1. Atmosfera:
Uning kislorod va azotdan iborat gaz qobig‘i bor. Shuningdek, kam
miqdorda karbonat angidrid (0,03%), ozon va boshqa gazlar mavjud.
Atmosferaning holati, yer yuzasidagi hamda suvli muhitdagi fizik,
kimyoviy va biologik jarayonlarga katta ta’sir qiladi. Biologik
jarayonlarning borishi, organizmlarning nafas olishi va o‘lik organik
moddalarning minerallashishi uchun kislorod hamda karbonat angidrid
zarur. Nafas olish va fotosintez jarayonlarida ozon qatlami yer yuzasini
ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi. Azot, karbonat angidrid va suv
bug‘i vulqonlarning harakati natijasi, kislorod fotosintezi mahsulidir.
Atmosfera bir necha qatlamga ega:
1) troposfera – eng pastki qatlam, yerga tutashgan qism (9-17km).
Bu qatlam atmosferadagi 80 foiz gaz va suv bug‘ini o‘zida saqlab
turadi;
2) stratosfera;
3) mezosfera;
4) termosfera (ionosfera);
5) noosfera – bu qatlamda «tirik narsa» mutlaqo yo‘q.
2. Gidrosfera – yerning suv qobig‘idir. Suv tez harakatlanishi
hamda yerga singishi, hamma joyda o‘ziga hos holda bo‘lishi hamda
o‘ziga chetdan boshqa molekulalarni biriktirib olish imkoniga ega. Eng
toza hisoblangan atmosfera suvlarida ham eriydigan 10-50 mg/l
moddalar bor.
Suv – biosferaning eng muhim tarkibiy qismi, tirik organizmlar hayoti
uchun eng zarur omillardan biri. Yer sharining 70 foizi suv bilan qoplangan
bo‘lib, 1300 mln. km
3
ni tashkil qiladi. Suvning asosiy qismi Tinch okeanida
joylashgan. Yer usti suvlari (ko‘l va daryo) 0,182 mln. km
3
bo‘lsa, shundan
0,001 mln. km
3
suv tirik organizmlarda uchraydi. Muzliklarda hozircha 24
mln. km
3
chuchuk suv zahirasi bor, shuningdek, suvda ma’lum miqdorda
kislorod va karbonat angidrid mavjud. Ularning miqdori, harorat va tirik
organizmlar soniga ham bog‘liq. Karbonat angidrid atmosferaga qaraganda
suvda 60 marta ko‘p.
Gidrosfera litosferaning shakllanish davridan boshlab yer yuziga
juda katta miqdorda suv bug‘i chiqargan.
3. Litosfera – yerning tashqi qattiq qobig‘i bo‘lib, cho‘kma va
magmatik jinslardan iborat. Yer po‘sti deb, yerning ustki qattiq qatlamiga
60
aytiladi. Litosferaning yuza qismi–tirik organizmlar yashashi uchun qulay
sharoit mavjud qismiga tuproq deyiladi. Organizmlarning chirigan qismi
gumusga yoki tuproqning unumdor qatlamiga aylanadi. Tuproqning
tarkibiy qismini minerallar, organik moddalar, tirik organizmlar, suv va
gazlar tashkil qiladi. Litosferada ko‘p uchraydigan kimyoviy
elementlarga O, Al, Fe, Ca, Mg, Na, K lar kiradi.
Tirik organizmlar yerning ustki qatlamida, asosan 3-5 metrda
joylashadi, ayrim o‘simliklarning ildizlari 35-40 metr chuqurlikkacha
kirib boradi. Tuproq tarkibidagi mineral moddalar tog‘ jinslarining
nurashidan hosil bo‘lsa, organik moddalar tirik organizmlarning hayot
mahsulidir.
Megadunyo misolida olib qarasak, biosfera chegarasi juda kichik
va tor bo‘lib qoladi, ammo tirik organizmlar biosferada juda xilma-xil
joylashgan. Atmosferaning yuqori qatlamlari va gidrosfera chuqur-
liklarida ular juda kam. Hayotiy jarayonlar asosan yer yuzida, tuproqda
va suvning yuqori qatlamida boradi. Tirik organizmlarning umumiy
massasi taxminan 2,43x1012 t og‘irlikda belgilanadi, biomassasi
asosan quruqlikda hayot kechirayotganlar evazigadir. O‘simliklarning
biomassasi juda ko‘p bo‘lib, ularning massasi 99,2 foizni tashkil qilsa,
hayvonlar va mikroorganizmlar massasi 0,8 foiz. Suvli muhit yoki
okeanlarda bu nisbat teskari: okeanlarda o‘simliklar ulushi 6,3 foiz,
hayvon va mikroorganizmlar ulushi 93,7 foiz. Suvli muhitda jami
biomassa 0,03x1012 t yoki yerdagi biomassaga (yerdagi tirik orga-
nizmlar massasiga) nisbatan juda kam yoki 0,13 foiz.
Tirik organizmlarning tarqalgan turlariga nisbatan olib qarasak,
ma’lum bo‘ldiki, biomassaning 99 foizi 21 ta tur, hayvonlar biomas-
sasining 96 foizi umurtqasizlar, 14 foizi umurtqalilar va shuning o‘ndan
bir qismi sut emizuvchilar biomassasidir.
Jami tirik organizmlar massasi butun biosfera massasiga nisbatan
0,25 foizni tashkil qiladi.
Biosferada tirik moddalar bilan birga nisbiy moddalar ham mavjud.
Tog‘ va tuproq jinslariga kiruvchi moddalar massasi juda ko‘p.
Biosferadagi modda va energiya modda almashinuvi uchun, tirik
organizmlar ularni o‘zlarini o‘rab turgan muhitdan oladi. Tirik
materiyaning bir qismi qayta tug‘iladi, qayta tiklanadi va chirib, yo‘q
bo‘ladi. Bu holatlar o‘rtasida hamisha muvozanat saqlanib turadi. Har
yili biosferadagi o‘simlik va hayvonlarning ko‘payishi natijasida 10
foizga yaqin biomassa qo‘shiladi.
61
V.I.Vernadskiy nazariyasining mohiyati shundaki, u tirik modda-
larning ahamiyatini hamisha tan oladi va ular planetaning qiyofasini
o‘zgartiradi, deb e’tirof etadi. Tirik organizmlarning ahamiyati
geologik davrda juda katta bo‘lgan. Shuning uchun, Vernadskiyning
aytishicha, Yer kurrasida doimiy harakat qiluvchi kimyoviy kuchlar
yo‘q, ammo tirik organizmlarning harakatini olib qarasak, ular juda
katta kuchdir. Quyoshdan keladigan energiyani faqatgina tirik
organizmlar ushlab olib, o‘zgartiradi. Demak, ular biz yashayotgan
zaminga go‘zallik baxsh etishga qodir katta kuchdir.
V.I.Vernadskiy ta’limotining ikkinchi nuqtai nazariga ko‘ra, bio-
sferaning tashkillanishida, tirik va tirik bo‘lmagan organizmlar o‘rta-
sidagi muhitga moslashish jarayonida tashkillanish boradi. «Organizm,
– deb yozadi V.I.Vernadskiy, – hamma vaqt muhit bilan bog‘liq, aslida
u muhitga moslashmaydi, balki muhitning o‘zi organizmga
moslashadi». Bunday bog‘lanish mahsulini ko‘p sonli madaniy o‘sim-
liklar va uy hayvonlarining yangi turlari hosil bo‘lganidan ko‘ramiz.
Hosil bo‘lgan bunday yangi turlar yashab ketishi uchun insonning yor-
dami kerak, aks holda, ular yovvoyilashib yoki yo‘qolib ketadi. Shu
boisdan ham, Vernadskiy tirik moddalarning geokimyoviy jarayonla-
rini – hayvonlar, o‘simliklar va madaniy ongli inson bilan bir butun
bog‘lanishda, deb ta’riflaydi. Olimning fikricha, oldinlari ikki omilga –
tirik tana va uning hayot faoliyati mahsuldorligiga e’tibor berishmagan.
1. Molekulaning chap-o‘ng assimetriya va hayot, bir tomondan
organik moddalarning optik aktivligini fransuz olimi Lui Paster ochdi.
2. Biosferada energiya beruvchi tirik organizmlarning hissasi va
tirik bo‘lmagan moddalarga ta’siri mutlaqo baholanmagan edi. Chunki
biosfera tarkibiga faqat tirik moddalar emas, balki tirik bo‘lmagan turli
tanalar ham kiradi. V.I.Vernadskiy ularni (atmosfera, tog‘ jinslari,
minerallar), shuningdek, har xil tirik va nisbiy jinslardan hosil bo‘lgan
(tuproq, suvning yuzasi) moddalarni nisbiy, deb hisoblaydi.
Tirik moddalar biosferaning hal qiluvchi qo‘shilmasi bo‘lgani
bilan, ular aslida faqatgina biosferada yashashi va rivojlanishi mumkin.
Shuning uchun ham, V.I.Vernadskiy e’tirof etganidek, tirik
organizmlar biosferaning barcha vazifalarini bajaradi hamda material
va energetik tomondan bog‘liq bo‘lib, katta geologik kuchga ega.
Biosferaning boshlang‘ich paydo bo‘lish asosi va undagi
biogeokimyoviy jarayonlar planetamizning astronomik holatidan kelib
chiqadi. Bu holat dastlab quyoshdan qancha uzoqda joylashish
62
masofasi, ekliptikaning yer o‘qiga egilishi bilan ifodalanadi. Yerning
joylashish kengligi planetadagi iqlimni belgilaydi. Yer esa, o‘z navba-
tida, o‘zida yashovchi barcha tirik organizmlarning hayot faoliyatini
belgilaydi. Quyosh biosferadagi asosiy energiya manbai bo‘lib,
planetamizdagi barcha geologik, kimyoviy va biologik jarayonlarning
harakatlantiruvchisi hisoblanadi. Quyoshning biosferadagi ahamiyatini
energiyaning saqlanish va aylanish qonuni asoschilaridan biri bo‘lgan
Yulius Mayer (1814-1878) shunday ifodalaydi: «Hayot – bu quyosh
nurining hosilasidir».
3. Tirik organizmlardagi o‘zgarish va boshqa hayotiy jarayonlar
notirik jinslarda tez boradi. Shuning uchun ham, tirik organizmlardagi
o‘zgarish butun tarixiy davrni o‘z ichiga olsa, notirik jinslarda bu
jarayon geologik davr bilan o‘lchanadi. Geologik davrning bir sekundi
tarixiy davrning yuz ming yiliga teng.
4. Geologik davr jarayonida tirik moddalarning quvvati va notirik
jinslarga ta’siri oshib boradi. Bu ta’sirni V.I.Vernadskiy shunday ifoda-
laydi: «Tirik moddalarning uzluksiz biogen atomlari notirik jinslarga
ta’sir qiladi, lekin o‘z navbatida ular ham tirik moddalarga ta’sirini
o‘tkazadi».
5. Geologik davrda faqatgina tirik organizmlarda sifat jihatidan
o‘zgarishlar bo‘ladi. Masalan, turli yillar ichida unib chiqqan
maysaning daraxt bo‘lishi yoki hayvonning shakllanish ontogenezi va
boshqalar. Bu o‘zgarishlarning borish jarayoni va mexanizmini birinchi
bo‘lib Ch.Darvin (1859-y.) turlarning tabiiy tanlash orqali kelib
chiqishi nazariyasi bilan isbotladi.
6. Darvin ta’limoti bo‘yicha, tirik organizmlar tashqi muhitga qarab
o‘zgaradi va moslashadi. Shunday o‘zgarishlarning to‘planishi
evolyutsiya manbai bo‘lib qoladi. V.I.Vernadskiyning fikriga ko‘ra,
tirik moddalar o‘z evolyutsiyasiga ega bo‘lishi mumkin, ular geologik
vaqtga yoki tashqi muhitga moslashmaydi. Olim fikrining isbotini
quyidagicha izohlaydi: «Hayvonlar markaziy asab tizimining uzluksiz
o‘sib borishi biosfera uchun ahamiyatlidir va biosferada alohida
tashkillanish bunga asos bo‘ladi». U o‘z fikrini soddalashtirib, tashkil-
lanish haqida shunday deydi: «Biosferaning ma’lum bir nuqtasida yoki
ma’lum bir joyida bo‘lgan narsa avval ham, keyin ham ayni shu nuqtada
takrorlanmaydi». Bu holatni o‘zgarishlarning qaytarilmasligi bilan
izohlab, qayd etadiki, bu holat evolyutsiya jarayonidagi har qanday
rivojlanishga tegishlidir. Evolyutsiyaning uzluksiz jarayoni, yangi
63
organizmlarning paydo bo‘lishi biosferaga o‘z ta’sirini o‘tkazadi, hatto
nisbiy notirik jinslarga, masalan, tuproq, yer osti va yer usti suvlari va
boshqalarga ham buning isboti sifatida devon davridagi tuproq va
daryolar uchlamchi hamda bizning davrimizga nisbatan mutlaqo
boshqa. Shunday qilib, turlar evolyutsiyasi sekin-asta butun biosferaga
tarqaladi va uni qamrab oladi.
V.I.Vernadskiy moddalarning aylanish shaklini, atomlarning bio-
gen migratsiya yo‘li bilan, kimyoviy elementlarning tirik moddalarga
migratsiyasi, kimyoviy elementlarning to‘planishi, biosferada harakat-
lanuvchi omillarning rivojlanishi va boshqalarning biosfera bilan
bog‘liqligini isbotladi.
Dostları ilə paylaş: |