ta’minlangan va tartibsiz holda bo‘lishi mumkin. 
Bu xil havoga tashlanadigan gazlar ichida eng xavflisi tartibsiz 
havoga tashlanadigan gazlar hisoblanadi. Chunki bu tur gazlar maxsus 
qurilmalar ochilib ketib, gaz changlarini tozalovchi apparatlar ishlamay 
qolsa, birdaniga atmosferaga katta miqdorda gaz tashlanishi natijasida 
havoga chiqadi va og‘ir oqibatlarga olib keladi. 
Havoga tashlanadigan gazlar quyidagicha guruhlanadi: 
● foydalanishga ko‘ra – texnologik va ventilyatsion tashlamlar; 
● ish tartibiga ko‘ra – baland, past, yerda joylashgan trubalar; 
● geometrik shakliga ko‘ra – nuqtali va to‘g‘ri chiziqli; 
● uzoqqa tarqalishga ko‘ra – ammiak zavodlaridan tashlangan 
zaharli gazlar sariq bo‘lib, hatto kosmosdan ham ko‘rinadi. 


90 
Havoga tashlanadigan zaharli gazlar tozalanadi, gazlarning 
ko‘rinishiga qarab chang tashlanmasidan, tumandan, gazli va bug‘li 
aralashmalardan tozalanadi. 
Tozalash usuli ikki xil bo‘ladi: 
1) mexanik usul; 
2) fiziko-mexanik usul. 
Gazlar mexanik usul bilan tozalanganda changni cho‘ktiruvchi 
kaloralar, siklonlar, filtrlar, ho‘l chang ushlagichlar; fizik-kimyoviy 
usul bilan tozalanganda adsorberlar, qattiq reaktorlar va pechlar 
yordamida gazlar ushlanib qolinadi. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin