51
V BOB. BIOTSENOZLAR
5.1. Biotsenozlar yoki biotik turkumlar
Biotsenoz – o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlardan tarkib
topgan populyatsiyalar majmuasidir. Lotincha “bios” – hayot, “senoz” –
umumiy, demak, umumiy hayot ma’nosini bildiradi.
Tabiatda barcha o‘simlik va hayvonlar faqat jamoa tarzida mavjud
bo‘la oladilar. Chunki har bir tur normal hayot kechirishi uchun yakka
holda yashay olmaydi, balki tevarak-atrofidagi tirik organizmlar bilan
birgalikda hayot kechiradi. Bir guruh organizmlarning muayyan
sharoitda birgalikda yashashi – jamoa deyiladi.
Turkum (biotsenoz)larni o‘rganishdan maqsad – ularning barqaror
hayoti qanday ta’minlanishini, turkumlarning o‘zgarishiga biotik o‘za-
ro ta’sirlar va yashash muhiti qanday ta’sir ko‘rsatishini
oydinlash-
tirishdir.
Biotsenozning o‘simliklar o‘sadigan tarkibiy qismi – fitotsenoz,
hayvonlar yashaydigan qismi – zootsenoz
va mikroblar yashaydigan
qismi – mikrobiotsenoz deb ataladi. Biotsenoz va biotopning uzluksiz
bir-biriga ta’siri natijasi biogeotsenoz yoki ekotizim deyiladi. Eko-
tizimda birga yashovchi turli organizmlar va ularning yashash muhiti
o‘rtasida qonuniyatli bog‘lanish mavjud. Ekotizimda yashash
qonuniyatlari populyatsiyaga qaraganda yuqori darajada shakllangan.
Buloqdan tortib Tinch okeanigacha yoki o‘rmondagi to‘nkadan tortib
katta o‘rmongacha bo‘lgan turli hajmdagi biotik jamoani ekotizim deb
ta’riflash mumkin. Ekotizim quyidagilarga bo‘linadi: mikroekotizim
(lishaynik, moxlar), mezoekotizim (buloq, ko‘l va cho‘l), makroeko-
tizim (qit’alar, okean), biosfera yoki global ekotizimlar.
Tabiiy ekotizimlar ochiq hisoblanadi, ular moddalar va energiyani
chetdan olib chetga beradi. Masalan, yer biosferasi bir qism moddani
kosmosga beradi, shu bilan birga, kosmosdan moddalarni oladi. Chet-
dan o‘zlashtiriladigan moddalar zahirasi cheksiz emas, shuning uchun
bu moddalar organizmlar tomonidan
modda aylanish va quyoshdan
keladigan energiya bo‘lmaganda, yerda hayot bo‘lmagan bo‘lardi.
52
Ekotizimlarda murakkab modda aylanishi quyidagi tarkiblarda
amalga oshadi:
● modda aylanishida anorganik moddalarning ishtirok etishi;
● biotik va abiotik qismlarni bog‘lovchi organik birikmalar;
● abiotik muhit – havo, tuproq, suv va boshqalar;
● produtsent-avtotrof organizmlar, asosan yashil o‘simliklar;
●
konsument-geterotroflar, asosan hayvonlar;
● redutsent yoki safrofitlar (chirindilar bilan oziqlanuvchilar),
asosan bakteriya va zamburug‘lar.
Shunday qilib, ekotizim va biotsenoz atamalari bir-biriga yaqin
bo‘lib, modda almashinuvi amalga oshib turadigan ekotizimni bildiradi.
Fotosintezlanuvchi va xemosintezlanuvchi
organizmlar bir-yilda
100 mlrd. tonna miqdorda organik modda to‘playdi. Taxminan shuncha
miqdordagi modda o‘simliklar nafas olishi natijasida SO
2
va N
2
O ga
aylanishi lozim.
Nafas olish – bu geterotrof jarayon bo‘lib, fotosintezda organik
moddalar hosil bo‘lishida, oksidlanishda kuzatiladi. Nafas olmaslik va
chirimaslik yoki fotosintezning bormasligi, yerda hayotning bo‘lmas-
ligini ko‘rsatadi. Nafas olish ham ikkiga bo‘linadi.
Aerob nafas olish – bunda gazga o‘xshash
kislorodga vodorod
birikadi; anaerob nafas olish bunda oksidlanuvchi bo‘lib anorganik
modda xizmat qiladi.
Achish – organik moddalar oksidlanuvchi bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: