53
● Kam uchrashi – ma’lum joyda bir
turning soni yoki massasi
umumiy soniga qaraganda namuna olish yoki hisob maydonchasidan
aniqlash orqali aniqlanadi.
● Dominantlik darajasi – bir turning ushbu hududdagi ja’mi
turlarga nisbati.
Tur xilma-xilligi – ushbu jamoa yoki hududda uchraydigan turlar
sonidir. Biotsenozlarda turlar soni juda ko‘p va kam bo‘lishi mumkin.
Turlar xilma-xilligi o‘simlik yoki hayvon turining yoshiga ham bog‘liq
bo‘ladi. Turlar yosh bo‘lsa, tur soni kam bo‘ladi, shuningdek, tur soni
ekologik omillardan ham kelib chiqadi, o‘sish
va yashashga sharoit
qulay bo‘lsa, turlar soni ko‘p bo‘ladi. Tog‘lar, sahrolar, sho‘r
tuproqlarda bioxilma-xillik kam bo‘ladi.
Jamoada dominant turlar bo‘lib, ular son jihatdan ko‘p bo‘lishi,
ikkinchi darajali va kam sonli kamyob bo‘lishi mumkin. Dominantlar
ichida bioxilma-xillikni saqlab turuvchi – quruvchi edifikatorlar
bo‘ladi, bular o‘sha
joyda mikroklimat hosil qilib, turlarning
shakllanishi uchun sharoit yaratadi.
Joy biotsenozi – bu har xil turga mansub organizmlarning vertikal
yoki gorizontal joylashishidir. Joy strukturasi eng avvalo, o‘simliklar
biotsenozida yaqqol ko‘rinadi. Biotsenozning vertikal strukturasida
yaruslar bo‘yicha joylanishni, gorizontal
biotsenozda rang-baranglik
yoki mozaikani ko‘rish mumkin. Bu yerda uchraydigan o‘simliklar
ichida dub, lipa, chinor birinchi darajali bo‘lsa, olma, nok, do‘lana –
ikkinchi darajalilar, qorag‘at, yovvoyi bodomcha va boshqa butalar,
so‘ng chalabuta va baland bo‘yli o‘tlar uchinchi darajalilarga kiradi.
Ekologik struktura – turli ekologik
guruhlarga kiruvchi orga-
nizmlarning o‘zaro nisbatidir. Ekologik strukturasi o‘xshash biose-
nozlar turli tur tarkibiga ega bo‘lishi mumkin.
Yashash joyi – bu populyatsiyalarning yashaydigan quruqlikda
yoki suvdagi hududi yoki akvatoriyasi hisoblanadi.
Turning yashash
joyi uning ekologik nishasi tarkibidir. Jamoaning yashab, oziqla-
nadigan joyiga biota deyiladi.
Dostları ilə paylaş: