54
Ekologik joy –
nisha tushunchasi ancha keng, makondagi nisha;
trofik nisha (turlararo aloqada turning joyi), giper hajmli nisha.
Tur yashash joyi bo‘lsa, “nisha” – turning ozuqa bo‘yicha
(kasbi)dir. Ma’lum bir turning ekologik nishasini ta’riflash uchun, u
qanday
nisha bilan oziqlanadi, nimalar va kimlar uni eydi, u
biotsenozdagi boshqa elementlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi,
degan
savollarga javob bera olish kerak.
Ponomaryov va 1975-yil ma’lumoti bo‘yicha nishalarning har
joyda ko‘rinishi va turli darajada oziqlanishini ko‘rish mumkin.
Biotsenozda bir tur o‘zining rivojlanishi
davrida turli ekologik
nishalarni egallaydi. Masalan, itbaliq o‘simlik bilan, baqalar hasharotlar
bilan oziqlanadi. Hayvonlar qish va yoz oylarida o‘zlarida turlicha
ekologik nishani hosil qiladi. Organizmlar migratsiya davrida ham ba’zan
nishasini o‘zgartiradi.
Raqobat – bir muhitda yashaydigan hayvonlar o‘rtasida
doimo
raqobat kuzatiladi, ular bir-biri
bilan oziq-ovqat talashib, jinsiy
hamkorlik,
yotoq joyi, o‘tlaydigan joy va boshqalarni talashishi
mumkin. Raqobat turlar o‘rtasida salbiy oqibatlarga olib keladi, chunki
ulardan biri ko‘pincha nobud bo‘ladi. Turlar o‘rtasida doimo yashash
uchun kurash mavjud. Raqobat nisbiy bo‘lganda, kurash oziq-ovqatlar
uchun boradi. To‘g‘ri raqobat bo‘lganda, bir tur ikkinchi turni yo‘q
qilishga urinadi. Ba’zan turlararo raqobat bo‘ladi,
bu holat
populyatsiyalar o‘rtasida salbiy natija berib,
ular soni kamayishi va
yashashi uchun harakat qattiq bo‘ladi. Ekologik nisha uchun raqobat
turlar o‘rtasida tabiiy tanlashga olib keladi, yashab qolgan organizmlar
o‘zlariga xos ekologik nishani shakllantiradi.
Dostları ilə paylaş: