76
bugungi kun talabidir. Bu yerda xomashyo va energiya o‘zaro munosa-
batda bo‘lib, harakat jarayonida xomashyo va energiya quyidagicha
harakat qiladi.
Xomashyo zahiralari – ishlab chiqarishdagi talab – ikkilamchi
zahiralar yoki xomashyodan asosiy mahsulot bilan birgalikda ikkilam-
chi mahsulot ham olinadi. Bu vaqtda atrof-muhitga chiqindi tash-
lanmaydi.
Kam chiqindili ishlab chiqarish deb shunday sohaga aytiladiki,
mazkur tashkilotdan atrof-muhitga tashlanadigan zaharli moddalar
miqdori belgilangan me’yordan oshmaydi, sanitariya-gigiyena qoida-
lari buzilmaydi. Chiqindiga chiqqan bir qism xomashyo qayta ishlanadi
yoki ko‘mib tashlanadi.
Toza ishlab chiqarish deganda, atrof-muhit ifloslanishining oldini
oladigan, xomashyo va energiyadan oqilona foydalanadigan, mutlaqo
zaharli xomashyo ishlatmaydigan, mabodo zaharli toksinlar hosil
bo‘lsa, ularni ham yo‘qotadigan tashkilot faoliyatiga, shuningdek, eng
yangi texnologiyalardan samarali foydalanadigan, zarur paytda ishlab
chiqarishini o‘zgartira oladigan tashkilotlarga aytiladi.
Kam chiqindili zamonaviy ishlab chiqarish tashkilotlariga
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
davlat qo‘mitasi qaroriga muvofiq soliq imtiyozlari va boshqa
imtiyozlar berilgan.
Kam chiqindili texnologiyani quyidagi holatlarda ko‘rish va
amalda foydalanish mumkin.
Masalan, oddiy neftni qayta ishlash zavodida suvdan foydalanish
jarayonini o‘rgansak. Zavodda suv aylanish tizimidan tashqari, har bir
bo‘limda alohida suvning aylanish tizimi ham mavjud. Har bir bo‘lim-
ning o‘z suv aylanish tizimining bo‘lishi suvni tayyorlash, texnologik
jarayonda uni kam sarflashga, shuningdek, suv bilan zaharli moddalarni
atrofga tashlashni kamaytiradi. Suvni tozalangandan so‘ng, qoldiq
ikkinchi mahsulot sifatida ishlatiladi, olingan metallurgiya shlaklaridan
qurilish materiali sifatida foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: