97
kondensatlarga solingach, qizdiriladi.
Oqar suvni qattiq qizdirish
natijasida undan polistirolni ajratib olish mumkin, ammo bu ish juda
qiyin va harakati yuqori texnologik jarayon hisoblanadi.
Suvni ozonlar yordamida tozalash. Ozon kuchli bakterisid xossaga
ega bo‘lgan o‘tkir oksidlovchi moddadir.
Ozon (O
3
) – havo rang gaz, noxush hid chiqaradi,
suvda yaxshi
eriydi. Ozon mikroblarga kuchli ta’sir qiladi, ularni parchalaydi va
ularning tuzilishini buzadi, ozon suvni o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib
juda tez zararsizlantiradi.
Suvga aralashgandan so‘ng o‘zidan hech qanday hid chiqarmaydi,
uni rangsizlantirib, tabiiy va sun’iy hidlarni yo‘qotadi.
Ozon qo‘shilayotgan suvda pH ko‘rsatkichining boshqaligi,
loyqaligi, harorati kabi xususiyatlarning ahamiyati yo‘q.
Ozonni sanoat korxonalarida ishlab chiqish mumkin. Buning uchun
korxonada maxsus azotlar bo‘lsa kifoya. Ozonning xlordan ustunligi –
u zararli birikmalar hosil qilmaydi va juda qisqa vaqtda ko‘p miqdorda
suvni tozalab berishga imkoni bor.
Ultrabinafsha nurlar bilan tozalash. Oqar suvlarni ultrabinafsha
nurlar bilan tozalashda bakteriyalar, mikroorganizmlarga bakterisid
sifatida ta’sir qiladi. Ultrabinafsha nurlar mikroorganizmlarning
hujayra protoplazma oksidini parchalaydi, bu vaqtda hujayrada modda
almashinuv jarayonlari izdan chiqadi. Bu usul bilan bir necha soniya
ichida suvni zararsizlantirish mumkin.
Bu usul bilan suvni
zararsizlantirishning o‘ziga xos talablari bor. Bu usul suv toza va tiniq
bo‘lganda samara beradi, suv loyqa yoki bo‘yalgan bo‘lsa,
ultrabinafsha nurlarning ta’siri yo‘qoladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har bir sanoat korxonasida o‘z
imkonidan kelib chiqib, suvning zararsizlantirish miqdori, ko‘p-ozligi,
mutaxassislar qaysi usulni foydali va arzon deb bilishlari to‘g‘risidagi
xulosadan kelib chiqib tozalash usulini tanlaydilar.
Dostları ilə paylaş: