91
Gaz changlarini tozalashning yana bir samarali usullaridan biri –
filtr yordamida tozalash. Undan foydalanish sodda, ammo filtrlovchi
elementlar uchun katta energiya sarflanadi. Filtrlovchi material:
gazlama, juda qattiq qatlamli gazlamalar, zichlangan to‘siqlar juda
qimmat turadi.
Bu usulda ushlab qolinadigan chang zarralarining hajmi ularning
qancha foiz ushlab qolishini ko‘rsatadi.
Bu usul bilan changdagi zaharli chang zarralarini 99.7%
gacha
ushlab qolinadi. Zarralarning asosiy qismi filtrda cho‘kadi. Faqatgina
filtrda yopishib qolgan chang zarralarini tez-tez tozalab turish lozim.
Gazlamadan bo‘lgan chang ushlagich yuqori haroratga bardosh bera
olmaydi.
Ho‘l chang ushlagich yoki skrubber ham eng samarali chang
ushlagichlardan biri bo‘lib, zaharli moddalarning 98,5% ini o‘zida olib
qoladi. Bu usulda gaz changlarini tozalashda albatta suvdan
foydalanishga to‘g‘ri keladi. Ho‘l usulda
chang tozalashda suv sarfi
ko‘p bo‘ladi, ishlatilgan suvni doimo tozalab turishga to‘g‘ri keladi.
Skrubber apparatiga gaz oqimi pastdan beriladi, yuqoriga
ko‘tarilayotgan gaz oqimi tepadan tushayotgan suv tomchilariga yopi-
shib olib bunkerning pastiga tushadi va shlam holida tozalashga
yuboriladi. Tozalangan gaz apparatning yuqorisiga qarab harakat qiladi
va toza holda chiqib ketadi.
Suv beruvchi suyuqlik sifatida
skrubberga boshqa kimyoviy
suyuqliklar (ohakli suv) dan ham foydalanish mumkin. Kimyoviy
suyuqliklardan foydalanilganda gaz kimyoviy tozalanadi. Skrubber
apparatidan foydalanilayotganda suvga ehtiyot bo‘lish kerak,
apparatning biron joyi teshilib, suv oqib ketmasligi kerak.
Gazni tozalovchi eng so‘nggi usullardan
biri elektrofiltrlar
hisoblanadi. Elektrofiltrlarning boshqa usullarga qaraganda ustunligi
shundaki, harorati 450 °S atrofida bo‘lib, havoga juda ko‘p zaharli
birikmalar chiqib ketayotganda bu usuldan foydalanish mumkin.
Elektrofiltrning ish jarayonida elektr toki kuchsizlanishi natijasida
chang zarralari cho‘kadi. Bu usul bilan gazni 97%
gacha zaharli
moddalardan tozalaydi. Elektrofiltr chang zarralarining maydasigacha
(0,2 mg) tozalash imkoniga ega. Hozirgacha hech bir usul shuncha
hajmdagi mayda zarralarni tozalay olmaydi. Bu usulda suvdan
foydalanilmaydi, ammo elektr toki bilan ishlagani uchun texnika
xavfsizligiga to‘liq rioya qilish lozim.
92
Havoga zaharli gazlarni tashlovchi
korxonalardan chiqqan bi-
rikmalarni shu tariqa tozalash usullari amaliyotda qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: