O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

Mavzu xulosasi. Oqar suvni tozalashning iqtisodiy samaradorligi 
usullarga qarab o‘zgaradi: gidromexanik usulda – 50...70%, fizik-
kimyoviy usul – 90..95%, kimyoviy – 80...90%, biokimyoviy – 
85...95% miqdorda zararsizlantiradi. 
Har bir sanoat korxonasida o‘z imkonidan kelib chiqib, suvning 
zararsizlantirish miqdori, ko‘p-ozligi, mutaxassislar qaysi usulni 
foydali va arzon deb bilishlari to‘g‘risidagi xulosadan kelib chiqib 
tozalash usulini tanlaydilar. Bugungi zamonaviy texnologiyalar asosida 
bir qator usullarda oqar suvlarni tozalash usullari olib boriladi va 
tozalangan suvlar insonlar sog‘lig‘iga xavf keltirmaydi. 
 
Nazorat savollari 
 
1. Havoni zararlaydigan manbalarga nimalar kiradi? 
2. Ishlab chiqarishdagi zararli tarmoqlarga qaysilar kiradi? 
3. Uchuvchi organik birikmalarga qaysi elementlar kiradi? 
4. Gazni mexanik usulda tozalash deganda nimani tushunasiz? 
5. Suvni qaysi moddalar ifloslantiradi? 
6. Sanoati rivojlangan shaharlarga qaysi shaharlar kiradi? 
7. Ifloslantiruvchi qaysi gazlarni bilasiz? 
 
 


93 
 
VIII BOB. CHUCHUK SUVLARNI MUHOFAZA QILISH 
MONITORINGI 
 
8.1. Oqar suvni tozalash usullari 
 
Sanoatda suvdan juda ko‘p foydalaniladi, tarmoqlarda zarur 
ishlarning borishi uchun u – xomashyo, issiqlik yetkazuvchi, erituvchi, 
zarur joyda kislorod va vodorod manbai, bo‘yovchi, tozalovchi, 
tashuvchi hisoblanadi. 
Suv o‘z vazifasiga ko‘ra, eng zarur mineral hisoblanadi, biosfe-
rada suv yo‘q joyda hayot yo‘q, suv bor joyda tuproqda mikro-
organizmlar tirik hayot nishonasini ko‘rsatadi. 
Suv shunday zarur mineralki, avvalo insonning hayotiy jarayonida 
u eng birinchi zarur narsalar turiga kiradi, uni iste’mol qilishdan 
tashqari, o‘ziga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini ham suv bilan 
pishiradi, tozalik-ozodalik ishlarida suv eng birinchi vazifani egallaydi. 
Bundan tashqari, suv tiriklik manbai bo‘lgan o‘simliklarni o‘sib 
rivojlanishida ham asosiy o‘rinni egallaydi. 
Shuningdek, sanoatda ham suv ko‘pgina tarmoqlarda ish jara-
yonining borishi uchun asosiy ahamiyatga egadir. Sanoatda suv sarfi 
juda katta bo‘ladi, shuning uchun uni tozalab, qayta o‘ziga ishlatish 
maqsadga muvofiqdir. Suvdan tejab foydalanilmasa, albatta, olingan 
mahsulotlarning tannarxi ortib boradi, shu bilan birga, suv orqali 
atmosferaga tashlangan zaharli moddalar miqdori ham ortadi, ekologik 
muvozanat buziladi. 
Ichimlik suvining tarkibi mutlaq toza va zararsiz bo‘lishi hamda 
davlat nazorati 2874-82 ga to‘g‘ri kelishi kerak. Texnik suvlar ichishga 
yaroqsiz, ifloslangan bo‘lgani uchun, toza suvga nisbatan arzon bo‘ladi. 
Oqar suvni tozalamasdan ichib bo‘lmaydi, ammo qishloq xo‘jalik 
ekinlarini bemalol sug‘orish mumkin. 
Energetik suv toza va tarkibida tuz bo‘lmasligi kerak, undan par 
hosil bo‘ladi. Markaziy isitish trubalarida suv par va suv holida erkin 
aylanishi uchun toza bo‘lishi talab qilinadi. Issiq suv trubalar va 
batareyalar orqali harakatda bo‘ladi. Suv tarkibida tuzlar bo‘lsa, truba 
devorlariga cho‘kindilar o‘tirib qoladi. Trubalardan suvning oson 


94 
o‘tishi uchun doimo tozalangan bo‘lishi lozim. Sanoatda aylanma suv 
bir necha marta ishlatiladi. Texnologik suvlar ham maxsus talablarga 
javob berishi kerak.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin